Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig’i - AVC minimumidan yuqori bo’lgan har qanday narx P ' da foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q ' ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin)
- (17-slaydda)
- Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig’i o’suvchi bo’ladi.
- Testlar
- 1. Bozor tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda firma yopiladi, agar:
- a) tushum hajmi umumiy harajatlarni emas, balki faqat o’zgaruvchan harajatlarni qoplasa;
- b) tushum o’zgaruvchan va doimiy harajatlarni qoplaydi, lekin umumiy harajatlarni qoplamasa;
- c) o’rtacha tushum o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan yuqori, lekin o’rtacha umumiy harajatlardan past bo’lsa;
- d) o’rtacha tushum o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa;
- e) to’g’ri javob keltirilmagan.
- 2. Foydasini maksimallashtirayotgan firma mahsulot ishlab chiqarishning shunday hajmini tanlashi kerakki, bunda:
- a) o’rtacha harajatlar minimal bo’lishi kerak;
- b) o’rtacha tushum o’rtacha umumiy harajatalarga teng bo’lishi kerak;
- c) chekli tushum chekli harajatga teng bo’lishi kerak;
- d) umumiy tushum maksimal bo’lishi kerak;
- e) to’g’ri javob keltirilmagan.
- 3. Ikki tomonlama monipoliyada:
- a) sotuvchi iste’molchiga qaraganda ko’proq naf ko’radi;
- b) iste’molchi sotuvchiga qaraganda ko’proq naf ko’radi;
- c) narxni doimiy bir xilda aniqlash mumkin emas;
- d) oldi-sotdi hajmini aniqlash mumkin emas;
- e) sotuvchi va oluvchi teng naf ko’radi.
- 4. Mukammal raqobatlashgan bozorda firmaning talab egri chizig’i:
- a) chekli va o’rtacha tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;
- b) o’rtacha va umumiy tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;
- c) chekli va umumiy tushum egri chiziqlari bilan mos tushadi;
- d) umumiy tushum egri chizig’i bilan mos tushadi;
- e) to’g’ri javob keltirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |