Lazerlar yordamida olingan qoplamalarni nazorat qilish


Download 125.95 Kb.
bet14/19
Sana17.06.2023
Hajmi125.95 Kb.
#1528410
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Lazerlar

Masalan, standart spektral lampa (masalan simob lampa) intensivligi - 1 Vt/cm2 standart impuls lazeri nurlanishi intensivligi - 1010 Vt/cm2; zamonaviy o‘taquvvatli lazer - 1020 Vt/cm2. Taqqoslash uchun: atom intensivligi 1016 Vt/sm2 tartibda (bu atom ichki kuchlanganligi 5109 V/cm teng bo‘lgandagi elektr maydon kuchlanganligi nurlanishi intensivligidir) bo‘ladi.

Kichik va katta intensivlikdagi yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta’siri natijalari o‘rtasidagi farq bo‘yicha ikkita asosiy sabab mavjud.

Birinchidan, bir fotonli jarayonlar kichik intensivlikdagi yorug‘likning mikroskopik darajada o‘zaro ta’sirini ifodalaydi, yuqori intensivlikdagi yorug‘likning o‘zaro ta’sirida esa, har bir elementar aktda ko‘p fotonli jarayonlar yuzaga keladi.

Ikkinchidan, yuqori intensivlikda o‘ziga-o‘zi ta’sir effekti yuzaga kelib, bunda yorug‘likning moddada tarqalishi tufayli modda o‘zining oldingi holatini o‘zgartirishi kuzatiladi. O‘zaro ta’sir qanday bo‘lsa, o‘sha jarayon ham, masalan, agar o‘sha jarayonning ehtimolligi nurlanish intensivligining birinchi darajasiga proporsional bo‘lsa, o‘zarota’sir chiziqli deb hisoblash qabul qilingan. Agar nurlanish intensivligining darajasi 1 dan katta bo‘lsa nochiziqli deb ataladi. Shundan optikada kichik va katta intensivlikli yorug‘liklar uchun mos ravishda chiziqli va nochiziqli optika terminlari kelib chiqqan.

XX asrning oxirgi uchta o‘n yilligi davomida nochiziqiy optikani rivojlantirish yo‘lida katta eksperimental va nazariy materiallar to‘plandi. Bu materiallar fan va texnikaning turli xil sohalarida nochiziqli optik jarayonlarining qo‘llanilishiga imkon berdi. Fizikaning bu yangi sohasining rivojlanishiga Nobel mukofoti laureati professor N.Blombergen professorlar R.Xoxlov, S.Axmanov va ko‘pgina boshqa olimlar katta hissa qo‘shdilar. Quyida yangi yorug‘lik intensivligiga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan jarayonlar nochiziqiy optika effektlari haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari fan va texnikaning har xil sohalarida nochiziqli optikaning holati va ba’zi bir juda muhim qonunlari muhokama qilinadi.


Download 125.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling