D) 39 juft autosoma, bir juft X xromosoma
132.Beda o‘simligida gulining yashil rangda bo‘lishini
dominant A va B genlari belgilaydi. A-bb holatda gul qizil,
aa-B holatda gul sariq, ikkala gen retsessiv bo‘lganda gul oq
rangda bo‘ladi. Digeterozigota yashil o‘simlik geterozigota
qizil gulli o‘simlik bilan chatishtirilsa, avlodning necha foizi
yashil gulli bo‘ladi?
A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 6,25
133.Kaptar tana hujayrasida 39 juft autosoma bo‘ladi. Kaptar
hujayrasi xromosomalariga nisbatan 2 barobar kam
xromosomaga ega bo‘lgan uy sichqoni tuxum hujayrasida
autosoma xromosomalar soni nechta bo‘ladi?
A) 40 B) 18 C) 19 D) 20
134.Bug‘doy o‘simligi diploid navining arxeosporasida (a) va
mikrosporasida (b) nechta xromosoma bo‘ladi?
A) a-14; b-7 B) a-7; b-7 C) a-14; b-14 D) a-7; b-14
135.Plaunlar yuksak o‘simliklar bo‘lib, ular . . . .
1) nafas olganda kislorod yutib, karbonat angidrid chiqaradi;
2) fotosintezda organik modda hosil qilib, atmosferaga
kislorod ajratadi; 3) hujayrasida xloroplastlari bor; 4) qo‘sh
urug‘lanish yo‘li bilan ko‘payadi; 5) ekosistemada konsument
vazifasini bajaradi; 6) ekosistemada produtsent hisoblanadi
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 6
136.Meyoz jarayoni buzilishi tufayli makkajo‘xori
hujayrasidagi ikkinchi va beshinchi juft xromosomalar jufti
tarqalmay bir qutubga o‘tdi. Hosil bo‘lgan shu spermalar
ishtirokida urug‘langan endosperm hujayralarida
xromosomalar soni nechta bo‘ladi?
A) 19 yoki 21 B) 29 yoki 31 C) 28 yoki 32 D) 18 yoki 22
137.Termitning postembrional davri qanday bosqichlardan
iborat?
A) lichinka - g‘umbak - voyaga yetgan hasharot
Do'stlaringiz bilan baham: |