Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni
Download 127.86 Kb.
|
LEKSIKOGRASIYA ASOSLARI.. (TO\'LIQ) 2020
Jahon korpus lingvistikasining bugungi kundagi holati
Jahon tillarining juda ko‘pchiligi mukammallik darajasi va matnni ilmiy qayta ishlash imkoniyati bilan farq qiluvchi o‘z milliy korpusiga ega. Ingliz tilida yaratilgan Braun korpusi, Lankaster-Oslo/Bergen (LOB) korpusi, London-Lund korpusi, Leksikografik tadqiqotlar uchun Amerika meros korpusi (American Heritage Intermediate), Lankaster ingliz tili so‘zlashuv korpusi (Lancaster/IBM Spoken English Corpus, Corpus of Spoken American English, etc), diaxronik korpus sanalgan Ingliz matnlarining Xelsinki korpusi, lingvodidaktik tadqiqotlar uchun Ingliz tili o‘rganuvchilarining xalqaro korpusi, ingliz tilidagi korpuslarning eng so‘nggi avlodi sifatida Ingliz tili banki (The Cobuild Project / The Bank of English), Britaniya milliy korpusi, Xalqaro ingliz tili korpusi (The International Corpus of English (ICE)), Amerika milliy korpusi (American National Corpus) kabi mashhur korpuslarning mavjudligi Milliy til va Davlat tili taraqqiyotida Milliy korpusning ahamiyati va o‘rnining qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Dunyo tili sanalgan ingliz, ispan, xitoy, arab, fransuz, rus, nemis tillarining milliy korpusidan tashqari polyak, polyak-ukrain, chex, slovak, serb, xorvat, bosniya, bolgar, bolgarrus, makedon, shotland, idish, niderland, niderland-fransuz, shved, dat, norveg, island, farer, o‘rta asr fransuz tilisi, ispan, italyan, portugal, rumin, litva, latish, grek, sharqiy armyan, osetin, alban, hind, sigan, xett, fin, ural tillari, eston, veps, venger, udmurt, gruzin, ingliz-gruzin, lezgin, turk, tatar, boshqird, qrim-tatar, qalmiq, buryat, mongol, arab, ivrit, amxar, yapon, qadimiy yapon, baman, esperanto tillari korpuslari mavjud. Dunyo kompyuter lingvistikasida Milliy til korpusining mavjudligiga tilning yashovchanlik va kompyuter tiliga aylanish mezoni sifatida qaralmoqda. Kechikayotgan vazifa O‘zbek tili dunyoning rivojlangan tillari qatorida turadi. Afsuski, tilimizning ichki imkoniyatlari axborot texnologiyalari tizimida yetarli darajada ishga solinmayapti. Yurtimizda o‘zbek tili korpuslari yaratish ishlarini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Bu ona tilimizning axborot texnologiyalari tili sifatida, shuningdek, milliy korpus shaklida global korpuslar to‘riga ulanib, jahonga yuz tutishiga monelik qilyapti. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘zbek korpus lingvistikasining nazariy asoslarini ishlab chiqish, namuna sifatida bir-ikki korpus lavhasi yaratish jarayoni bosqichida turibdi, xolos. O‘zbekistonda amaliy tilshunoslikning bir yo‘nalishi sanalgan o‘zbek korpus lingvistikani rivojlantirish uni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, kompyuter va korpus lingvistikasi markazi yoki laboratoriyasini tashkil etish hamda unga mutaxassislarni birlashtirish orqali amalga oshishi mumkin. Download 127.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling