Leksemalarda emotsional-eksperissiv bo‘yoqdorlik va uslubiy baho tavsifi. Mundarija kirish I bob. Leksemaning semantik strukturasi va uning o'zbek tilshunosligidagi talqini


Download 142.24 Kb.
bet4/6
Sana05.11.2023
Hajmi142.24 Kb.
#1749555
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LEKSEMALARDA EMOTSIONAL EKSPERISSIV BO‘YOQDORLIK VA USLUBIY BAHO

YANGI QATLAM
Til leksikasiga eskirish xususiyati bilan bir qatorda yangilanish ham xosdir. Jamiyatning rivoji, ob’yektiv borliq, iibiatdagi o`zgarishlar yangi so`z va atamalarni tug`diradi.
Yangi so`zlar qatlami tilshunoslikda yangi leksika deb ham yuritiladi.
Ob’yektiv ehtiyoj tufayli va til qonun-qoidalariga mos ravishda yaratilgan yangi so`zlar til leksikasini boyitadi.
Yangi so`zlar quyidagi yo`llar bilan yaratiladi:
affiksatsiya, so`z o`zaklarga yasovchi qo`shimchalar qo`shish bilan: reketchi, saylovchi tadbirkor, hujumkor.
kompozitsiya; O`zakka o`zak qo`shish bilan: yodnoma, kitobsevar, cho`lquvar, bozor iqtisodi.
so`zlarni juftlash asosida: ishchi-yoshlar, ilmiy-nazariy, hisobotsaylov.
o`zbekcha qisqartma so`zlarni yaratish asosida: BuxDU. boshbuh BMT.
traditsion so`zlarni yangi ma’noda qo`llash asosida: millat, vatan, ziyorat, mehnat, ozodlik.
so`z o`zlashtirish asosida: bakalavr, magistr, fermer.
kalka asosida: ekranlashtirish, radiomarkaz, shanbaliq radioto`lqin.
Yangi so`zlar tilda dastlab neologizm sifatida paydo bo`ladi. Neologizm (yunoncha:
yangi so`z demak) o`zida yangilik bo`g`ini saqlagan so`zlarga neologizmlar deyiladi. Masalan: fazogir, kitobsevar, hushyorlik jamiyati, fidokorlar partiyasi.
Yangi so`z o`z yangilik bo`yog`ini yo`qotsa, tilda faol qo`llanib, odatiy so`zlar qatoriga o`tadi: 1930 yillarda paydo bo`lgan traktor, mashina, sovxoz, zveno kabi so`zlar faol so`zlarga aylanib ketdi. Ayrimlari eskirib ham qoldi: MTS, patefon, sovxoz, rayijrokom.
Demak neologizm nisbiy tushunchadir. O`z paydo bo`lish doirasi, muhitiga ko`ra neologizmlar ikkiga bo`linadi:
Umumtil (umumnutq neologizmlari);
Individual nutq neologizmlari.
Individual nutq neologizmlari alohida shaxslar, adiblar tomonidan favqulodda yaratilgan so`zlardir. Shu tufayli tilshunoslikda bu tip so`zlar okkazionalizmlar deb yuritiladi, Bunday neologizmlarga M.Shayxzoda tomonidan yaratilgan Toshkentnoma, fazoshumul, nuriston, ipaklashsin, G`.G`ulomning yalovkash, sharofobod kabilarni kiritish mumkin, Neologizmlar umumadibiy leksikani to`ldirib, boyitib turadi.
Neologizm tilga singib ketishi uchun ikki yetakchi talabga javob bermog`i kerak.
Yangi so`z – neologizm tushunarli bo`lishi, ma’nosi aniq, tinglovchiga tez etib boradigan bo`lmog`i kerak.
U tilda mavjud va yashovchan modellar asosida yaratilmog`i lozim.

2.2. Chegaralangan va chegaralanmagan leksikadan foydalanishda yuzaga keladigan muommolar


Sinonimik, antonimik (oppozitiv) munosabatlarda bo‘lganidek, assosiativ semantik munosabat ham umumiy (integral) va farqli (differensial) ideografik semalar asosida belgilanadi. Leksemalarni birlashtirish, guruhlashda leksik ma'nolar tarkibidagi umumiy ideografik semalar asos bo‘ladi, bunday leksemalarni ichki tasniflash va tavsiflash esa farqli ideografik semalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
1. Leksik ma'nosi darajama-daraja farqlanib (ortib, kuchayib) boruvchi leksemalar orasidagi munosabat: bino- – koshona- - qasr- leksemalari o‘zaro, xalta- – to‘rva- - qop- - qanor- leksemalari o‘zaro, toy- - qulun- – do‘nan- leksemalari o‘zaro, chaqaloq- - go‘dak- leksemalari o‘zaro shunday ma'no munosabati hosil etadi.
Leksemalar (leksosememalar) ning bir ko‘rinishi deb baholash lozim. Yuqorida tasvirlangan hodisanifarqlanishni zidlanishorasidagi bunday semantik munosabatni ziddiyat deyish o‘rinli emas. Barcha til birliklari orasidagi munosabatlar ziddiyatga (oppozitsiyaga) asoslanadi deb tushunish natijasida leksemalar orasidagi har qanday farqlanishni ham ziddiyat deb talqin qilish yuzaga keldi. Aslida darajali semantik munosabat deyish kifoya.
Darajali semantik munosabat ikki leksema orasida ham voqe bo‘laveradi; lekin uch va undan ortiq leksema orasida voqe bo‘lsa, leksik ma'noning darajama-daraja farqlanib (ortib) borishi ochiqroq ko‘rinadi.
2. Keng tushunchani, jins tushunchasini, butun tushunchasini anglatuvchi leksema (leksosemema) bilan tor tushunchani, tur tushunchasini, qism tushunchasini anglatuvchi leksema (leksosemema) orasidagi semantik munosabat. Bunday hodisa pog‘onali semantik munosabat deyiladi. Masalan, bola- ) leksemasi bilanfarzand( o‘g‘il-, qiz- leksemalari, daraxt- leksemasi bilan tol-, terak- kabi leksemalar, ot- ) leksemasi bilanish hayvoni( ayg‘ir-, baytal- leksemalari, vaqt- leksemasi bilan on-, lahza- leksemalari, qo‘y- leksemasi bilan qo‘chqor- leksemasi o‘zaro shunday ma'no munosabati hosil etadi.
3. Тur tushunchasini anglatuvchi leksemalar (leksosememalar) orasidagi semantik munosabat. Bunday hodisa teng qiymatli semantik munosabat deyiladi. Masalan, tol-, terak-, qayin- leksemalari o‘zaro, karch-, tilim- leksemalari o‘zaro, kitob-, daftar-, ruchka- leksemalari o‘zaro shunday ma'no munosabati hosil etadi.
Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar, o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi.
Тurkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim. Chunki, birinchidan, bunday birliklar o‘zi ko‘p emas, har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga kiradi: leksik tomondan ko‘ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol ularning umumiy va zaruriy bo‘lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi.
Mustaqil turkumlardan son leksemalar va olmosh leksemalarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek modal birliklarda) har bir leksema alohida yondashib baholanishi kerak. Dialektlarga ko‘ra voqe bo‘ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu leksemalar adabiy tilda yagona talaffuz me'yoriga bo‘ysunadi), ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga ko‘z-, qo‘l-, oyoq-, bilak-, tirsak-, yaxshi-, yomon-, qora-, sariq-, ko‘k-, kel-, ket-, o‘tir-, tur-, yur-, tez-, sekin-, erta-, kech- kabi juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Hozirgi adabiy o‘zbek tili leksik boyligining asosini xuddi shunday leksemalar tashkil qiladi.
Shunga ko‘ra chegaralangan qatlam o‘z navbatida ikkiga guruhlanadi: ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalar va ishlatilishi kasb-korga ko‘ra chegaralangan leksemalar.
Ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til hodisalari dialektizm deyi-ladi (yunoncha dialеktos - ).tilning mahalliy ko‘rinishi
Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko‘ri-nishlari bo‘lgan dialektlarga xos hodisa; shunga ko‘ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko‘pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek adabiy tilga ham xos bo‘lmaydi.
Dialektizm asosan uch turli:
1. Lug‘aviy dialektizm – lug‘aviy birliklardagi turi (Misollari quyiroq-da).
2. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba'zi dialektlarda o‘rin ma'nosi uchun -ga, aksincha, jo‘nalish ma'nosi uchun -da ishlatilishi kabi).
3. Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o‘zgarishiga bog‘liq turi (masalan, ovoz tovushlarning ba'zi dialektlarda cho‘ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o‘rniga boshqa tovushning kelishi va b.).
Adabiy tilning lug‘atiga birinchi galda barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tanlab olinadi. Bu umumiy qatlam ayrim dialektlarga xos leksemalar hisobiga boyitib boriladi.
Aslida adabiy til lug‘atining bir qismi avval dialektlarniki bo‘lib, adabiy tilga xos deb qaralishi bunday leksemaning umumlashib ketishiga sabab bo‘lgan.
Dialektizm umumtil lug‘at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog‘liq. Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy tilda boshqa nom bo‘lmasligi kerak; agar adabiy tilda shunday ma'noni anglatuvchi leksema bo‘lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, baho semasida, nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisida va boshqa jihatlarida ayrimlikka ega bo‘lishi lozim.

Biror dialektizmning adabiy tilga ko‘chishini boshqa bir hodisadan – dialektizmning badiiy asarda ishlatilishidan farqlash kerak. Badiiy asarda ishlatilgan har bir leksema adabiy tilga qabul qilingan deb qaralmaydi. Badiiy asar voqelikni qanday bo‘lsa – shunday aks ettirishi sababli unda til hodisalari ham o‘z tabiiy holatida namoyon bo‘ladi. Agar dialektizm biror muallif asarida-gina uchrab qolmay, barcha ishlatadigan lug‘aviy birlikka aylansa, umumlashib ketsa, shunda bunday birlik adabiy tilga kirib boradi. Aks holda, badiiy asarda ishlatilganidan qat'i nazar, dialektizmligicha qolaveradi.


Masalan, Abdulla Qahhor o‘z povestini ("Sinchalak") dialektizm bilan atadi, bu leksemani povest matnida ham ishlatdi. Lekin shu bilan sinchalak- leksemasi adabiy til lug‘atiga o‘tdi deb bo‘lmaydi, albatta (Adabiy tilda shu ma'no chittak- leksemasi bilan anglatiladi). Demak, yozuvchi dialektizmni badiiy asar matniga kiritadi, bunday leksemaning adabiy til lug‘aviy birligiga aylanishi esa til amaliyotiga bog‘liq.
Тilning biror mahalliy ko‘rinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu dialektniki deb qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismi-gina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi.
Dialektdagi leksema adabiy tildagi leksemadan ko‘pincha tovush jihati bilan farqlanib turadi: ayni bir leksema adabiy tilda va turli dialektlarda har xil talaffuz qilanadi. Masalan, kangul- – ko‘ngul- - ko‘ngil-, oka- - aka-, jur- - yur-, gal- - kel-, bala- - bola, turpoq- - tuproq- kabi. Bular – tilning mahalliy ko‘rinishlariga xos bir necha leksema emas, balki umumtilda bor bir leksemaning turlicha talaffuzi; shunga ko‘ra bunday farqlanishlar leksik dialektizm deyilmaydi.
1) kishining aqliy hamda hissiy belgi-xususiyatini bildiruvchi sifatlar: aqlli-, ahmoq-, dono-, nodon-, ziyrak-, xushyor-, sinchkov-, dovdir-, loqayd-, o‘jar-, to‘pori-, shaddod-, dangasa-, qaysar-, yuvosh-, mo‘min-qobil-, mag‘-rur-, hokisor- kabi;
2) kishining jismoniy belgi-xususiyatini bildiruvchi sifatlar: semiz-, ozg‘in-, cho‘loq-, mayib-, g‘ilay-, kar-, soqov-, yosh-, qari-, keksa- kabi;

3) kishining ruhiy belgi-xususiyatini bildiruvchi sifatlar: xursand-, xushchaqchaq-, xafa-, g‘amgin-, ma'yus-, tashvishli-, tetik-, tajang-, darg‘azab-, baquvvat-, ojiz-, zaif- kabi;

4) kishi qiyofasi belgisini bildiruvchi sifatlar: chiroyli-, go‘zal-, xushbichim-, xunuk-, badbashara- kabi;

5) kishining ijtimoiy holatini bildiruvchi sifatlar: boy-, badavlat-, o‘rtahol-, kambag‘al-, qashshoq-, faqir-, yetim-, musofir- kabi;

6) rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq-, qora-, ko‘k-, yashil-, sariq-, qizil-, malla-, zangor- kabi;

7) ta'm-maza bildiruvchi sifatlar: shirin-, lazzatli-, achchiq-, chuchmal-, nordon-, sho‘r-, bemaza- kabi;

8) hid bildiruvchi sifatlar: xushbo‘y-, badbo‘y-, sassiq-, qo‘lansa- kabi;

9) harorat bildiruvchi sifatlar: issiq-, sovuq-, iliq-, salqin- kabi;

10) tinch-notinchlik bildiruvchi sifatlar: tinch-, jimjit-, sokin-, bezovta- kabi;

11) ho‘l-quruqlik bildiruvchi sifatlar: ho‘l-, quruq-, nam-, shilta-, shalabbo- kabi;

12) vazn bildiruvchi sifatlar: og‘ir-, yengil- kabi va b.

Sifat leksemalarda ajratiladigan LSGlardan biri – ko‘lam sifatlari. Bu LSGga mansub sifatlar predmetning masofa (oraliq), shakl, hajm jihatiga ko‘ra belgisini anglatadi. Oraliq ko‘lamini bildiruvchi sifatlar predmet ko‘lamining uch jihati – bo‘y ko‘lami, en ko‘lami, yon ko‘lamidan birini anglatadi (Misollari quyiroqda). Shakl ko‘lamini bildiruvchi sifatlar predmetning ayni vaqtda ikki – en va yon – ko‘lamini anglatadi: yo‘g‘on-, ingich-ka- kabi. Hajm ko‘lamini bildiruvchi sifatlar esa predmetning ayni vaqtda uch – bo‘y, en, yon – ko‘lamini anglatadi: yapaloq-, yassi- kabi.

Oraliq (masofa) ko‘lamini bildiruvchi sifatlar predmetning: 1) bo‘y ko‘lamini anglatadi (Misollari quyiroqda); 2) en ko‘lamini anglatadi: keng-, tor- kabi; 3) yon ko‘lamini anglatadi: qalin-, yupqa- kabi.

Bo‘y ko‘lamini bildiruvchi sifatlar o‘z navbatida predmetning: a) baland-lik ko‘lamini anglatadi: baland-, yuksak-, novcha-, pakana- kabi; b) chuqurlik ko‘lamini anglatadi: chuqur-, sayoz- kabi; v) uzunlik ko‘lamini anglatadi: uzoq-, olis-, yaqin- kabi.

Ko‘lam sifatlari tasnifini quyidagicha chizma bilan ko‘rsatish mumkin:



K o‘ l a m









Oraliq (masofa)




Shakl



Hajm








Download 142.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling