Nutqning aniqliligi,mantiqiyligi va sofligi


Download 123.87 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi123.87 Kb.
#1347974
Bog'liq
mohigul

Nutqning aniqliligi,mantiqiyligi va sofligi

Guruh:119

Bajardi: Sayfullayeva Mohigul

Tekshirdi: ______________________

Reja:

  • 1. Nutqning to`griligi.
  • 2. Nutqning aniqligi.
  • 3. Nutqning mantiqiyligi.
  • 4. Nutqning tozaligi.

Nutqning to`g`riligi

  • Nutqning to`g`ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`g’ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta`minlaydi. Agar nutq to`g`ri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq Nutqning to`g`ri bo`lishi asosan ikki me`yorga urg`u va grammatik me`yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g`inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya`ni ularga urg`uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. ham, mantiqiy ham bo`lmaydi.

Nutqning aniqligi

Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`g’rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir. Nutqning aniqliği, gapiruvchi tomonidan ifodalangan fikr yoki ma'nolarning, qatnashuvchilar tomonidan to'g'ri va aniq ko'rib chiqilishi, anglashuvchiga tushunish imkonini beradi. Aniq, sodiqlikka ega va ma'nolarning tushunilishi uchun muhimdir. Aniqlikning amaliy ahamiyati, bir qatorda, bizning faoliyatimizni, maqsadlarimizni va talablarni tushunish, tahlil qilish, natijalar chiqarish va ma'lumot almashishni tashkil etadi. Aniq fikrlarni ifoda qilish, ish, ta'lim, inson manzaralari, va har bir faoliyatda muhim bir qisim hisoblanadi.

Nutqning mantiqiyligi

  • «Aristotel insonning eng xarakterli xususiyati - fikrlarini isbotlay olishi deb bilgan. Qadim Xitoy va Qadim Hind notiq va mantiqshunoslari fikrni asoslash jarayonini diqqat bilan o`rgangan. Buyuk ajdodlarimizdan biri Forobiy esa fikrni asoslash to`g`risidagi ta`limot-ni mantiq ilmining asosiy tayanchi deb hisoblagan.
  • Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog`langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik bir-lik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman anglashilmasligiga sabab bo`lishi mumkin.

Nutqning tozaligi

  • Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me`yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo`lishi, turli g`ayriadabiy va g`ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari paralingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma`naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bo`lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo`layotgan o`zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo`lishi lozim.

Etiboringiz uchun rahmat!


Download 123.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling