Leksik, fonetik, sintaktik vositalar. Tayanch so‘zlar
Dunyo bo‘ldi chamanim manim
Download 20.87 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy-idoraviy uslub.
- Yodda saqlang!
Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston vatanim manim. Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda ot va olmosh kabi faoldir. Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir. Sonlar odatda aniq ma'nolarni anglatishi bilan birga ma’nosi kengaygan holda ham qo‘llanadi. Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi xarakterlidir. Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Badiiy nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi. Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik ta'sir o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol hisoblanadi. Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatilaveriladi. Nutq ham diologik, ham monologik bo‘lishi mumkin. Badiiy uslubni tilimizning boyligi sanalmish tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma`lumotnoma, chaqiruv qog`ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e`lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo`lishi. Bu uslubda ham so`zlar o`z ma`nosida qo`llanadi, ko`pchilikka ma`lum bo`lgan ayrim qisqartma so`zlar ishlatiladi, har bir sohaning o`ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so`z va so`z birikmalari ko`plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko`rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo`laklarining odatdagi tartibda bo`lishiga rioya qilinadi: O`z lavozimini suiiste`mol qilganligi uchun M. Ahmedovga hayfsan e`lon qilinsin. Yodda saqlang! Оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridа (gаzеtа-jurnаl, rаdiо, tеlеvidеniyе), Оliy mаjlis yig‘inlаridа, turli хil аnjumаnlаrdа qo‘llаnilаdigаn nutq uslubi publisistik uslub sаnаlаdi. Publisistik uslub 2 хil shаkldа nаmоyon bo‘lаdi: 1) yozmа shаkl, 2) оg‘zаki shаkl Publisistik uslubning o‘zigа хоs хususiyati shundаki, u muаyyan ijtimоiy mаsаlаlаrgа fаоl munоsаbаtdа bo‘lishlik, hоzirjаvоblik, tа’sirchаnlik bеlgilаrgа egа. Publitsistik uslub. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, ocherk, felton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko‘rinadi. Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik uslub ijtimoiy - siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang - barangligi orqali kishilar ongiga ko‘proq ta'sir etadi. Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi, ya'ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorkin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va publitsistika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bilan birga gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog‘i hisoblanadi. Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba'zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe'lning shart mayli shakllarining almashilib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir sostavli gaplarning qo‘llaning darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq. Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir. Publitsistik uslub morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi. Morfologik uslublardan biri so‘z yasalishida ko‘zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, paxtashunos; - lik qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik. Download 20.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling