Lc generatorlar reja: Generatorlarning tuzish prinsplari


-rasm. Yumshoq uyg‘onuvchi generatorning grafigi


Download 468.98 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi468.98 Kb.
#1549180
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LC generatorlar

2-rasm. Yumshoq uyg‘onuvchi generatorning grafigi

Statsionar tok amplitudasi tebranishlar tavsifnomasi bilan toʻgʻri chiziqning kesishish nuqtasiga mos keladi. Kesishish M nuqtasida amplituda balans sharti bajariladi. Chunki kirish signali kuchaytirgich orqali oʻtish vaqtida qanchaga kuchaytirilsa, toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirini shuncha marta susaytiradi.


Kuchlanishni oʻzgarishi gorizantal sterilkalar bilan tokning oʻzgarishi esa vertikal sterilkalar bilan koʻrsatilgan. Tebranish tavsifnomasining koʻriishiga bogʻliq holda generatorlarda ikki xil oʻz-oʻzidan uygʻonish rejimini ajratib koʻrsatish mumkin.

  1. Yumshoq rejim – bu rejim tebranishlar tavsifnomasining nol nuqtadan va uning ogʻmasining absissa oʻqidagi burchagi kichik amplitudalar sohasida teskari bogʻlanish chizigʻi ogʻmasining burchagidan kata boʻladi. Bunday tebranishlar tavsifnomasi 2-rasmda tasvirlangan. Bu vaqtda generatorni ta’minlash manbayiga ulaganda tebranishlar amplitudasi statsionar qiymatga qadar bir tekis ortib boradi.

  2. Qattiq rejim – bu rejimda tebranishlar tavsifnomasi yumshoq rejimda keltirilgan shartlarni qanoatlantirmaydi. Bunday rejim 3-rasmda tasvirlangan. Qattiq rejimda teskari bogʻlanish chizigʻi (3-rasm) tebranishlar tavsifnomasini M` va M nuqtalarda kesib oʻtadi. M nuqta qattiq dinamik muvazanat nuqtasidan iborat. M` esa muvazanat qat’iy boʻlmagan muvazanat nuqtasi boʻlib, kirish kuchlanishidagi qiymatdan har qanday chetlanishlar tebranishlarning yoʻqolishiga yoki amplitude qiymatining ortib ketishiga olib keladi. Shunday qilib qattiq rejimli generatorlarda sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun dastlabki implusli kuchlanish boʻlishi va u tok hosil boʻlishini ta’minlashi lozim.


3 rasm. Teskari bog‘lanish chizig‘i tebranishlar tavsifnomasi 2M va M' nuqtaviy kesib o‘tadi.

Sinusoidal tebranishlar generatori ikki turga boʻlinadi.



  1. LC – tipidagi generatorlar boʻlib, bunday generatorlarda teskari bogʻlanish zanjiri sifatida chastotaga bogʻliq boʻlgan tebranish konturi qo‘llaniladi. Bunday generatorlar odatda radio chastotali signallarni hosil qilish uchun qo‘llaniladi.

  2. RC – tipidagi generatorlar. Bunday generatorlarda musbat teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan RC zanjirlardan foydalaniladi.


Download 468.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling