Leksikalogiya


Download 112.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi112.75 Kb.
#1433509
Bog'liq
Leksikologiya test



LEKSIKALOGIYA 
1.Sinonimlar ichida asl turkiy so`zni toping. 
A. Ko`k
B. osmon
C. samo
D. falak
2.Qaysi so`z turkumlarida antonimlik munosabati umuman yo`q?
A. Ot, son, sifat
B. ravish, fe`l, olmosh
C. son, olmosh, modal so`z
D. yordamchi, ravish, son
3. Quyidagi qaysi o`xshatishlardan qaysi birida metafora usulida 
ma`no hosil qilingan?
A. yong`oq (daraxt ma`nosida)
B. xazon bo`lmoq (o`lmoq ma`nosa ma`nosida)
C. oqsoqol ( katta ma`nosida)
D. besh qo`l (barmoq ma`nosida)
4. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi biri omonimik 
xususiyatga ega?
A. bosh chayqamoq
B. og`zi qulog`ida bo`lmoq
C. ko`z yummoq
D. bosh egmoq 
5. Qaysi qatordagi so`zlar o`zaro omonim emas? 
A. dara-darra
B. ma`tal – matal
C. hosiyat – xosiyat
D. ma`tal – mahtal
6. Quyidagi ko`p ma`noli so`zlardan qaysi biri tez so`zi bilan 
antonym bo`la oladi?
A. achchiq
B. shirin
C. og`ir
D. hech biri antonim bo`lmaydi.
7. Ma`noviy sinonimlar berilgan qatorni toping. 
A. doston, poema
B. respublika, jumhuriyat 
C. ho`l, shalobbo
D. tilshunoslik, lingvistika
8. So`zning o`z ma`nosining ko`chishi qaysi uslublarda 
uchraydi?
A. rasmiy, ilmiy
B. publisistik, badiiy
C. badiiy, so`zlashuv
D. so`zlashuv, publisistik 
9. O`zaro sinonim bo`lgan quyidagi so`zlardan qaysi biri yaqin 
so`zi bilan sinonim bo`la oladi?
A. darrov
B. tez
C. jadal
D. sinonim bo`lolmaydi. 
10. yoz( dasturxon yozmoq), yoz ( yoz fasli), yoz 
( qalamda yozmoq). Uchala o`rinda qo`llangan yoz so`zining 
xususiyati qaysi o`rinda berilgan?
A. bir xil shakldagi yagona so`z
B. bir xil shakldagi uchta so`z
C. bir xil shaklga ega ko`p ma`noli so`z
D. birgina so`zning uch o`rinda qo`llanishi.
11. Quyidagi bir sinonimik guruhga mansub so`zlarning qaysi 
biri so`zlashuv uslubiga xos?
A. tulki
B. tayyor
C. ayyor
D. shayton
12. Quyidagi so`zlardan qaysi birini paronim jufti yo`q?
A. urush, adib, azim
B. ahil, dars, ganj
C. avlod, dahriy, lanj
D.burch, o`qish, nufuz
13. Bir turkum doirasida shakldosh so`zlar berilgan qatorni 
toping. 
A. yoz, palla, rasta
B. palata, soch, nor
C. oq, savdo, oqibat
D. savag`ich, sandal, palla 
14. Ot, sifat, fe`l so`z turkumi vazifasida qo`llanishi mumkin 
bo`lgan shakldosh so`zni toping.
A. terma
B. tor
C. qaynatma
D. soch
15. Qo`yi mingga yetdi iborasining ma`nosini toping. 
A. boyib ketdi
B. behad sevindi
C. maqsadiga erishdi
D. o`zligini unutdi 
16. Yumshoq non, yumshoq gapirmoq, yumshoq ovoz 
birikuvlarini izohlang. 
A. bir so`zning turli ma`nolari
B. bir xil shakldagi uchta so`z
C. bir xil ma`nodagi uchta so`z
D. o`zaro paronim so`zlar 
17.Quyidagi so`zlarning qaysi biri shakldosh so`z hisoblanadi? 
1. Bas 2. Band 3. Banda 4.Bal 5. Bog`
A. 1,2,5
B. 1,2,3,5
C.1,2,3,4,5
D. 2,5 
18. Sinekdoxa yo`li bilan ma`no ko`chgan qatorni toping. 
A. Dunyoda tashvishlarni ko`p chekdi boshim. 
B. Umrini ilmga bag`ishlagan odam abadiy hayot topadi.
C. El og`ziga elak tutib bo`lmaydi.
D. Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq keltirldi. 
19. Quyidagi so`zlardan ham omonimlik, ham ko`p ma`nolilik 
xususiyatiga ega so`zlarni toping. 
1. yosh 2. tom 3. bel 4. tor 5. gul 6. quloq 7. to`la
8. nafis
A. 1,4,5,7
B. 1,2,3,4,5,6,7
C. 1,2,4,7
D. 1,3,5,6,7,8 
20. Metafora usuli bilan qo`yilgan ismlarni belgilang.
A. Bo`riboy, Qoplonbek
B. Gulnora, Feruza
C. Charos, Asalxon
D. barchasi metafora usulida ko`chgan.
21. Shuur so`zining ma`nosi nima?
A. faxr
B. shuhrat
C. idrok
D. she`riyat
22. Qaysi qatorda zid ma`noli so`zlar birgalikda yangi so`z hosil 
qilgan?
A. yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan 
B. yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora
C. uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg`in-semiz 
D. katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past 
23.Doniyor shanba kuni bo`ladigan to`yga ko`mir, o`tin kabi 
yoqilg`ilarni tayyorlab qo`ydi. Uchbu gap haqidagi to`g`ri 
hukmni aniqlang. 
1. gapda ishtirok etgan so`zlarning biridan sinonimik qator hosil 
qilish mumkin.
2. gapdagi so`zlardan biri bilan antomin so`z hosil qilish 
mumkin.
3. bu gapda uslubiy xatolik mavjud. 
4. gapdagi so`zlardan birida paronimik xato so`z mavjud 5. 
ushbu gapda ko`p manoli so`z bor.
A. 1,2,4,5
B.1,2,3,4
C. 2,3,4
C.3,5 
24. Leksik omonimlar berilgan qatorni toping.
A. chang, zang
B. bezak, ziynat
C. qosh bel
D. patefon, nurxona
25. «Manglaying oq bo`lsin, yarqiroq bo`lsin» gapida manglay 
so`zini izohlang. 
A. toleing
B. peshonang
C. yo`llaring
D. iqboling 

Download 112.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling