Latviya Respublikasi Maydoni 64589 kvadrat kilometr. Aholisi 2479000 kishi


Download 26.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1605335
Bog'liq
LATVIYA


LATVIYA

(Latviya Respublikasi) Maydoni — 64589 kvadrat kilometr.


Aholisi — 2479000 kishi.
Boltiq dengizi past qumloq qirg'oqlarga urilib turadigan yerda Latviya Respublikasi joylashgan. Bu yerda dengizning yaqinligi har jihatdan sezilib turadi. Atlantikadan esuvchi nam shamollar tez-tez yomg'ir keltiradi, yozgi jazirama va qishki qahratonni yumshatadi. Aholining mashg'uloti qadimdan dengiz bilan bog'liq latishlar orasida dengizchi va baliqchilar ko'р. Dengiz sohilida joylashgan Riga, Ventspils singari yirik portlardan turli mamlakatlarga kemalar qatnaydi.
Latviya — sanoati yuqori darajada rivojlangan va yirik zamonaviy qishloq хо'jaligiga ega bo'lgan respublika. Elektr poyezdlari uchun vagonlar, avtomat telefon stansiyalari, telefon, boshqa ko'plab mu- rakkab vа aniq apparat hamda mashinalar ishlab chiqariladi. Rigadagi «VEF» zavodining televizorlari, radiopriyomniklari vа tranzistorlarini albatta yaxshi bilasiz. Bu mahsulotlar boshqa mamlakatlarda ham manzur.
Yaxshi ishlov berilgan dalalarda bug'doy hamda qandlavlagi ekinlari barq urib о'smoqda, yam-yashil yaylovlarda sersut qo'ng'ir sigirlar boqiladi. Latviyada ishlab chiqarilayotgan quyultirilgan sut, pishloq, yog', baliq konservalariga mamlakatning о'zida vа chet ellarda ehtiyoj katta.
Bu yerda sersuv daryolar bir tekisda oqadi. Daryolarda ko'plab yuk va passajirlar tashiladi, ularda elektr stansiyalari qurilgan. Bular orasida Boltiqbo'yidagi eng yirik GES — Plyavinyas GESi bo'lib, u Latviyaning asosiy daryosi — Daugava (G'arbiy Dvina)da barpo etilgan. Uning yaqinida katta suv ombori — Plyavinyas dengizi bunyod qilingan.
Latviyaning eng xushmanzara daryosi Gauyadir. Uning Sigulda shahri atroflaridagi sohillari doim sayyohlar bilan gavjum. Tabiat go'yoki atayin shu yerda qizilqum - tosh qoyalarni bunyod etgan, ulkan g'orlar hosil qilgan. Tevarak-atrofda eman, zarang, shumtol, arg'uvon, qayin, tol va chetan о'rmonzorlari bamisoli dengizdek shovullaydi. Kuldiga shahriga yaqin Venta daryosidagi xushmanzara Ventas-rumba sharsharasini maroq bilan tomosha qilish mumkin, ko'rkam ko'llar ham ko'р.
Respublika poytaxti — Riga Daugava daryosi kelib quyiladigan Riga qo'ltig'i bo'yidagi shinam yerda joylashgan. Shaharning eski qismi muzey tarzida saqlangan. Bu yerda о'rta asrga mansub uchi qubbali uylarni, qadimiy cherkovlarning gumbazlarini ko'rishingiz mumkin. Ularning yonida esa shinam, keng, yam-yashil turar joy manzillari joylashgan.
Poytaxt yaqinida Riga qo'ltig'i 1ор4о~а, oppoq qum bilan qoplangan, sohil yaqinida ko'rfazning chuqurligi atigi tizza bo'yi keladi, lekin suvi Qora dengiznikidan sovuqroq. Mayin qum ustida yalangoyoq yurish, shundoqqina ko'rfaz yonida о'sib turgan qarag'ayzorda hordiq chiqarish naqadar huzur baxsh etadi. Bu yerda sanatoriy, dam olish uylari, bolalar oromgohlari ko'p. Latviya 0'zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yilda о'rnatgan.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling