“Layli va Majnun” dostonni pok va yuksak muhabbat ifodasi. Reja: “Layli va Majnun”- pok va yuksak muhabbat ifodasi


 Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida an’ana va o’ziga xoslik


Download 216.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi216.48 Kb.
#1508406
1   2
Bog'liq
1-Maruza P

2. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida an’ana va o’ziga xoslik. 
Majnun - birinchi navbatda inson. Insonning komillik-poklikka intilishida esa ishqi 
majoziy imtihon maydoni. Chunki ana shu maydonda inson ishq yo’lidagi dard, 
kuyish-yonishlar, jonni kuydiruvchi yuzlab sho’`la-yolqinlar ko’rasida toblanadi - 
har xil xiraliklardan poklanadi va poklikda shuhrat qozonadi ("poklikka mavsuf"). 
Ul o’tda chu ehtizoz topdi, 
Andoqki kerak gudoz topdi. 
Har g’ashlig’din erdi noqis 
Bo’ldi bu gudoz bila xolis. 
[9-tom, 294] 
Boshqacha aytganda, u "o’zligi" - surati majoziyligidan qutulib, ma`naviy - 
axloqiy poklik darajasiga, ya`ni komil inson darajasiga erishib, odamlarni maftun 
etadi ("birovga mash`uf"). Majnun ana shu darajadagi timsol bo’lib, Ilohiy zotning 
sifatlaridan bahramand bo’lgan- komil insondir. Demak, Majnun majoziy ishqda 
komillikka erishib, haqiqiy ishqdan bahramand bo’lganlarning Ramzidir. 
Majnunning bunday yuksak komillik darajasiga erishuvining asosiy omili Laylidir. 
Layli komillikni namoyon etadigan ko’zgudir, mazhardir. Majnun ana shu 
ko’zguda o’zini emas, balki Laylini-komillikni ko’radi: 
Ham Layli o’lub tilida zikri, 
Ham Layli o’lub ichida fikri. 
Har yon nazar etsa oshkoro, 
Layli nazarida jilva oro.
[9-tom, 149] 


Shuning bilan bir qatorda: 
Majnun sog’inib o’zini Layli, 
Aylar edi nozu ishva mayli. 
Layli o’zini sog’indi Majnun, 
Shukr ettiki, yori bo’ldi maqrun. 
Ul bu bo’ldiyu lek bu ul 
Topmadi aroda ikkilik yo’l. 
[9-tom, 250] 
Demak, Majnun va Layli komillikda vahdatni - yaxlitlikni tashkil etadi. Bu 
esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda 
jismoniylik emas, balki ma`naviylik yetakchi mavqeni egallaydi. Bunday yuksak 
darajadagi xos ishqni tushunmaydiganlar Majnun va Layli ishqi mohiyatini ham 
tushunmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor. 
Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi 
mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qo’lini cho’zganlar ham borligini Navfal 
obrazi misolida ko’rsatadi. Chunki:
Navfalki Arabda erdi nodir, 
Tig’iga qadar, o’qig’a qodir. 
Yaxshiliq ila Arabda mavsum, 
Oromgahi bu marz ila bum… 
Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi, 
G’am dashti aro yugurgan erdi. [9-tom, 152-153]. 
Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani 
tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va 
Laylilar o’rtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga ko’tarilgan emas. Navfal qizi va 
sevgilisining o’zaro ishqi Alisher Navoiy ta`riflagan "avom ishqidurkim, …derlar: 
"falon falonga oshiq bo’lubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak 
martabasi shar`iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…" [14-tom, 67]. 
Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq 
martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urg’u beradi, chunki bu 
martaba komillik martabasi bo’lib, unda "pok ko’zni pok nazar bila pok yuzga 
solmoqdur va pok ko’ngul ul pok yuz oshubidin ko’zg’olmoq va bu pok mazhar 
vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq"dir [14-t. 68]. 
Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan 
komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon 
qiladi: 
Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona. 
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli, 
Afsona edi aning tufayli. [9-tom, 310-312]. 
Shunday qilib, Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi ikkinchi - "Farhod va Shirin", 
uchinchi - "Layli va Majnun" dostonlari haqida umumiy yo’nalish tarzida 
mulohaza yuritdik. Agar diqqat bilan qaralsa, bu ikki dostonni bir-biriga 
yaqinlashtiruvchi mushtarak mavzu - komil inson mavzusi bor. Bu mavzu ularni 
bir-biriga bog’labgina qolmaydi, balki mavzuning har bir dostonda o’ziga xos 
tarzda yoritilishi ularning uslubiy o’ziga xosliklarini namoyon etadi, ya`ni "Farhod 


va Shirin"da bu mavzu ijtimoiy faollik ko’lamida yoritilsa, "Layli va Majnun"da 
esa asosan ishq maydonidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur tasviri 
orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi. 

Download 216.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling