Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi
Yarimo’tkazgichli lazеrlarning boshqa lazеrlardan farq qiluvchi tomonlarini izoxlab bеring?
Download 132.47 Kb.
|
Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi-fayllar.org
Yarimo’tkazgichli lazеrlarning boshqa lazеrlardan farq qiluvchi tomonlarini izoxlab bеring?
Hozirgacha qarab chiqqan lazerlarda kvant nurlanishi atom yoki molekulalarga tegishli energetik sathlar oralig’ida sodir bo’lgan bo’lsa, yarim o’tkazgich lazerida kvant nurlanishi energetik zonalar oralig’ida o’tish tufayli paydo bo’ladi. Zonalarda energetik sathlar juda zich joylashgan va shu sababli yarim o’tkazgichli aktiv moddalarda kuchayish koeffisiyenti 104sm–1 gacha qiymatga erishishi mumkin. Kuchayish koeffisiyentining kattaligi tufayli yarim o’tkazgichli aktiv moddalar kichik o’lchamga ega (rezonatorlar uzunligi L=50mkm dan 1 milli-metrgacha) bo’ladi. 63-rasmda dielektriklarning, metallarning va yarim o’tkazgichniig energetik zonalarining diagrammasi kelgirilgan. Valent zona bilan o’tkazuvchanlik zonasi oralig’ida taqiqlangan, ruxsat etilmagan zona joylashgan. O’sha ruxsat etilmagan zonaning kengligiga ko’ra moddalar izolyatorlarga, o’tkazgichlarga va yarim o’tkazgichlarga bo’linadi. Izolyatorda ruxsat etilmagan zona juda keng bo’ladi. Metallarda valent zona bilan o’tkazuvchanlik zona chegarasi bir-biriga o’tib, qo’shilib ketgan va qat’iy chegaraga ega emas. Yarim o’tkazgichlarda ruxsat etilmagan zonaning kengligi aytarli darajada katta emas. Ruxsat etilmagan zonaning o’rtasida Fermi sathi εF joylashgan. Agar ruxsat etilmagan zonaning kengligi kichik bo’lsa, elektronlar issiklik harakati tufayli valent zonasidan o’tkazuvchanlik zonasiga (εg kT) oshib o’tishi mumkin. Bu xil moddalar yarim o’tkazgichlardir. Elektronlar valent zonasidan o’tkazuvchanlik zonasiga issiqlik energiyasi tufayli o’tsa valent zonasida elektron o’rnida teshik hosil bo’ladi. Teshik ham energetik sathga va zaryadga (ishora jihatidan zaryad musbat) egadir. Elektron qanday xususiyatga ega bo’lsa, teshik ham shunday xususiyatga egadir, ular bir-biridan faqat ishorasi jixatdan farq qiladi xolos. 63-rasm. Dielektrik, metall va yarim o’tkazgichlarning energetik zonalari: -Fermi sathi, -valent zona bilan o’tkazuvchanlik zonasi orasidagi energiya. Agar yarim o’tkazgichlarning tarkibiga metallarni diffuziya yo’li bilan kiritsak, u holda legirlangan yarim o’tkazgichlar hosil bo’ladi. Bu xil yarim o’tkazgichlarda elektronning va teshiklarning soni o’zgaradi. Agar yarim o’tkazgichning tarkibiga besh valentli metall atomlari kiritilsa masalan, kremniy tarkibiga fosfor kiritilsa, bunday legirlangan yarim o’tkazgichga n-tipli yarim o’tkazgich deb, yarim o’tkazgich kristalli panjarasiga kiritilgan metall atomini esa donor deb ataladi. Download 132.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling