Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Spontan va indutsirlangan nurlanishlar orasidagi farqni tushuntiring


Download 1.58 Mb.
bet4/45
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1569468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
lazer to\'liq 1

Spontan va indutsirlangan nurlanishlar orasidagi farqni tushuntiring

Мodda bir jinsli atomlardan tashkil topgan bo‘lsin. Atomlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘lmaganda, Bor postulatiga ko‘pa alohida ajratib olingan yakka atomning elektron spektri qator ustma-ust joylashgan energetik sathlardan iborat bo‘ladi (1-rasm). Agar energetik sathlarning energiya qiymatlarini 1, 2, 3,..., deb belgilasak, ular o‘rtasida munosabat mavjud. Energetik sathlarning bunday ketma – ket to‘plamiga atomning energetik spektri deb ataladi. Energiyaning eng kichik qiymatiga mos keluvchi Е1 energetik sathga – atomning asosiy holati, undan yuqori energetik sathlarga atomning o‘yg‘ongan holatlari deyiladi. Atomda

elektronlar bir energetik sathdan ikkinchi energetik sathga o‘tganda, atom elektromagnit to‘lqinlarini chiqarishi yoki yutishi mumkin. Shu energetik sathlardan ikkitasini alohida olib qaraymiz. Atomlarning ikki energetik sathli modeli yorug‘likning atomlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishni va o‘zaro ta’sirlarni ifodalashni osonlashtiradi. Birinchi energetik holatdagi atomlar sonini N1 va ikkinchi energetik holatdagi atomlar sonini esa N2 deb belgilaymiz. (2-rasm) Agar modda atomi Е2 energetik sathda, ya’ni uyg‘ongan holatda bo‘lsa, ma’lum vaqtdan keyin tashqi yorug‘lik maydoni ta’sirisiz o‘z-o‘zidan (spontan ravishda) Е1 ga qaytishga intiladi va qaytganda (Е2- Е1) energiya farqiga teng energiya ajralib chiqadi. Uyg‘ongan atomning asosiy energetik holatga o‘z-o‘zidan qaytishi va o‘sha vaqtda yorug‘lik kvantini chiqarishi hodisasiga spontan nurla­nish deyiladi. Spontan nurlanish tufayli ajratib chiqarayotgan kvantlar ixtiyoriy yo‘nalishda tartibsiz tarqaladi. Nurlanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi:


(1.1.1)
h = 6,62.10-27 erg/ s - Plank doimiysi.




  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling