Лекция Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. O‘simliklardan alkaloidlarni ajratish texnologiylari


Alkaloidlar va tarkibida alkaloid saqlovchi maxsulotlar tasnifi


Download 485.07 Kb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi485.07 Kb.
#1037318
TuriЛекция
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-маъруза

Alkaloidlar va tarkibida alkaloid saqlovchi maxsulotlar tasnifi

  • Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan o‘simliklarni sinflarga bo‘lishda uni tarkibidagi alkaloidning uglerod azotli skletining tuzilishi asos qilib olingan. SHunga ko‘ra dorivor vosita sifatida ishlatiladigan alkaloidlar va uning o‘z tarkibida saqlovchi dorivor maxsulotlar quyidagi sinflarga bo‘linadi.
  • 1. Ochiq zanjirli (atsiklik) va azot yon zanjirda bo‘lgan alkaloidlardir. Atsiklik alkaloidlarga sferofizin, azot yon zanjirda bo‘lgan alkaloidlarga efedrin, kapsaitsin, kolxitsin va boshqa alkaloidlar kiradi.
  • 2. Pirrolidin unumlari bo‘lgan alkaloidlar. Pirrolidinning oddiy unumlariga gigrin, kuskgigrin va boshqa alkaloidlar kiradi.
  • 3. Pirrolizidin - geliotridin (pirrolidinning ikki molekulasini azot orqali jipslangan birikmasi) unumi bo‘lgan alkaloiddir. Pirrolizidin unumiga platifillin, sarratsin, trixodesmin va boshqa alkaloidlar kiradi.
  • 4. Piridin va piperidin unumlariga koniin, lobelin, nikotin, anabazin, pelterin va boshqa alkaloidlar kiradi.

5. Tropan unumi (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) bo‘lgan alkaloididir. Tropan unumiga atropin, giossiamin, skopolamin, kokain va boshqa alkaloidlar kiradi. Sekurinin alkaloidi xam piperidin bilan pirrolidinni jipslangan birikmasining unumiga (lekin tropan unumi emas) kiradi.

  • 5. Tropan unumi (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) bo‘lgan alkaloididir. Tropan unumiga atropin, giossiamin, skopolamin, kokain va boshqa alkaloidlar kiradi. Sekurinin alkaloidi xam piperidin bilan pirrolidinni jipslangan birikmasining unumiga (lekin tropan unumi emas) kiradi.
  • 6. Xinolizidin (piperidinni ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot 3 orqali jipslangan birikmasi) unumlari bo‘lgan alkaloidlardir. Xinolizidin unumlariga paxikarpin, sitizin, termopsin, nufaridin va boshqa lupinan alkaloidlar kiradi.
  • 7. Xinolin unumlari bo‘lgan alkaloidlar. Xinolin unumlariga xinin, sinxoxin, exinoksin va boshqa alkaloidlar kiradi.
  • 8. Akridin unumlari bo‘lgan alkaloidlar. Akridin unumiga rutadoshlar oilasiga mansub ba’zi tropik o‘simliklarning alkaloidlari kiradi. Bu gurux alkaloidlar tabiatda kam tarqalgan.

Download 485.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling