Lazer fizikasi fanidn tayyorlagan


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana16.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1778715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ishning dolzarbligi: Nanotexnalogiyalarning rivojlanishi zamonaviy 
lazerlar va ular asosida qator ilmiy tatqiqotlar yo‘nalishlari uchun sabab 
bo‘ldi. 
Ishning maqsadi : Malakaviy bitiruv ishda lazerlarning yangi 


avlodllarini yaratilishi borasidagi tatqiqotlar va ular yordamida olib 
borilayotgan ilmiy tatqiqotlar yo‘nalishlarini o‘rganish. 


I.Bob. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot 
1.1. Lazerlar haqida umumiy ma‘lumot 
Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug‗lik manbalarining 
nurlanishi kogerent bo‗lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning 
atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik 
elementlari chiqarayotgan va o‗zaro kogerent bo‗lmagan oqimlardan tashkil 
topgan bo‗ladi. Gaz razryadining yorug‗lanishi, su‘niy va tabiiy 
manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uyg‗otilgan lyuminessensiya 
kogerent bo‗lmagan nurlanishga misol bo‗la oladi. 
XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‗lik manbalari 
yaratilgan bo‗lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb 
ataladi. Kogerent bo‗lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant 
generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo‗lgan qismlaridan 
chiqayotgan elektromagnitik to‗lqinlar o‗zaro kogerent bo‗ladi. Bu jihatdan 
kvant generatorlari kogerent radio to‗lqinlari manbalariga o‗xshash bo‗ladi. 
Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib 
hamma xususiyatlarida ko‗rinadi. Nurlanishning to‗la energiyasi bundan 
istisno bo‗ladi, chunki bu energiya kogerent bo‗lmagan manbalardagi kabi 
dastavval uzatilayotgan energiyaga bog‗liq bo‗ladi. Lazerlarning nurlanishi 
kogerentligi bilan bog‗langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya 
vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo‗nalishlari bo‗yicha 
konsentratsiyalanadi. Ba‘zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori 
darajada monoxromatik bo‗ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10
-12
s ga 
teng bo‗lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday 
nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‗lishi mumkin. 
Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‗lkan 
yutuqlaridan biri desa bo‗ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916 
yilga borib taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‗lib, 


majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‗l bilan majburiy 
nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‗rsatadi. 
1930 yilda P.Dirak o‗zi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik 
nazariyasi asosida majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini 
chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning 
yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930 yildan boshlab optik spektroskopiya 
sohasida ko‗plab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bu izlanishlar 
natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari haqida ko‗plab 
ma‘lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida ishlatildi. 
Bu ishlarga S.E.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o‗z 
hissalarini qo‗shishdi. 
1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi bo‗lib, yorug‗lik nurining majburiy 
nurlanish xisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951 yilning 
yozida, u o‗zining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida 
elektromagnit nurlanishni (ultrabinafsha, ko‗rinuvchi, infraqizil va 
radioto‗lqinlar sohasida) kuchaytirish uslubi uchun avtorlik guvoxnomasini 
olishga taklif berishgan. Bu takliflarida lazerlarning faol muhitini 
yaratishning asosiy g‗oyalari bayon etilgan edi. Lekin optik kuchaytirish 
g‗oyalaridan tashqari, uni amalda bajarish va nixoyat kogerent nurlarning 
xosil qilish uchun o‗ziga xos teskari bog‗lanishli optik rezonator bo‗lishi 
kerak edi. Usha yillarda fanning optika bo‗limida optik soha uchun 
rezonatorlar o‗ylab topilmagan edi. 
Kvant 
elektronikasi 
yoki 
lazerlar 
fizikasining 
rivojlanishida 
radiofizikanig bo‗limi bo‗lgan radiospektroskopiya muhim omil bo‗ldi. 
Uning keskin rivojlanishi 1940 yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar 
yo‗nalishi atom va molekula spektroskopiyasidan tashqari vaqt va 
chastotaning, ya‘ni o‗ta yuqori chastota (O‗YUCH) standartlarini 
yaratilishga bag‗ishlangan edi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida 1950 yillarning 


boshlarida bir-birlaridan mustaqil ravishda N.G.Basov, A.M.Proxorov 
(FIAN, Rossiya) va Ch.Tauns (AQSH, Kolumbiya universiteti) tomonidan 
majburiy nurlanish g‗oyalaridan amalda foydalanib, ammiak molekulasida 
ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va generator (Mazer) yaratildi . 
Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission of 
radiation) - ingliz so‗zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni 
mikroto‗lqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari 
uchun ular 1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bo‗lishdi. 
Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit to‗lqinning yangi, 
infraqizil va ko‗zga ko‗rinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga 
yo‗naltirildi. Dunyoning ko‗p ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida 
ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant 
qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) 
interferometrini qo‗llash g‗oyasi hal qiluvchi omil bo‗ldi. 
Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission 
of radiation – ya‘ni yorug‗likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish 
demakdir) 1961 yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish 
holatida infraqizil sohada to‗lqin uzunligi 1,15 mkm bo‗lgan kogerent 
nurlanish berdi. 1962 yilda geliy-neon lazerlarida ko‗zga ko‗rinadigan 
sohada, 0,63 mkm to‗lqin uzunlikli, qizil rangli kogerent nurlanish hosil 
qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri takominllashib kelinmoqda. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling