Lekin A. Kekule benzolning tuzilishi


Download 135.86 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi135.86 Kb.
#1262433
  1   2   3
Bog'liq
Arenlar

Arenlar.

Arenlar deb molekulasida aromatik halqa saqlovchi uglevodorodlarga aytiladi. Arenlar molekuladagi halqalar soniga va halqalarning birikish turiga qarab sinflanadi. Eng sodda arenlar monosiklik arenlar hisoblanadi, ya’ni benzol uning gomologlari va hosilalaridir.Polisiklik arenlar izoiirlangan va kondensirlangan siklik arenlarga boMinadi. Arenlarni dastlabki vakili benzol birinchi marta M.Faradey tomonidan 1825-yilda toshko‘mir gazidan ajratib olingan va miq-doriy analiz qilingan. 1834-yilda E.Mitcherlix benzolni benzoy kislotasining tuzlarini qizdirib olgan va benzin deb nomlashni taklif qilgan. Keyinroq Yu.Libix bu birikmani benzol deb atashni taklif qilgan.Benzol o‘ziga xos hidga ega bo‘lib, g‘aroyib xossalarni namoyon qilgan. To‘yinmaganligiga qaramasdan birikish reaksiyalariga juda qiyin, lekin o‘zigaxos almashinish reaksiyalariga oson kirishgan. Shuning uchun benzol va uning gomologlari alohida sinfga ajratrigan va aromatik uglevodorodlar deb nomlangan. Ularning hosilalari esa aromatik birikmalar nomini olgan. Benzolning struktura formulasini seklogek- satriyen sistemasi sifatida 1865-yilda nemis kimyogari A.Kekule taklif qilgan. Shuning uchun ushbu formula Kekule formulasi deb ham yuritiladi.

Lekin A.Kekule benzolning tuzilishi

va kimyoviy xossalari orasidagi

bog'liqlikni to‘la izohlab bera

olmagan. U benzolda haqiqiy

qo‘shbog’lar yo‘q deb taxmin qilgan

va bog‘lar ossillyatsiyasi g‘oyasini

ilgari surgan.

Bundan kelib chiqib aromatik birikmalar va aromatik xossalar tushunchalari alohida ma’no kasb eta boshladi. Uchta qo'shbogii, olti a’zoli siklik tuzilishga va o‘ziga xos kimyoviy xossalarga ega boMgan birikmalar shunday nomlana boshlandi.Keyinchalik kvant kimyosi rivojlangandan keyin arom atik birikmalarning tuzilishi va kimyoviy xossalari izohlab berildi.Hozirda aromatik uglevodorodlar tushunchasi o‘rniga arenlar, aromatik birikmalar tushunchasi o'rniga arenlarning hosilalari ishlati­lishi taklif qilingan.Arenlar molekuladagi sikllar soni va ularning birikish shakliga qarab ajratiladi. Eng sodda birikmalar — monosiklik ar enlarge benzol va uning gomologlari va hosilalari kiradi. Polisiklik arenlar izolirlangan va kondensirlangan arenlarga boMinadi.


Download 135.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling