sur’atlari ko‘tarila boshlandi. Bu haqda Prezidentimiz I. Karimov Vazirlar
Mahkamasining 2006- yil 10- fevraldagi «Erishilgan yutuqlarni mustah-
kamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim» nomli
ma’ruzasida 2005- yilda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va
2006- yilda islohotlami chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida
to‘xtalib, shunday dedi: «2005- yilda iqtisodiyotimizning iqtisodiy o ‘sishi
sur’atlari ko‘zda tutilganidek darajada ta’minlandi, yalpi ichki mahsulotning
o ‘sish sur’ati 2004- yilga nisbatan 7 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 7, 3
foizga, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish 6, 2 foizga o‘sdi, ayni
chog‘da, inflyatsiya darajasi 7, 8 foizni tashkil etdi, xususiy sektor,
ayniqsa, kichikbiznes, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlikni rivojlantirishda
tub burilish bo‘ldi. Bu esa 2006- yilda bundan ham yuqoriroq o ‘sish sur’atini
ta’minlashga chuqur zamin yaratilganini bildiradi1»
B) Iqtisodiyotdagi o ‘sishning eksportning o'sishiga bog‘liq ekanligi
xususida.
Iqtisodiy tafakkuming awal tushunchasiga binoan mamlakat iqtisodiy
o ‘sish darajasini, makroiqtisodiy salohiyatining o ‘sish darajasini
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar belgilar edi. Biroq, iqtisodiy taraqqiyot
konsepsiyasining Prezidentimiz yaratgan tamoyiliga ko‘ra, milliy
iqtisodiyotning rivojlanish darajasi endilikda mamlakat eksport
salohiyatining ortib borishiga bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Mamlakat eksport qudratining o'sish sur’atini oshirmoq uchun
iqtisodiyot subyektlarini eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga
qiziqtirish, rag‘batlantirish lozim. Bunda korxonalar o ‘z yo‘nalishlarini
keskin o ‘zlashtirishi talab etiladi. Buning uchun ulami doimiy ravishda
Do'stlaringiz bilan baham: |