Lazer fizikasi’’ fanini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish Annotatsiya
Download 20.93 Kb.
|
99 maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Использование современных методов в обучении «Лазерной физике». Аннотация
- Ключевые слова
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet saytlari
Mirzayeva Umidaxon Murodjon qizi Andijon Davlat Universiteti magistranti Raxmatullina Rufina Rafailovna Andijon Davlat Universiteti magistranti ‘’Lazer fizikasi’’ fanini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish Annotatsiya : Ushbu maqolada talabalarga ‘’Lazer’’ fizikasi fanini talabalarga oson va tushunarli o’zlashtirishlari uchun bugungu kundagi zamonaviy metodlar keltirib o’tilgan va ular haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan Kalit so’zlar: lazer, mazer, elektromagnit to’lqin, kogerent nurlanish, optik to’lqin, Zapusk texnologiyasi, Zakovat Use of modern methods in teaching "Laser physics". Abstract: In this article, modern methods are presented and brief information about them is given for students to master the science of "Laser" physics easily and clearly. Key words: laser, maser, electromagnetic wave, coherent radiation, optical wave, Zapusk technology, Zakovat Использование современных методов в обучении «Лазерной физике». Аннотация: В данной статье представлены современные методы и дана краткая информация о них для того, чтобы студенты могли легко и наглядно освоить науку "Лазерная" физика. Ключевые слова: лазер, мазер, электромагнитная волна, когерентное излучение, оптическая волна, технология запуска, завод. Kalit so’zlar: lazer, mazer, elektromagnit to’lqin, kogerent nurlanish, optik to’lqin, Zapusk texnologiyasi, Zakovat Bizga ma’lumki , bugungi rivojlangan davlatlarda fan va texnika rivojlanib bormoqda. Lazerlar turli soha mutaxasislari , ya’ni injenerlar , meditsina hodimlari , texnolog olimlar , turli yangi qurilmalar yaratuvchi mutaxassislar ,hamda, boshqa turli yo’nalishlarda faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Bugungi shiddat bilan rivojlangan fan va texnika asrida ko’plab zamonaviy qurilmalar lazerlar alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Sababi, payvandlash va ularning mustaxkamlik chegarasini oshirish, jarrohlik operatsiyalarida va tibbiyotning boshqa davolash sohalarida hamda qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarida keng foydalanilmoqda. Bu esa o’z navbatida , yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, lazer va lazerli qurilmalar yordamida materiallarni qayta ishlash va ularga ishlov ber ishni tadqiq etishga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. Endi esa lazerlar haqida qisqacha ma’lumotlarga to’xtalib otadigan bo’lsak, ‘’Lazer’’ so’zi inglizcha (‘’Light Amplification by Stimulated Emission of Ratiation’’ ) iborasining bosh harflaridan olingan bo’lib , ‘’Majburiy nurlanish tufayli yorug’likning kuchayishi ‘’degan ma’noni anglatadi . Lazer nurlanishi infraqizil, ultrabinafsha va ko’zga ko’rinadigan diapazondagi elektromagnit to’lqinlar hisoblanadi. Ushbu to’lqinlar atom va molekulalarning majburiy nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deb aytiladi. Nemis fizik olimi A.Eynshteyn 1916-yili kvant tushunchalari asosida yorug'likning yutilishi yoki nurlanishi biror energetik holatdan boshqa energetik holatga o‘tishda majburiy nurlanish jarayoni borishi mumkinligi to‘g‘risida o‘zining fikrini aytib, emperik formula tavsiya etadi. 1954-yiI N.G.Basov, A.M.Proxorov va Ch.X.Tauns tomonidan molekular kvant generator (mazer) yaratildi. Mazer - yuqori yo‘nalganlikka ega boigan o‘zgarmas aniq chastotada quvvatli kogerent elektromagnit nurlanish hosil qiluvchi qurilmadir. Mazerning ishlashi ammiak molekulalarining majburiy nurlanishiga asoslangan. Bunda ammiak molekulalarining 24 Ggs chastotada kogerent nurlanish xususiyatiga ega bolishi kuzatilgan. Optik to‘qinlari oralig‘ida majburiy nurlanishni chiqaradigan mazerlami - lazerlar deyiladi. 1964-yili kvant elektronika sohasiga tegishli fundamental tadqiqotlar uchun Rossiya olimlari N.G.Basov va A.M.Proxorov hamda amerikalik olim Ch.X.Tauns Nobel mukofotiga sazovor bolishgan. Lazerlar fizikasini o’rganish birmuncha qiyinroq bo’lganligi uchun, guruhdagi talabalar bilan ‘’Zakovat’’ metodidan foydalangan holda dars o’tiladi va ikki guruhga bo’linib ,o’tirib olishadi. Talabalarga muhokama uchun lazerlar haqida turli hil savollar beriladi. Yaxshilab o’ylab olishganlanlaridan so’ng , belgi berishadi va ularning savolga javoblari tinglanadi . Javoblari aniq va to’gri bo’lsa , baholab boriladi. Yana bir qiziqarli metodlardan biri ‘’Zapusk texnologiyasi’’ bo’lib , bu metod Buyuk Britaniyaning o’qitish texnologiyalari orasida eng samaralisi va mashxuri hisoblanadi. Ushbu metodda dars boshlanishidan avval talabalarga lazerlarga oid qiziq bo’lgan jumboqli savol beriladi , albatta bu barcha uchun qiziqarli bo’lishi shart . Dars davomida talabalarni doimiy tarzda faol va kreativ yondashishi uchun yordam beradi . Foydalanilgan adabiyotlar : R.Sugioka, M.Meunier, A.Pique. Laser Precision Microfabrication. Springer Verlag, New York, Heidelberg, 2010. Л.В.Тарасов. Лазеры и их применение. Учебное пособие для ПТУ. М.: Радио и связь, 1983. Л.В.Тарасов. Лазеры: действительность и надежды. М.: Наука. Главная редакция физико-математической литературы, 1985 А.Тешабоев, С.Зайнобидинов, Э.А.Мусаев. Яримўтказгичлар ва яримўтказгичли асбоблар технологияси. Тошкент, “ЎАЖБНТ” маркази, 2005 й., -392 б Internet saytlari: 1. www.ziyo.uz 2. google.uz Download 20.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling