Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 127.86 Kb.
|
LEKSIKOGRASIYA ASOSLARI.. (TO\'LIQ) 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-MAVZU: TIL KORPUSI. MILLIY VA GLOBAL KORPUSLAR. Reja
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Elektron lug‘atlar qanday maqsadlarga mo‘ljallanib yaratiladi? 2. Elektron lug‘atlar bilan bog‘liq tilshunoslik bo‘limi haqida ma’lumot bering 3. Elektron lug‘atlar dasturiy ta’minotiga ko‘ra necha turli bo‘ladi? 4. Dastlabki elektron lug‘at qaysi? 5. Internet lug‘atlarining an’anaviy lug‘atlardan afzalliklari nimada? 6. Interlingvistika nima? 7. Elektron lug‘at hosil qilish dasturiy sxemasini ayting. 12-MAVZU: TIL KORPUSI. MILLIY VA GLOBAL KORPUSLAR. Reja: M G G Tayanch so‘zlar: Milliy korpus milliy til xazinasi demakdir. Undan lingvistlar, leksikograflar, kompyuter lingvistlari, dasturchilar, muharrirlar, tarjimonlar, jurnalistlar, noshirlar, olimlar, o‘qituvchilar, ta’lim oluvchilar va boshqa har qanday soha mutaxassisi keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foydalanishda deyarli kasbiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaydigan til korpuslari barcha fan sohasi vakillarini birday qiziqtirishi tabiiy. Ayniqsa, ona tili va chet tillarini o‘qitish va o‘rganish borasida korpuslarning ahamiyati beqiyos. Bugungi kunda dunyo miqyosida til o‘rgatish tizimi korpuslarga yo‘naltirilayotganligi ham – fikrimizning dalili. Shuning uchun ta’lim korpuslari, sheva matnlari korpuslari, poetik matnlar korpuslari, og‘zaki, ilmiy, rasmiy matnlar korpuslari kabi qator mikrokorpuslarning tuzilayotganligi ahamiyatli. O‘zbek tili korpusini yaratishga hanuz qo‘l urilmayotganligi achinarli holatdir. Til ma’naviy merosimizni saqlash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl ma’naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi. YuNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda mavjud olti mingtacha tilning qariyb yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi eng o‘tkir muammolardandir. 1999-yil 17-noyabrda YuNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni (Mejdunarodnыy den rodnogo yazыka, International Mother Language Day) 2000-yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyutsiyasida 2008-yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi. Mamlakatimizda ham tilga e’tibor ma’naviyatga e’tiborning ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Shu boisdan ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib bo‘lmaydigan, dolzarb vazifaga aylandi. Chunki ona tilimizning jahonga yuz tutishiga erishish milliy ma’naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning ham asosiy yo‘llaridan biridir. Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya imkoniyatlar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus (til xazinasi)lar fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va undan foydalanish madaniyatini shakllantirishning til imkoniyatini egallashda samarador ekanligini asoslashga hojat yo‘q. Xususan, tilning imkoniyatini namoyon qilish va egallash borasida dunyo miqyosida tez suratlarda yaratilayotgan til korpuslarining roli beqiyos. Korpus nima? Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan matnlar majmuyi, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan online yoki offline tizimda ishlaydigan matnlar jamlanmasi. Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor etib bo‘lmas ish quroli. U oddiy elektron kutubxonadan farqlanadi. Elektron kutubxonaning maqsadi – xalqning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy hayotini aks ettiruvchi badiiy va publitsistik asarlarni nisbatan to‘liq qamrab olish. Elektron kutubxona matnlari til nuqtayi nazaridan ishlov berilmaganligi sababli tadqiqotlar uchun noqulaylik tug‘diradi. Chunki elektron kutubxona ilmiy tadqiqot materiali bazasini tayyorlash maqsadida tuzilmaydi, balki milliy-ma’naviy merosni to‘plashni maqsad qilgan bo‘ladi. Til korpusi esa elektron kutubxonadan farqli o‘laroq, tilni o‘rganish va tadqiq qilish uchun zarur, foydali va qiziqarli matnlarni to‘plashni nazarda tutadi. Korpusni elektron kutubxonadan ajratib turuvchi birinchi omil undagi matnning xususiyati va qo‘shimcha ma’lumot bilan boyitilganligi hisoblanadi hamda bu belgi korpusning alohida qismi – korpus birliklariga yozilgan izohni tashkil etadi. Foydalanuvchiga biror so‘z kerak bo‘lsa, buni odatiy matn muharriri (tekstovoy redaktor) ham topib beradi. Lekin matndagi til hodisaning ma’nosi, mazmuni va tuzilishini “tushunadigan” dasturiy tizim bilan ishlash juda afzal va qulay. Til birligini qidirish kerak bo‘lsa, bunday dasturiy ta’minot, ya’ni korpus tadqiqotchi yoki foydalanuvchiga juda katta yordam berishi mumkin. Agar tadqiqotchi o‘z ishi uchun misolni topish, ularni kartotekaga ko‘chirish (kompyuter texnologiyalari rivojlanishidan oldingi davrda)ga oylab, bazan yillab vaqt sarflagan bo‘lsa, bugun dunyo til korpuslari yordamida sanoqli daqiqada yuzlab misolni topishga, ular ustida ishlash imkoniga ega bo‘ldi. Maxsus qidiruv tizimi korpusdan ma’lumot olishga mo‘ljallangan bir qancha dasturdan iborat, u statistik axborot va qidiruv natijasini foydalanuvchiga qulay shaklda taqdim eta oladi. Tilda qanday jarayon kechayotganligini aniq tasavvur qilish uchun korpus qamrovini yanada kengaytirish, nafaqat yozma nutq, balki og‘zaki nutq materialidan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday korpus yordamida taraqqiyot natijasida tilda sodir bo‘lgan va kutilayotgan o‘zgarish haqida aniq xulosa chiqarish mumkin. Korpus bo‘yicha qidiruv foydalanuvchiga quyidagilarni aniqlash imkonini beradi: 1) belgilangan til birligining turli qo‘llanishlardagi barcha shaklli ko‘rinishini; 2) tilning lug‘at tarkibidagi o‘rni va variantlarini; 3) belgilangan so‘z bilan birikish imkoniyatiga ega so‘zlar ro‘yxatini; 4) u yoki bu muallifning ayni so‘zdan foydalanish chastotasi yoki statistikasini; 5) so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini; 6) so‘z qo‘llanishining yashirin modeli (imkoniyati)ni; 7) til taraqqiyotining turli davrida qo‘llanish holatini. Korpus turlari Korpuslar turli maqsadlarda turli sohalar uchun, turli sohalar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Quyida dunyo tillari bo‘yicha yaratilgan korpuslarning tasnifi keltirildi:
Download 127.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling