Laqaylar: dialektologiya va frazeologiya


Download 28.62 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1085586
Bog'liq
Laqay shevasi va tili


Laqay shevasi va tili.
Laqay shevasi va tili ushbu nomdagi millatga tegishli hisoblanadi. Nasriddin Nazarovning “Laqaylar: dialektologiya va frazeologiya” asarida laqay elati, ularning shevasi haqida ma’lumotlar berilgan. Unda laqay tilidagi so‘zlarning dialktologiyasi berilgan.
Mazkur tadqiqotda laqay dialekti o‘zbek tilining qipchoq guruhiga mansub bo‘lib, elat leksikasida “je”lash faol o‘rin egallaganligi, shevada ishlatilingan ba’zi so‘zlar o‘zbek adabiy tilida ham aynan ushbu shaklda ishlatilmasligi hamda shevaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, ayrim so‘zlar bugungi sharoitda elatning jonli so‘zlashuv tilidan chiqib ketayotganlig, kelajak avlod uchun ajdodlarning ma’naviy-madaniy yodgorliklarni o‘rganishga jazm etilganligi aytib o‘tilgan.
Shuni ham ta’kidlash joizki ushbu so‘zlikdagi so‘zlar faqatgina laqaylarga xos bo‘lmasdan, ayrim so‘zlar laqaylar bilan yonma-yon yashayotgan o‘zbek millatining toz, qatag‘an, qo‘ng‘irot, marqa, semiz, kesemir va boshqa sheva va lahjalarda ham uchraydi. Laqay lingvistikasi ijtimoiy qirralarining boshqa jihatlari bilan bir qatorda ilmiy davralar tomonidan deyarli maqsadli ravishda o‘rganilmaganligi sababli bugungi kunda shevada uchraydigan uchraydigan so‘zlarning dialektal lug‘atini tuzish muhim hisobangan.
Laqay shevasida uchraydigan so‘zlarni yig‘ish hamda ushbu so‘zlarni mumtoz so‘zliklar lug‘atlari bilan taqqoslash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qadimgi turkiy tillarda uchraydigan so‘zlar bugungi laqay shevasida ham faol qo‘llanilib, masalan “Devonu lug‘otit turk” da: ushik, ag‘il, ajriq, ayt, ayran, baqir, jangshatti, baldiz, boxcha, simir, talqan, tuynek, qoltiq so‘zlari mazmun va shakl jihatidan o‘zaro hamohangdir.
Bunday hamohanglik laqaylar hozirgi kompakt yashayotgan hududlarda ilgaridan yashab, ijtimoiy- tarixiy jarayonlar rivojida atrofida yashayotgan turkiy tilli millatlar, o‘zbek millatini tarkibidagi ba’zi elatlar hamda tojik millati bilan o‘zaro birgalikda yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro do‘stlik va birodarlik asosida yashayotganligi hamda bunday hamjihatlik natijasida o‘zaro madaniy va ma’naviy qirralar aralashuvi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Manba: Назаров Н. Лақайлар: диалектология ва фразеология. – Т., 2010
Baliqi tando‘ri


Baliqi tando‘riyirik baliqlar tanlab olinib, bosh va dum qismi olib tashlanib, ichak-chonog‘i tozalangach, boshidan dumgacha kesilib, ikkiga ajratiladi. O‘rtadagi yo‘g‘on suyagi olib tashlanib, lahm go‘sht non shaklda tandirga yopiladi. Badaxshon viloyati va Farxor mintaqalari tog‘lik hudud bo‘lganligi bois, kiyik va kaklikar ovlanib, go‘shti yuqoridagi shakllarda kabob yoki tandoori qilinadi. Vudning ma’lumot berishicha XIX asrda Qunduzdagi o‘zbeklar asosan qo‘y go‘shtini iste’mol qilgan. Ot go‘shti iste’mol qilinishiga qaramasdan bozorlarda deyarli sotilmagan. Ot go‘shti ko‘pchilik aholi uchun qimmat mahsulot hisoblangan.
Manba: Wood J. A Journey to the Source of the river Oxus. – L., 1872.
Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling