Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
He - Ne lazеrini enеrgеtik satxlarini va ular orasidagi kvant o’tishlarni tushuntirib bеring?
Download 1.58 Mb.
|
lazer to\'liq 1
He - Ne lazеrini enеrgеtik satxlarini va ular orasidagi kvant o’tishlarni tushuntirib bеring?
Geliy-neon lazeri.Geliy-neon lazeri neytral atomlar asosida ishlaydigan gaz lazerlariga kiradi. Geliy-neon lazeri keng tarqalgan, birinchi marta ishga tushirilgan gaz lazeridir. Geliy-neon lazeri uch xil to’lqin uzunligida generasiya hosil qiladi: λ=3,39mkm, λ=0,633mkm, λ=1,15mkm. Lazer qurilmasi birinchi marta 1961 yilda ishga tushirilgan. Eng keng tarqalgan geliy-neon lazeri qizil rang chiqaruvchi (λ=0.633mkm) lazerdir. Geliy va neon atomlarining energetik sathlari 46-rasmda tasvirlangan. 46- rasm. Geliy-neonlazeri nurlanishini hosil qiluvchi Ne va Ne gaz atomlarining energetik sathlari. Geliy atomining elektron bilan to’qnashib uyg’onishi neon atomining uyg’onishidan samaraliroq va uyg’ongangeliy atomining megastabil sathlari neon atomlarining energetik sathlariga mos keladi. Geliy atomi bilan neon atomi to’qnashganda rezonansli energiya almashinuvi sodir bo’ladi.Neon atomlarini bevosita uyg’otishdan ko’ra rezonansli uyg’otish ancha samaralidir. Geliy atomining uyg’ongan metastabil energetik sathlari 22s, 21s neon atomining uyg’ongan energetik 2sva 3s sathlariga rezonancdir. Bevosita neon atomining uyg’onishi elektron bilan to’qnashib,o’sha 2s, 3s sathlar bilan Zr, 2r sathlar o’rtasida inversion ko’chirish hosil qiladi.Geliy-neon lazeri to’rt energetik sathli aktiv modda kabidir. Generasiya 3s2→2p4 (λ=0,633mkm), 3s2→Zr4 (λ=3,39mkm), 2s2→2r4 (λ=1,15mkm) kabi kvant o’tishlarda ko’zatiladi. Neon gazining 3s uyg’ongan energetik holatda yashash vaqti τs=100nsvar holatda τr=10ns. 3s–holatda uyg’ongan neon atomlari ko’proq yashaydi va to’planadi. Isholat metastabil energetik sath bo’lib, uning relaksasiyasi neon atomi gazorazryad trubka devoriga urilgandan keyin sodir bo’ladi va atom pastki asosiy energetik holatga o’tadi. Rezonator ko’zgularining qaytarish koeffisiyentini selektiv o’zgartirib, uch xil to’lqin uzunliklarini navbat bilan generasiyalash mumkin. Rezonatorga uch qirrali prizma kiritib vauni burib ham generasiya nurlanish chastotasini o’zgartirish mumkin. Uy haroratida (T=300K) geliy-neon gazi dopplercha kengayishga ega bo’lib, (1.6.13) formulaga asosan spektral kengligi ΔvD=6,3·10–2sm–1 (λ=0,633mkm) ga teng. Rezonator uzunligi L=15sm bo’lsa, bir aksial modalar generasiya nurlanishini hil qilish mumkin, chunki aksial modalar oralig’i Δvg=1/2L bilan aniqlanadi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling