30. Geliy-Neon lazeri hususiyatlari.
Geliy-neon lazeri.Geliy-neon lazeri neytral atomlar asosida ishlaydigan gaz lazerlariga kiradi. Geliy-neon lazeri keng tarqalgan, birinchi marta ishga tushirilgan gaz lazeridir. Geliy-neon lazeri uch xil to‘lqin uzunligida generatsiya hosil qiladi: л=3,39mkm, л=0,633mkm, л=1,15mkm. Lazer qurilmasi birinchi marta 1961 yilda ishga tushirilgan. Eng keng tarqalgan geliy-neon lazeri qizil rang chiqaruvchi (л=0.633mkm) lazerdir.
Geliy va neon atomlarining energetik sathlari 46-rasmda tasvirlangan.
Geliy atomining elektron bilan to‘qnashib uyg‘onishi neon atomining uyg‘onishidan samaraliroq va uyg‘ongan geliy atomining metastabil sathlari neon atomlarining energetik sathlariga mos keladi. geliy-neon lazerining ishlashi va tuzilishi sxemasi ifodalangan. Geliy-neon gazi joylashgan shisha nayning kesimi rezonator o‘qiga Byurster burchagi бB ostida o‘rnatiladi va lazer nuri rasm tekisligida to‘la qutblangan monoxromak yorug‘lik to‘lqinini hosil qiladi. Uy haroratida (T=300K) geliy-neon gazi dopplercha kengayishga ega bo‘lib, (1.6.13) formulaga asosan spektral kengligi ДvD=6,3·10–2sm–1 (л=0,633mkm) ga teng. Rezonator uzunligi L=15sm bo‘lsa, bir aksial modalar generatsiya nurlanishini hil qilish mumkin, chunki aksial modalar oralig‘i Дvg=1/2L bilan aniqlanadi
Geliy-neon lazeri nurlanishida barcha gaz lazerlariga xos
eng muhim fizik hodisa to’yinish va „Lemb chuqurligi" kabilarni kuzatishdir. (Keyingi effektni 1964 iilda Lemb nazariy ravishda oldindan aytgan edi.) “Lemb chuqurligi” lazer nurlanishi quvvatining chastotasiga bog’liq taqsimotida kuzatiladigan markaziy botiqliqdir. 48- rasmda. Lemb chuqurligi" ko’rsatilgan.
48-rasm.Ne-Ne lazer generasiyasi quvvatining chastota bo’ylab taqsimoti va “Lemb chuqurligi” ningtasviri.
Gaz lazerlaridagi nurlanish spektrining kengligi uchta effekt bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |