Latifa uz latifalar to'plami


Download 122.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.03.2023
Hajmi122.38 Kb.
#1254750
Bog'liq
Latifalar(latifa.uz)



Latifa.uz latifalar to'plami
1. Er xotiniga debdi:
— Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim.
Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib:
— Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?
2. Nimaga yangi paypoqlarni bir-biriga birlashtirish uchun tikilgan ip paypoqni o‘zidan ko‘ra
pishiqroq bo‘ladi?!
3. Sudya ayblanuvchidan so‘rabdi:
— Sizga ishonch bildirgan insonlarni qanday qilib aldashingiz mumkin!?
— To‘g‘ri tushuning o‘rtoq sudya, ularni ishontirish ham oson bo‘lmadi!
4. Qariya yosh yigitga debdi:
— Aqling bo‘lsa, chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga? – so‘rabdi yigit.
— Chiroylisi tashlab ketadi.
— Xunuk qizlar ham tashlab ketsa-chi?
— E xunugi daf bo‘lib ketmaydimi!?
5. — Dada, nimaga baletda aktyorlar oyoq uchida yurishadi?
— Tomoshabinlar uyg‘onib ketmasliklari uchun bolam.
6. Bir kuni afandi uyida o‘tirsa, yonidagi xonadan shovqin eshitilibdi. Afandi miltig‘ini olib xonaga
kirsa, burchakda qop-qora narsa turganmish. Miltiq bilan "paq" etib otibdi. Qarasa, o‘zini choponi
devordagi mixda ilinib turgan ekan.
Shunda afandi "E hayriyat-yey, yaxshiyam ichida o‘zim yo‘q ekanman", - debdi.
7. — Ozgina sabr qilinglar! Uyingiz isib qoladi.
— Iye, gaz keladimi?
— Yo‘q, bahor keladi.
8. Xotin erini mashinasini haydab ko‘rmoqchi bo‘lib o‘tiribdi. Qarasa oyoq tagidagi tepki 2 ta ekan.
— Men bu mashinani hayday olmayman. Avtomaktabdagi mashinalarda 3 ta tepki bor edi-ku, -
debdi xotini asabiylashib.
Eri unga:
— Menda avtomat! - desa, xotini battar asabiylashib:
— Meni qo‘rqitmang!!! - debdi.
9. — Maoshing qancha?


— 100 dollar.
— Voy tentak!
— Soatiga.
— Voy ablah!
10. Xotinim mendan xafa bo‘lsa, gaplashmay qo‘yadi. 2 kundan keyin o‘zi birinchi bo‘lib gapirishni
boshlaydi. Bilasizmi nimaga? Chunki o‘tgan 2 kun meni tinch yurganimga chiday olmay gapirvaradi.
11. Hind kinolarida qo‘shiq va raqs bo‘lmasa, u hujjatli kino hisoblanadi.
12. Bolalar uchun yangi yil archasi davom etadi!
Ta’til uzaytirildi. Hech kim maktabga chiqmasin!
Darslar boshlandi. Hamma maktabga chiqsin!
Ta’til uzaytirildi. Hech kim maktabga chiqmasin!
Darslar onlayn boshlandi!
Onlayn darslar bekor qilindi, ta’til uzaytirildi!
13. Aziz ota-onalar! Havotir olmanglar, sinf xonalari issiq va barcha o‘qituvchilar 100 foiz ishga
kelgan. Ta’tilni davom ettiraveringlar!
14. — Bilasanmi do‘stim, sen juda tarbiyali, kamtar, aqlli va xushchaqchaqsan!
Og‘ir-bosiq fe’ling ham bor. Ayniqsa qo‘ling ochiqligiga gap yo‘q!
— E, bilaman! Lekin bundan ko‘p zarar ko‘raman...
— Gap senda emas! Muhimi do‘stlaringga foydasi bor!
15. Bir erkak yangi yilkirib kelayotganda “Xotinim kamroq gapiradigan, qaynonam biznikiga
mehmonga kelmaydigan bo‘lib qolsin” deb niyat qilibdi.
Shundan buyon uni xotini eriga indamasdan onasini ko‘rgani uyiga borib-keladigan bo‘lib qolgan
ekan.
16. Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
17. Amaldorlar yangi yil oldi narxlarni oshirishga asos topa olishmadi. Shuning uchun asossiz
oshirishmoqda.
18. Xotin eriga:
— Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa
qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga:
— Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
19. Noutbukimni unutib, gilam ustida qoldiribman.


Qaynonam uni tarozi deb o‘ylab ustiga chiqib olsa bo‘ladimi!?
20. Xotin ko‘chada eri bilan urishib qolibdi:
— Sizni ko‘zingiz “o‘ynoqi”, qizlarga “suyagingiz yo‘q”, ayollarga xushomad qilishga ustasiz, bir pasta
ko‘nglini topib, tanishib olasiz, ... deb tursa, o‘tib ketayotgan bir ayol to‘xtab:
— Reklama qilyapsizmi bu erkakni? Narxi qancha ekan? – dermish.
21. Mashinamga 80 benzinni 5700 so‘mda quygani ketdim. Bahorda qaytaman.
22. Ofisda:
Nima qilay, kompyuterim printerni ko‘rmayapti!?
— Monitorni printer tomonga qaratib qo‘yishing kerak!
23. Taksida ona o‘g‘li bilan ketayotgan ekan. O‘g‘li haydovchidan ko‘zini uzmay qarayveribdi. Buni
ko‘rgan haydovchi:
— Hoy bolakay, nega menga tikilib ketyapsan? – desa, bolakay:
— Yo‘lda yopiq turgan metan zapravkalarni ko‘rib siz ham adam aytgan so‘zlarni aytarmikansiz deb
qarab ketyapman, - debdi.
24. — Lotoreyada pul yutib olsam nima qilasan?
— Voy adasi, pulni yarmini bersangiz, hamma aytgan ishlaringizni qilib qo‘yardim.
— Juda yaxshi! Lotoreyadan 100 ming so‘m yutuq chiqdi. Mana 50 ming. Hovlidagi qorlarni tozala,
mashinamni yuvib qo‘y, bozorga borib ro‘zg‘or qilib kel!
25. Shifokor qabuliga kelgan bemor:
— Judayam semirib ketyapman. Nima qilsam bo‘ladi?
— Jismoniy mashqlarni ko‘proq bajaring!
— Shundoq ham ishga piyoda borib-kelaman.
— Bu kamlik qiladi. Ertalab va kechqurungi tiqilinch vaqtda avtobusga chiqib turing!
26. Uyda Wi-FI ishlamay qoldi. Hozir borib idishlarni yuvaman, kirlarni yuvaman, uy tozalayman,
kechki ovqatni tayyorlayman, ...
Iye, ana bo‘ldi! Ishlab ketdi!
27. Fermada yashaydigan tovuq 5 kilogram keladigan tuxum qo‘yibdi.
Jurnalistlar tovuqdan so‘rashibdi:
— Bunga qanday erishdingiz?
Tovuq:
— Bu sir! - debdi.
Jurnalistlar yana so‘rabdi:
— Kelajakdagi rejangiz qanday?
— 7 kilogramlik tuxum qo‘yish, - debdi tovuq.


Jurnalistlar xo‘rozni yoniga kelishibdi:
— Sizni rejalaringiz qanday?
Xo‘roz debdi:
— Fermadan tuyaqushni tezroq yo‘qotmoqchiman!
28. Eri ichish va chekishni tashlagan ayollar, ularni boshqa kamchiliklarini seza boshlashadi.
29. Kitob do‘koniga kirib "Muammolaringizni yarmini tez va oson hal qiling" jegan kitobni ko‘rib
qoldim. Agar shu kitobdan ikkita bo‘lsa, hamma muammolar hal bo‘larkan deb 2 ta kitob sotib
olaqoldim.
30. — Nimaga pasportimda buncha ko‘p bo‘sh sahifalari bor?
— Bu seni hayoting zerikarli ekaningni bildiradi.
31. — Qozon kabobga nima qo‘shib tayyorlagan edingiz qudajon?
— Aytolmayman, bu pazandalik siri...
— Aytaqoling! 3 kundan beri reanimatsiyada yotibman. Vrachlar topa olishmayapti.
32. Ochiq-sochiq kiyingan bir qiz o‘g‘rilikka tushibdi.
Lekin u qizni ko‘rgan erkaklarni birortasi ham qizni yuzini eslab qolmaganmush...
33. — Kecha xotinim yangi olib bergan mashinani pachoq qilibdi.
— Xotiningni o‘zini ahvoli yaxshimi?
— Hozircha yaxshi. Berkinib olgan, topolmayapman!
34. Bir kishi hamkasbini uchratib qolib so‘rabdi:
— Nimaga ish vaqtida ko‘chada yuribsan?
— Ish vaqtida jarohat oldim, ta’tildaman!
— Qanday jarohat olding?
— Kresloda uxlab qolib, yerga yiqilib tushdim.
35. Bir erkakni xotinini o‘g‘irlab ketgan noma’lum odamlar unga xat yuborishibdi:
"Zudlik bilan aytilgan pullarni olib kelmasang, xotiningni o‘zingga qaytarib beramiz!"
36. Rahbarining imzosini qo‘yib o‘rgangan buxgalter, ishdan bo‘shagach rahbarini nomiga beshta
kredit olishni uddalagan ekan.
37. Tarix fanida o‘qituvchi savol beribdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:


— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.
38. Agar qo‘l telefoningizni quvvati ish kunining oxiriga kelib 95%ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak
shu kuni rostan ham ishlangansiz.
39. — Allo, hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha. Nima gap?
— Bu yoqqa odam yuborsangiz. Hovlidagi daraxtga pochtachi chiqib olibdi. Pastdagi itni haqorat
qilyapti.
40. Kurka tovuq 4 ta xo‘roz va 1 ta indyuk jo‘ja ochibdi. Buni ko‘rgan xo‘roz tovuqni xiyonatda ayblab
katakdan chiqib ketib qoligan ekan.
41. Sud zalida:
— Gumonlanuvchi, nima uchun siz cho‘kayotgan xotiningizni qutqarishga harakat qilmadingiz?
Erkak javob beryapti:
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirayotgandi...!
42. Xotin:
— Odam ham shunchalik bo‘kib ichishi mumkinmi? Hecham tushunolmayman!
Er:
— Tushunmagan ishingga aralashmagin deb nechi martta aytaman senga?!
43. Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nima uchun bu uyda bo‘layotgan ishlardan men oxirgi bo‘lib xabar topaman?
Xotini:
— Tis-s sekinroq, bolamizni uyg‘otib yuborasiz! – desa, er:
— Qanaqa bola? – debdi.
44. Qo‘ng‘iroq qilsang, "Eshitmabman", "Telefonim yonimda emas edi" deyishadi.
Telegramdan yozsang, darrov o‘qishadi.
45. Bo‘ri yo‘lda ketayotsa, yelkasini burga chaqibdi.
Bo‘ri yelkasidan burgani olib:
— Agar yana meni chaqsang piyoda ketasan, - degan ekan.
46. O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Valijon, nega inshoda "Katta bo‘lsam, bog‘cha opa bo‘laman. Men 4 ta farzandni onasi bo‘laman"
deb yozding?
Valijon debdi:
— Gulmirani daftaridan ko‘chirgan edim, ustoz...
47. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilsang ham, 25 years so‘zini baribir "Yigirma besh years" deb
o‘qiyverasan.


48. Tug‘ruqxonada:
Vrach:
— Kimni chaqalog‘i yarim soatdan beri yig‘lab yotibdi?
Hamshira:
— Chaqaloq emas, ertalab tug‘ilgan uchta egizakni otasi yig‘lab o‘tiribdi.
49. Qo‘lida rangli qalam ushlagan bolachalik hech kim xonalarni bezata olmaydi.
50. — Vafodor er bilan bevafo erni farqi nimada?
— Farqi katta. Vafodor er har safar xotiniga "Senga xiyonat qilmaganman" deganida vijdoni
qiynalaveradi...
51. Ko‘p qavatli uyda yashaydigan yigit do‘stini xonadoniga mehmonga chaqiribdi. Do‘sti qarasa,
devorda katta temir tog‘ora osilib turgan ekan.
— Bu nimaga kerak? – deb so‘rasa, do‘sti debdi:
— Bu gapiradigan soat, mana qara, - deb tog‘orani qattiq ursa devor ortidan qo‘shnisini: “Ming la’nat,
3 dan 15 daqiqa o‘tdi” degan ovozi eshitilibdi.
52. Ota uylanish taraddudida bo‘lgan o‘g‘liga debdi:
— To‘yni iloji boricha ortga surishing kerak.
O‘g‘il:
— Nega ada? Qudalaringiz nima deydi?!
Ota:
— Kim nima desa desin. Harna o‘ynab-kulib yashab qolgin deyman-da...
53. Nafaqaga chiqayotganingda, bir umr pul to‘lanadigan ta’tilni orzu qilganingni esla!
54. Agar qiz bola senga turmushga chiqishga osonlik bilan rozi bo‘lgan bo‘lsa, demak u osonlikcha
ajrashadigan qiz emas.
55. Ko‘chada 3 ta bola bahslashib turgan ekan:
Birinchisi debdi:

— Mening pochcham eng boy odam . Opamga 3 ta uy, 2 ta dalahovli, 5 mashina olib berganlar-u,
lekin opamni o‘zlari bilan olib ketganlar.
Ikkinchisi debdi: 

— Mening pochcham ham milliarder. Opamni oltin-u, zar bilan bezaganlar. Nima desalar bir zumda
muhayyo qiladilar. Lekin to‘g‘ri, mening ham opamni olib ketganlar.
Uchinchisi bo‘lsa bularni hammasini eshitib debdi:

— Mening pochcham boy emaslar. Lekin pochcham opamni olib ketmaganlar. Aksincha, biz
pochchamni olib kelganmiz.
56. Ota o‘g‘liga:


— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.
57. Ota o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, meni nega maktab direktori chaqirtirdi?
O‘g‘li:
— Kecha maktabda mushtlashdim.
Otasi:
— Nima, meni navbatdagi jangni tomosha qilishga chaqirishdimi?
58. — Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— Kecha xotinim pishirgan ovqatni maqtayman deb, “Onasi, ovqating mazali emas, ... judayam
mazali chiqibdi” demoqchi edim. Gapimni oxirigacha aytishga ulgurmadim...
59. Er-xotin televizorda qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tiribdi.
Ekranda mahluq paydo bo‘pti.
— Voy, oyijon! - deb xotini baqirsa, eri:
— Taniding-a! - debdi.
60. — Boshliq, bugun ishdan ertaroq ketsam maylimi?
— Necha daqiqaga?
— Mumkin bo‘lsa, 480 daqiqaga.
61. Bir tiyinsiz o‘tirmaslik uchun yonboshlab oldim.
62. Bankni o‘marishga kirgan o‘g‘rini yuzidan niqobi yechilib ketibdi. O‘g‘ri kassirni yoniga kelib:
— Meni yuzimni eslab qoldingmi? - desa, qiz:
— Ha, - debdi.
O‘g‘ri shu zahoti kassirni otib tashlabdi.
— Yana kim meni yuzimni eslab qoldi? - desa, odamlar orasidan ovoz kelibdi:
— Bankomat yonida turgan qaynonam eslab qoldi.
63. Ikkita og‘ayni suhbatlashmoqda:
— Chekishni tashlaymiz!
— Nimaga?
— Bir oyda qancha pul tejab qolishimizni bilasanmi?!
— Unda ichishni ham tashlaylik.
— Shuncha pulni nima qilmoqchisan o‘zi?


64. Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lmasa xonamda yotib uxlayman.
Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lsa xonamda xushyor yotib uxlayman.
65. Zoologiya darsida:
— Aliyev, ikkita yirtqich hayvonni sanab ber-chi!
— Sher va ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Qodirov, uchta yirtqich hayvonni sanab ber!
— Sher, yo‘lbars, ...
— Bilmaysanmi? O‘tir “2”!
— Odilov, sen beshta yirtqich hayvonni sanab ber!
— 2 ta sher va 3 ta yo‘lbars.
66. Er-xotinlar uchun maslahat:
"Uzoq umr ko‘raylik desangiz, ko‘proq meva yeng, bir-biringizni emas!"
67. Yigit qizdan so‘rabdi:
— Yoshingiz nechida?
Qiz:
— Qiz boladan yoshini so‘rab bo‘lmaydi!
Yigit:
— Ha mayli. Unda tug‘ilgan kuningiz qachon?
Qiz:
— 24 martda.
Yigit:
— Qaysi yili?
Qiz:
— Har yili!
68. O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Sen yozma ishingda bog‘cha tarbiyachisi bo‘laman deb yozibsan. Bu kasbga qiziqasanmi?
Valijon o‘qituvchisiga:
— Yonimda o‘tiradigan Mohigul qiziqar ekan-da...!
69. Ayollarni mehmonga ketayotgan vaqtida "5 daqiqada tayyor bo‘laman" degan gapi erkaklarni "5
daqiqada uyda bo‘laman" degan gapi bilan bir xil.


70. Kun issiq! Oshxonada yarim kunimni chuchvara tugishga sarflasam-u, erim ishdan kelib,
chuchvaralarni yeb "Boshqa bunaqasidan sotib olmagin!" desa odamga alam qilarkan.
71. Maktabda 2 ta chet tilini o‘qitishadi:
1-Ingliz tili;
2-Geometiya.
72. Er uyga go‘sht olib kelsa xotini debdi:
— Rosa yaxshi go‘sht ekan. Uyni mantisidan qilib beraymi, bozornikiday manti bo‘lsinmi?
Er:
— Nima farqi bor?
Xotin:
— Bozorni mantisi bo‘lsa, olib kelgan go‘shtingizni butunligicha sovutgichga solib qo‘yay, uyni
mantisidan bo‘lsa bugun go‘sht tugaydi-da adasi.
73. — Tog‘a, nega GAI xodimlari mashinalarni ko‘rganda yo‘lga yugurib chiqishadi?
— Ularni yosh boladek, mashina yo‘lidan ehtiyot qilishimiz kerak.
74. Erkak kishini bir qulog‘idan kirgan gap, ikkinchisidan chiqib ketadi, ayol kishini ikki qulog‘idan
kirgan gap og‘zidan chiqib ketarkan...
75. Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib
chaqirmaslikni iltimos qilibdi.
76. Onasi qiziga maslahat bermoqchi bo‘libdi:
— Qizim, ishxonangdagi Qodirjon degan yigitni ko‘zda qochirmagin...
— Oyi, nimalar deyapsiz?! Men 20 yoshdaman, u esa 40 da-ku!
— Nima bo‘pti!? Ammo uni 2 ta uyi, mashinalari, kattagina biznesi bor!
— Bundan tashqari oyijon, uni 4 ta bolasi, 3 ta xotini va 2 martta sudlanganligi ham bor!
77. Iltimos, mol-mulklarimni qizil kitobga kiritsangiz. Ular butunlay yo‘qolib ketish arafasida!
78. Bir harbiy odam uyiga kelsa, xotini nolibdi:
"Bugun kun bo‘yi biror martta o‘tirmadim. Faqat tik oyoqda bo‘ldim..."
Buni eshitgan er xotiniga debdi: "50 marotaba o‘tirib-turilsin!"
79. — Kabob pishirayotgan nima uchun yelpib turishadi?
— Ko‘mir yaxshi yonishi uchun.
— Yo‘q. Qo‘shnilarga kabob hidi yaxshiroq yetib borishi uchun.
80. Yangi sotilayotgan telefon ekranlarida ham sigaret qutilaridek yozuvlar bo‘lishi kerak:
"Ko‘zingni nuridan ayrilasan!", "Bosh miya saratoniga olib keladi", "Rulda bo‘lsang, avariyaga
uchraysan", "Xotining bilan janjallashib qolasan" va hakozo.
81. Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga borib, xalq bilan uchrashibdi.


— Qanday ehtiyoj, muammolaringiz bo‘lsa, bizlar hal qilib beramiz, - debdi.
— Bizda ikkita katta muammo bor, - debdi bir oqsoqol. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor
yo‘q.
Amaldor shartta mobil telefonidan kimningdir raqamini teribdi-da, bir chetga o‘tib 1-2 daqiqa
gaplashibdi.
— Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda bo‘ladi. Endi ikkinchi
ehtiyojingizni ayting-chi?
— Qishlog‘imizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi, - debdi oqsoqol.
82. Bozorda tarvuz sotib o‘tirgan odamni yoniga xaridor kelib "Tarvuz shirinmi? Mazasini ko‘rsak
bo‘ladimi?" desa, sotuvchi "Ha, albatta!" debdi.
Shunda haligi xaridor katta tarvuzni qo‘ltiqlab "Uyda ko‘rarmiz mazasini" deb indaman olib ketib
qolgan ekan.
83. Doktor tantanavor ohangda!
— O ser! Sizning kasalingiz meditsinani boyitadigan bo‘ldi.
— O xudoyim-yey! Men bo‘lsam 5-6 dollar
bilan qutilarman deb o‘ylovdim.
84. Ertalabdan bog‘chaga ketayotgan bolakay hasrati:
"Oyijon, hamma institutlar, maktablar karantin deb yopildi, nega bog‘chalar ochiq?"
85. Tungi klubda “kayfi oshib” qolgan bir ayol baland ovozda debdi:
— Bu yerda erkak bormi o‘zi? Qani mard bo‘lsang kel, isbot qil!
Odamlar orasidan bir erkak kishi chiqib kelib, ko‘ylagi va paypog‘ini yechib ayolga uloqtirib debdi:
— Ushla, tez yuvib, quritib, dazmollab qo‘y!
86. Bezori yigit ko‘chada tursa, yoniga bir duduq odam kelib:
— K-k-kechirasiz, du-duduqlar mak-maktabi qa-qayerda? - desa, bezori:
— Boshingga urasanmi duduqlar maktabini!? Shundoq ham tayyor ekansan-ku! - debdi.
87. — Jarohatlovchi qurolingizni o‘zingiz bilan olvoldingizmi?
— Ha, albatta. Mana, tilim joyida turibdi.
88. Ko‘zidan shikoyat qilgan bemor okulist ko‘rigiga kelibdi.
Turli xil harflar yozilgan Sivseva jadvalini bemorga ko‘rsatib vrach debdi:
— Xo‘sh bemor, oxirgi qatordagi so‘zlarni ko‘ryapsizmi? O‘qing-chi!
— O‘qituvchi nashriyoti. Adadi 5000.
89. Dorixonada:
— Gijja va parazitlarga qarshi dori bering.
— Kattalar uchun yoki yosh bolalargami?


— Uzr, men gijjalarni yoshidan bexabarman!
90. Bir kishi dengiz bo‘yiga kelib:
“Agar ushlab olsam, qovurib yeyman!” deb baqirayotgan ekan.
— Nimaga bunday deyapsan? - deb so‘rashsa, haligi kishi:
— “Oltin baliq” ushlab olib, undan Ferreri so‘ragan edim. Baliqni darhol qo‘yib yubordim-da,
mashinani ichidan meni nomimga rasmiylashtirilgan 700 ming dollarlik kredit qog‘ozi chiqdi.
91. Qaynonaning xasrati:
Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib
olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying"
deyishyapti. Tushunolmadim...?!
92. Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan bir jinoyatchining 6 xil tarzda olingan suratini hamma
hududlarga tarqishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, hududiy politsiya mahkamasidan shunday axborot keldi:
«Qidirilayotgan 6 ta jinoyatchining beshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatyapmiz».
93. Er xotiniga:
— Nega kotletlarni hajmi har xil?
Xotini:
— O‘zingiz bir-biriga o‘xshamagan taom pishirgin degandingiz-ku!
94. Bemor:
— Doktor, jigarim qattiq og‘riyapti.
Doktor:
— Tez-tez aroq ichib turasizmi?
Bemor:
— Voy har kuni ichaman, yordam bermaydi...
95. Har kuni kompyuterimdan Gugl xotirasini o‘chirib turaman.
Kasbimga oid bilimlarni internetdan qidirib topayotganimni hech kim bilib qolmasligi kerak.
96. Yigit sevgan qiziga debdi:
— Menga turmushga chiqish taklifini bergandim. Anchadan beri javob bermayapsan?!
Qiz debdi:
— O‘shandan beri qancha oylik maosh olishingizni bilolmayapman...!
97. Dam olish uchun Chorvoqqa borishga pulingiz yetmasa, Turkiyaga boring...!
98. — Vanihoyat, "jinnini yoqish"ni o‘rganib oldim. Juda foydali ekan.
— Sen "o‘chirishni" o‘rganishing kerak edi-ku!
99. Radioga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu radiomi?


— Ha. Kimga salom yo‘llamoqchisiz?
— Hech kimga. Shunchaki hovliga tariq yoygan edim. Radioni ovozini balandi qilib qo‘yaman. Har-
har zamon "kish-kish" deb tursangiz...
100. Issiq havoda do‘konga kirib kelgan bolaga sotuvchi debdi:
— Nima olasan?
Bola javob beribdi:
— Dam olaman.
101. — O‘rtoq, sen ingliz tilini bilasanmi?
— Ha, a’lo bahoga!
— Apple nima degani?
— Bu, anavi iPhone ni ishlab chiqaruvchisi-de...!
102. Xodimlar bo‘limi boshlig‘iga korxona rahbari debdi:
— Korxonamga bir hisobchi kerak.
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i:
— Hisobchiga qanday talablar qo‘yiladi? - desa, rahbar:
— Bitta talab! Men u bilan tinch uxlashim kerak! - debdi.
103. Og‘ir vaznli ayol taroziga chiqib, vrachdan so‘rabdi:
— Bunaqa vaznga mos kelishi uchun bo‘yim qancha bo‘lishi kerak?
Vrach:
— To‘rt metr bo‘lishi kerak...!
104. 2-3 yildan keyin umuman kasal bo‘lmasligimiz kerak. Chunki hozir onlayn o‘qigan talaba
vrachlar institutni bitirib ish boshlashadi.
105. Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbati:
— Bu yerga nega o‘tiribsan?
— Yo‘talganim uchun.
— Qanday qilib?
— Yo‘talib yuborgan edim, qorovul uyg‘onib qoldi.
106. Kechqurun soat 22:00 da yoki 23:00da uxlashingni ahamiyati yo‘q.
Lekin ertalab 6:00 da emas, 6:05 da turganingni ahamiyati juda katta!
107. — Nimaga siz korxonangizga faqat uylanganlarni olasiz?
— Chunki ular stressga chidamli bo‘lishadi. Eng muhimi uyga umuman shoshilishmaydi.
108. Hozirgina oylik maoshini olgan ishchi kassa yoniga qaytib kelib debdi:


— Siz menga 20 ming kam berdingiz.
Kassir:
— Chunki o‘tgan oyda adashib sizga 20 ming ko‘p berib yuborgan ekanman. Nega o‘shanda
qaytarmadingiz? Bu safar kam olganda aytyapsiz?! - desa, ishchi:
— Bir adashdingiz indamadim, ikki adashdingiz aytaman-da!!!
109. Yozgi ish jadvali:
Pashshalar uchun - 05:00dan 20:00 gacha.
Chivinlar uchun - 20:00dan 05:00 gacha.
110. Shu kunlarda odamlar latifa va hazillarni tushunmay qolishdi. Ular buni narx-navodagi yana bir
yangilik deb o‘ylashmoqda.
111. Qarilikning belgilari:
1. Oq sochlar
2. Yuzdagi ajinlar
3. Korpusi singan uyali telefoningizdagi pulni rezinkasi yoki allaqachon ekrani singan sensor
telefoningiz.
112. Tug‘ilgan kunida eridan sovg‘a olmagan ayol eriga diydiyo qilibdi:
"Bir haftadan beri tug‘ilgan kunimga hech narsa kerakmas deb javrayman. Baribir bugun tug‘ilgan
kunim ekani yodingizdan chiqib qoldi! - degan ekan.
113. O‘g‘il onasiga:
— Kechasi ustimga ko‘rpani yopavermang!
Ona:
— Axir shamollab qolishing mumkin.
O‘g‘il:
— Lekin yonimdagi xotinimni usti ochilib qolyapti!
114. — Do‘stim, nega xotining qo‘shiq xirgoyi qilayotganda ko‘chaga chiqib o‘tirasan?
— Qo‘shnilar eri xotinini do‘pposlayapti-yu, xotini dod solib yig‘layapti deb o‘ylamasliklari uchun.
115. Ertalab restoranga bir odam hovliqib kirib:
— Kecha kechqurun men shu yerda bo‘lganmidim? - debdi.
Ofitsiant:
— Ha, bo‘lgan edingiz, - debdi ofitsiant.
— Ikki yuz ming so‘mlik aroq ichib qo‘ydimmi? - so‘rabdi yana.
Ofitiant:
— Ha, - debdi.


— Xudoga shukur-ey! Men pulimni yo‘qotib qo‘ydimmi deb qo‘rqib ketdim, - dermish.
116. Aqlli ota o‘g‘li maktabda so‘kinib gapirmayotganini tekshirish uchun bolg‘a bilan o‘g‘lini
barmog‘iga urib ko‘radi.
117. Restoranga kirib ovqatlanayotgan xo‘randa ofitsiantni chaqirib debdi:
Kechirasiz, restoran musiqachilari pullik xizmat ko‘rsatishadimi?
— Ha, - debdi ofitsiant.
— Unda men pulini to‘layman, iltimos, biroz musiqa chalmay turishsin, men ovqatlanib olay...! -
debdi xo‘randa.
118. Moddiy yordam - bu o‘g‘irlik qilishni bilmaydiganlar uchun kompensatsiya.
119. YPH xodimi haydovchini to‘xtatib so‘ray boshlabdi:
— Haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Bor, marhamat.
— Mashinani texnik ko‘rik hujjatlari bormi?
— Albatta.
— Sug‘urta polisi?
— Bor.
— Aptechka?
— Bor.
— O‘t o‘chirgich?
— Bor.
— Hamma narsangiz bo‘lsa, bir ashulani sho‘xidan qo‘ying, qistir-qistir bo‘lar...!
— Iloji yo‘q. Kobalt mashinasida hamma narsa bor-ku, lekin magnitofon yo‘q...
120. Xotin eridan so‘rabdi:
— Eng baxtli kunlaringiz qachon bo‘lgan adasi?
Er debdi:
— To‘yimiz bo‘lgan kunni eslaysanmi?... O‘sha kuni baxtli kunlarim tugagan ekan...
121. — Qo‘shnilarda nima gaplar?
— Yana odatdagidek, sanksiyalar olishdi.
— Paketga solib berishdimi?
122. Bir xonadondagi bo‘layotgan ziyofatda mehmonlar zerikib, siqilib ketishipti. Bir burchakda
esnab o‘tirgan
ayolni ko‘rib, mehmon undan so‘rapti:
— Zerikdingizmi?


— Juda ham.
— Bo‘lmasa sekin turib ketaveraylik...
— Koshki edi, lekin afsuski, ilojim yo‘q.
— Nega?
— Men shu uyning bekasiman.
123. Meni xotinim ertakdagi hayotni orzu qiladi. Lekin ertakdagi hayotga bizda faqat pul to‘g‘ri
keladi. U ham bo‘lsa "Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. U ham bo‘lsa pul ekan" degan jumla to‘g‘ri keladi.
124. — Oyliklarni oshirib bering!
— Oshdi-ku!
— Bizlarnikini degandik... O‘zingiznikini emas!
125. Bir duduq kishi bo‘lgan ekan. Nuqul gapirsa, duduqlanib qolarkan. Bir kuni marshrutka
to‘xtatibdi-da, eshikni ochib "Taq-taq, taq-taq" desa, haydovchi asabiylashib:
— Namuncha taqqillatasan?!, o‘tir tezroq! - debdi.
Duduq kishi bo‘lsa:
— Taq, Taqachiga boradimi? - deb so‘rabdi.
126. Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati yozib o‘tiribdi:
"O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim..."
Ichki ishlar xodimi erkakka:
— "Vositachilar" deb emas "vosita" deb to‘g‘ri yozing!
Erkak:
— Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.
127. Ko‘prik tagida turgan bezori yonidan o‘tib ketayotgan yigitga:
— Og‘ayni chekishdan bormi? - desa, yigit:
— Men sportchiman, besh karra O‘zbekiston chempioniman, chekmayman! - debdi.
Bezori bo‘lsa:
— Voy, uzr aka sizmidingiz! Tanimaganimni qarang, boy bo‘larkansiz! - degan ekan.
128. O‘qituvchi so‘rabdi:
— Alisher, nima uchun "Mening mahallam" mavzusidagi inshoing Qodirjonning inshosi bilan bir xil
yozilgan.
Alisher debdi:
— Chunki men Qodirjon bilan bitta mahallada yashayman-da!
129. Hammada shunaqami?


Farzandim bilan dars tayyorlashni boshlasam, "O‘zi maktabda o‘qiganmanmi?" degan fikr
hayolimga kelaveradi...!
130. Rulga o‘tirsang - piyodalar qo‘yga o‘xshaydi. Mashinadan tushib, piyoda yursang - haydovchilar
molga o‘xshaydi.
131. Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi.
— Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq.
— Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri.
— Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi
baliq.
O‘g‘ri o‘ylanib turib:
— Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
132. It huradi, karvon o‘tadi. Qanday ajoyib logistika!
133. Og‘ir bemor bolalarni davolanishiga budjetdan pul ajratib, deputatlarni maoshiga esa
telegramdagi sahovatli qo‘llar kanallaridan pul yig‘sakmikan-a?!
134. Millioner qariya betob bo‘lib qolsa, hamma qarindoshlari yig‘ilib olibdi.
— Ayting doktor, umid qilsak bo‘ladimi? - deyishsa, doktor:
— Umid qilmanglar! Bu oddiy shamollash, o‘tib ketadi, - dermish.
135. Xotin:
— Gaplaringiz tentakni gapiga o‘xshaydi.
Er:
— Siz tushuning deb shunaqa gapiryapman.
136. Metroda qari onaxonni ro‘parasida saqich chaynab o‘tirgan yigitga onaxon debdi:
"Bekorga menga shuncha gapni gapiryapsan. Qulog‘im og‘ir bolam, eshitmayman!"
137. Ishga kirish uchun suhbat:
— Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
— Internet ishlab tursa, har qanday sohada mutaxassisman!
138. Dugonalar suhbatidan:
— Bilasanmi o‘rtoqjon, yigitim meni tashlab ketgandi. Keyin uni yomon duo qildim!
— Nima deb duo qilding?
— Dunyodagi eng tasqara, beo‘xshov, alvastini yoniga borgin deb duo qildim.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi keyin?
— Ertasi kuni yigitim o‘zi yonimga qaytib keldi...
139. Rahbarlarimizga "oylik maoshlarni oshirib bering!" degan edik. Ular "adashib" o‘zlarini
oyliklarini oshirib yuborishibdi.


140. — Allo, bu ustaxonami?
— Ha, eshitaman!
— Printerim qog‘ozlarni g‘ijimlab tashlayapti...!
— Juda yaxshi. Uni xojatxonaga olib kirib qo‘ying.
141. Xorijga xizmat safariga ketgan nabirasiga qari onaxon qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, Shuhrat qayerdasan?!
Nabirasi shivirlab:
— Simpoziumdaman buvijon. Hozir gaplasha olmayman.
Onaxon:
— Men hech narsani bilmayman! Tuzlangan bodringdan 1 banka olib ketibsan. Bugunoq bankamni
qaytarib olib kelasan!
142. — Meni buvam sog‘lom turmush tarafdori bo‘lgan.
— Qanaqasiga?
— Do‘konga har doim piyoda borib kelgan. Hozirgilarga o‘xshab mashinada emas!
— Do‘kondan nima olgan?
— Aroq va sigaret...
143. Voyenkomatga kelgan yigit:
— Dengiz qo‘shinida xizmat qilmoqchiman. Bu bir umrlik orzuim!
Harbiy komissar:
— Mayli, suzishni bilasanmi?
Yigit:
— Nima, kema yo‘qmi?
144. "O‘zini bilmagan" har bir kishini yuziga Uill Smit tarsaki tushirib chiqganida edi, atrofimizda
ablahlar bo‘lmasdi...
145. Ikkita qarg‘a daraxtda gaplashib o‘tirishsa, osmondan samolyot uchib o‘tibdi.
Birinchi qarg‘a:
— Samolyotni qara. Juda tez uchadi, - desa, ikkinchisi:
— Seni ham dumingni yoqishsa, sen ham shunaqa tez uchasan, - debdi.
146. Uchta erkak o‘zini xotinini maqtay boshlashibdi.
Birinchisi debdi:
— Meni xotinim shunaqa pokiza, shunaqa ozoda. Kecha ko‘ylagimni yuvib, dazmollab qo‘yibdi.
Ko‘ylak xuddi yangidek, kiyilmagandek bo‘pti.
Ikkinchi erkak debdi:


— Meni xotinim shunaqa chevar-ki...! Tizzalari yirtilgan shimni tikib qo‘yibdi. Huddi yirtilmagandek...
Uchinchi erkak ham ularga qarab turib debdi:
— Meni xotinim ham juda ozoda, chevar! Uyimizni derazasini yuvib, parda ilib qo‘yibdi. Ko‘rsangiz
hecham pardasi bor, yuvilgan deraza demaysiz...!
147. Ikkita elektr o‘tkazgich ustunlar bir-biriga qarab debdi:
— Turaverib zerikib ketdim.
— Men ham, - debdi ikkinchisi.
— Yur ketdik, aylanib kelamiz. Bir kun chiroqsiz o‘tirishsa hech narsa bo‘lmas... - degan ekan.
148. — Do‘stim, men seni 30 fevralga o‘xshataman.
— Nega?
— Kalendarda umuman o‘rning yo‘q-da!
149. — Oylik maoshing yaxshimi?
— Maoshim yaxshi. Narx-navo yomon!
150. Bosh vrachni tug‘ilgan kunida qo‘l ostidagi xodimlari "ajoyib" sovg‘a qilishmoqchi bo‘lib, uni
operatsiya xonasiga chaqirishibdi:
— Ko‘richakni topib bo‘lmayapti, o‘zingiz ko‘rib bersangiz, - debdi xodimlari.
Bosh vrach ko‘richakni topaman deb bemorni qorniga qo‘lini tiqsa, qattiq narsa turganmish.
— Nima bu? Iye, mashinani kaliti nima qilyapti bu yerda?!
— Tabriklaymiz!!! - debdi hamma xodimlari bir ovozdan.
151. — Hamma taksi haydovchilar davlat ishida ishlasa kerak.
— Nimaga unaqa deb o‘ylaysan?
— Ularni o‘zi shunaqa deyishadi-ku! Bo‘sh vaqtimda kira qilaman, o‘zimni ishim bor, biznesim bor
deyishadi-ku!
152. Hurmatli ayollar!
Ko‘chaga chiqganingizda mahalladagi ayollar siz ko‘rmagan serialingiz haqida gapirib qolishsa,
ulardan "ajralib" turmaslik uchun "Baribir birinchi fasli qiziqarliroq edi!" deb turavering!
153. Bir ayol "Erim-vatanimdir!" deb post qo‘yibdi.
Kommentariyda "Vatan - barchamizniki!" deb yozib qo‘yilgan ekan.
154. Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi
qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi:
— Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz?
— Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi.
U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi.
Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi.


Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi.
— Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa,
qo‘shnisi:
— Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha
sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!
155. — Dugonajon, nima qilyapsan?
— Mangu olov yonida turibman.
— Nima? Xotira maydonidamisan?
— Oshxonadaman!
156. O‘zing deputat bo‘lmaguncha, deputatlar hech qanday ish qilmaydi deb o‘ylayverasan.
Deputat bo‘lgach esa, nima ish qilayotganingni bilmaysan.
157. Qizaloq oilaviy fotoalbomni ko‘rib o‘tirib, onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, manavi suratda yoningizda turgan kelishgan, chiroyli yigit kim?
Onasi debdi:
— Seni adang-ku qizim.
Qizaloq divanda beo‘xshov, xurpayib televizor ko‘rib yotgan adasiga qarab:
— Bu kim unda? - dermish.
158. "Biz yaxshiroq yashashni boshladik!" dedi amaldorlar.
"Avval ham yomon yashamagansizlar!" dedi xalq.
159. Mezbon:
— Taomingizga qo‘ziqorindan ham solaymi?
Mehmon:
— Yo‘q, rahmat. Men faqat o‘zim tergan qo‘ziqorinlarni yeyman.
Mezbon:
— Xohlasangiz, polga sochib beraman terib chiqasiz.
160. — Ichasanmi?
— Yo‘q.
— Chekasanmi?
— Yo‘q.
— Qimor o‘ynaysanmi?
— Yo‘q.
— Ayollar bilan yurasanmi?


— Yo‘q.
— Nima balo, bironta ham nuqsoning yo‘qmi?!
— Faqat bitta nuqsonim bor.
— Qanaqa nuqson?
— Yolg‘onchiman.
161. Odatda qizi bor onalar:
— Qizim 17 yoshda. Birortasi qizimni boshini aylantirmasin-da...!
— Qizim 30 yoshda. Qizim birortasini boshini aylantirsa edi...!
162. Agar yangi bir marttalik niqob sotib olishga erinsangiz, ishonavering, eski niqobingiz uzoq vaqt
xizmat qilishga mo‘ljallangan!
163. Maktab va institutlarda offlayn o‘qishlar boshlandi.
Hamma yigitlarni bir savol qiynaydi. 8 martga qizlarga sovg‘a beramizmi? Axir 14 yanvarda ular
berishmadi-ku!?
164. Stomatolog tish olmoqda:
— Qo‘rqma Alisher, bu ishni diplomsiz ham uddalaysan!
Bemor:
— Meni ismim Alisher emas...
Stomatolog:
— Alisher menman!
165. Shogird ustozidan so‘radi:
— Qaysi oyda ayollar kamroq gapiradi?
Ustoz javob berdi:
— Fevral oyida. Chunki bu oy 28 kundan iborat.
166. — Qizim, idish-tovoqlarni yuvib qo‘ygin!
— Charchadim oyijon...
— Wi-Fi ga pul to‘lashdan men ham charchadim...
— Qaysi idishlarni yuvishim kerak?
167. Shifoxonaga kelgan bemorga shifokor debdi:
— Uch mahal ichsangiz "otdek" bo‘lib ketasiz...
Bemor:
— Mayli. Lekin dorini nomini aytmadingiz-ku?! - desa, shifokor:
— Dorini nima aloqasi bor bu yerda?! - degan ekan.


168. — Oyi, yozda Chorvoqda dam olamizmi?
— Chorvoqda seni repititoring dam oladi, o‘g‘lim!
169. Tolibi ilm piru komilining huzuriga kelib so‘radi:
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak?
— Uylan!
— Nega? Shunda abadiy yashaymanmi?
— Yo‘q. Ammo shu xohishing yo‘qoladi.
170. Maktabda ota-onalar majlisi boshlanibdi. Sinfning eng to‘palonchi o‘quvchisini otasiga
o‘qituvchi debdi:
— Sizni o‘g‘lingiz maktabda har kuni o‘zini yomon tutadi.
Ota:
— Nima? Meni shunga chaqirdingizmi? O‘g‘lim uyda ham har kuni to‘palon qiladi. Sizni uyga
chaqirtirmayapman-ku!?
171. Yigit qizga:
— Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?!
Qiz:
— Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?
172. Rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashning ikkita usulini taklif qilishadi:
Birinchisi, Shveysariya usuli. Rahbarlik lavozimlari muddatini qisqartirish. Shunda korrupsiyaga
ulgurmaydi.
Ikkinchisi, Koreya usuli. Umrni qisqartirish. Agarda mabodo korrupsiyaga ulgurgan bo‘lsa...!
173. Avvallari oylik maoshimni olgach, sayyohatga chiqishimni o‘ylasam, nima uchun
ishlayotganimni tushunardim.
Hozir oziq-ovqatlarni narx-navosini ko‘rib, qornim ochmaganini tushunyapman.
174. Bir ishchi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
"O‘rtoq boshliq, siz bizni telefondagi barcha suhbatlarimizni eshitib borishingizni, hamma
ishlarimizdan xabardor ekaningizni aytgandingiz. Bugun menga xotinim ishdan qaytishda bozordan
nimalar xarid qilishni aytgan edi. Eslolmayapman, ayta olmaysizmi?!"
175. Agar bitta o‘qituvchi hamma fandan dars bera olmasa, nega bitta o‘quvchi hamma fanlarni
bilishi kerak?
176. Boshliq:
— Sizga berilgan topshiriqni qancha muddatda bajarasiz?
Ishchi:
— Bir hafta muddat bersangiz, bir soat ichida bajaraman!
177. Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi:


— Tila tilagingni!
Chol debdi:
— Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim...
Baliq cholga qarab turib:
— Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.
178. — Dada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik...
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!
179. Bemor erini kasalxonaga olib kelgan ayolga shifokor debdi:
— Eringizga tinchlik va xotirjamlik kerak! U kishiga asabiylashish mumkin emas. Mana bu
tinchlantiruvchi dorilarni dorixonadan sotib oling!
Xotini debdi:
— Dorilarni erimga nechi mahal ichirishim kerak?
Shifokor debdi:
— Bu dorilarni siz ichasiz!
180. Bolakay:
— Buvi, ko‘zingizni yumib turing!
Buvisi:
— Nega?
Bolakay:
— Oyim aytdilar. Siz ko‘z yumsangiz, onam tinch yashar ekanlar.
181. — Bugun negadir kayfiyating yo‘qmi?
— Bo‘magan gap ablah!
182. Qamoqda o‘tirgan erini ko‘rgani xotini kelibdi.
Eri:
— Nega shuncha vaqt meni ko‘rgani kelmading?
Xotini:
— Qamoqxona boshlig‘i bilan kelishdim.
Eri:
— Nimani kelishding?
Xotini:
— Agar u bilan birga bir martta tushlik qilsam, sizni qamoq muddatingizdan 6 oy ayirib tashlar ekan.
Axir 25 yilga qamalgansiz-ku!


Eri:
— Xo‘sh?
Xotini:
— Nima xo‘sh!? Kettik uyga, siz ozodsiz!
183. Morgda:
— Bu ikkalasi koviddan vafot etganmi?
— Ha.
— Bittasini boshi yorilgan-ku?!
— Bozorga tibbiy niqobsiz kiribdi.
— Ikkinchisiga pichoq urilgan-ku!
— Bozorga go‘sht olishga borgan ekan. Qassobni oldida niqobsiz aksirib yuboribdi.
184. Koronavirusning yangi Omikron shtampining asosiy belgilari: charchoq, bosh og‘rig‘i,
holatsizlik, suyaklarni og‘rishi...
Xullas, har kun tongda bizda kuzatiladigan holat!
185. Ba’zida "Yo‘q" deyishni ham o‘rganing.
Masalan, "Bir bo‘lak tort yeysizmi?" - deb so‘rashsa, "Yo‘q! Ikki bo‘lak yeyman", - deb javob bering.
186. To‘yda kelin-kuyov o‘tirsa, kelin kuyovga shivirlarmish:
— Tezroq to‘y tugasa-yu, ichkariga kiravolsak...!
Kuyov kelinga qarab:
— Sizni ham oyog‘ingizni yangi tufli siqib yubordimi-a?!
187. Mashina haydab ketayotgan do‘stidan og‘aynisi so‘rabdi:
— Do‘stim, nega yo‘lning o‘ng va chap taraflariga qarayapsan? Axir bu yo‘l bir tomonlama
harakatlanadigan yo‘l-ku?!
— E-e, bu yerni Qashqadaryo deydi. Kerak bo‘lsa tepaga ham qarash kerak!
188. Ertalab soat 8:15 da uydan yugurib chiqdim. 8:00da boshlangan darsga ulgurshim kerak-ku
axir!
189. — Haqiqiy yigitlar qanday qizlarni sevadi?
— Boshqa yigitni sevadigan qizlarni sevishadi.
— Nima uchun?
— O‘sha yigitdan qizni tortib olish "yigit kishining" ishi-da!
190. Sevgan qizi bilan urishib qolgan yigit do‘stidan 100 dollarga zahar topib berishini so‘rabdi.
Do‘sti:
— Jinnimisan?! Shuncha pulga zahar olguncha, 2 metr arqon olib o‘zingni osaqol, - desa, do‘sti:


— O‘zimni ossam bo‘g‘ilib o‘laman-ku! - degan ekan.
191. — Botir aka, hech uyingizga biror martta o‘g‘ri tushib, hamma narsangizni o‘g‘irlab ketganmi?
— Ukam, bo‘ldi qilsang-chi! Pulim bo‘lishi bilan sendan olgan qarzlarimni qaytaraman!
192. Haydovchini YPH xodimi to‘xtatibdi. Spirtli ichimlik hidini sezgan xodim:
— Hurmatli haydovchi, spirtli ichimlik iste’mol qilganmisiz? - debdi.
— Yo‘q, - debdi haydovchi.
Xodim yana:
— Sizni tekshiruvga olib boramiz...! - desa, haydovchi:
— Baliq yegandim, - debdi.
Xodim:
— Baliq yesangiz, spirt hidi keladimi? - deb so‘rabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Baliq aroq ichgan ekan-da, - degan ekan.
193. Matematika o‘qituvchisiga o‘quvchi debdi:
— Ustoz, shu fanga darslarda kirmasam maylimi?! Menga matematika hayotda umuman kerakmas!
Ustozi o‘quvchiga:
— Hali shu gaplaringni farzandlaring bilan matematika darsini tayyorlab o‘tirganingda eslaysan! -
dermish.
194. Bir qiz doktorga kelib:
— Meni ari chaqib oldi, - debdi.
Doktor:
— Hechqisi yo‘q! Hozir malham surib qo‘yaman, - desa, qiz:
Qanaqa qilib surasiz, ari allaqachon uchib ketdi, - debdi.
195. Do‘kon sotuvchisini yoniga har kuni bir kuchuk og‘zida xalta ko‘tarib kirarkan. Sotuvchi xaltani
ichidan pulni olib, xaltaga nonni solib, yana kuchukka bersa, kuchuk uyga non olib ketarkan.
Kunlarni birida sotuvchi kuchukni orqasidan borib, qayerda yashashini ko‘rmoqchi bo‘libdi. kuchuk
bir eshikni qo‘ng‘irog‘ini chalsa, ichkaridan egasi chiqib kuchukni ushirayotganmish.
Sotuvchi:
— Nega urishasiz? Axir bu eng aqlli kuchuk-ku! - desa, egasi:
— Men bunga nechi martta aytganman, meni ovora qilmasdan uyni kalitini olib yurgin deb... - debdi.
196. Ovchini so‘roq qilayotgan tergovchi so‘rabdi:
— Nega jabrlanuvchiga qarata o‘q uzdingiz?
— Men uni buqa deb o‘ylabman.


— Odam ekanini qachon payqadingiz?
— Oyog‘iga o‘q tekkanda so‘kishni boshlaganida.
197. — Do‘stim, kecha kechqurun ichib kelganmiding?
— Sen qayerdan bilding?
— Telefoningni chirog‘ini yoqib olib, telefoningni qidirayotgan eding.
198. Ertalabki tirband avtobusda:
— Keyingi bekatda tushmaysizmi?
— Yo‘q!
— Unda meni eshik oldiga o‘tkazib yuboring.
— Avtobus to‘xtasin, tushib ketasiz!
— Endi o‘tkazib yuboring, tushishim kerak!
— Menga nima, men tushmayman!
199. Nikoh oqshomida kuyov uyalib o‘tirgan kelinga debdi:
— To‘ygacha qo‘lingni ham ushlatmading. Odobli qiz ekaning shundoq ko‘rinib turibdi. Aks holda
senga uylanmagan bo‘lardim.
Kelin javob beribdi:
— Shu narsaga farosatim yetgunicha bilasizmi meni qancha yigitlar tashlab ketishgan...!
200. Xotin eriga dedi:
— Azizim, sizni telefoningizdan dugonamga qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi? O‘zimnikida pul
qolmabdi.
Eri:
— Mayli, qilaver!
Xotini dugonasini raqamini tersa, go‘shakni u tomonidan javob kelibdi:
— Allo, bormisiz jonim...?
201. Notanish raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmang.
Balki tanishlardandir...
202. Uyimni derazasidan tashqariga qarab tursam, ro‘paradagi uyni derazasidan bir ayol menga qo‘l
silkitdi.
Men ham unga qo‘l silkitdim. U yana menga qarab shunday qildi.
Xotinim orqa tarafimda turgan ekan. "Nima qilyapsiz adasi?! U ayol deraza artyapti-ku!" deb qoldi.
203. Qamoqdan chiqib ketilgan sobiq mahbusdan so‘rashibdi:
— Sizni nimaga qamashgan edi?
— Pora berganim uchun.


— Qamoqdan qanday qilib chiqdingiz?
— Qamoqqa qanday tushgan bo‘lsam, shunday qilib chiqdim.
204. Uyali aloqa operatori rahbariga telefon qo‘ng‘irog‘i orqali shikoyat tushibdi:
— Allo, sizni xodimlaringiz shanba kuni tushdan keyin umuman go‘shakni ko‘tarishmaydi!
Rahbarning javobi:
— Bir nechta xodimlarim go‘shakni talashib janjallashishadi.
Dushanba kuni ertalab g‘olib chiqqan xodim go‘shakni ko‘taradi.
205. Bola uyga kelib adasiga dedi:
— Bugun maktabda 5 baho oldim.
Adasi so‘rabdi:
— Qaysi savolga javob berding?
Bola:
— Atom zarrasida nechta molekula bor? - degan savolga 2 ta deb javob berdim.
Otasi:
—Atomda molekula 3 ta-ku?!
Bola:
— Hamma 1 ta deb javob berdi. Meniki to‘g‘ri javobga yaqin keldi.
206. — Bugungi kun kechagindan nimasi bilan yodingda qoldi?
— Boshqa sana ekani bilan eslab qolaman.
207. Ishdan qaytgan xotiniga eri debdi:
— Meni sevimli 50 kiloligim keldi!
Xotin:
— Men 56 kiloman!
Er:
— Demak, oxirigacha sevmas ekanman-da!
208. Vrach qabulida:
— Doktor, tishlarim negadir sarg‘ayib to‘kilyapti...
— Bu axir tabiiy-ku! Hozir kuz fasli bo‘lsa...

Download 122.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling