III.1. AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARINI
1-amaliy mashg‘ulot. O‘zbek lug‘atchiligining shakllanish bosqichlari
Leksikografiya asoslari. O‘zbek lug‘atchiligi sohasini davrlashtirish tamoyillari. O‘zbek lug‘atchiligi taraqqiyot bosqichlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari.
2-amaliy mashg‘ulot. Umumiy va xususiy lug‘atlarning farqi
Lug‘at turlari. Umumiy lug‘atlar. Xususiy lug‘atlar. Ularning mushtarak va o‘ziga xos jihatlari.
3-amaliy mashg‘ulot. Bir, ikki va ko‘p tilli lug‘atlar
O‘zbek lug‘atchiligida bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli lug‘atlarning yaratilishi tarixi. Ko‘p tilli lug‘atlarning yaratilishi omillari, ijtimoiy-madaniy sabablari. Is’hoqxon to‘ra Ibratning “Lug‘at sitta alsina” asari
4-amaliy mashg‘ulot. “Devonu lug‘otit turk”ning tuzilishi
“Devonu lug‘otit turk”ning arab lug‘atchiligi an’analariga asoslanganligi va unda so‘zlarning berilish tartibi, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining yoritilishi, asosan, turkiy tili, jumladan, o‘zbek tiliga xos so‘zlarning qayd etilganligi. Lug‘atning tuzilishi
5-amaliy mashg‘ulot. “At-tuhfat uz-zakiyatu fi-lug‘atit-turkiya” asarining o‘ziga xos xususiyatlari
“At-tuhfat uz-zakiyatu fi-lug‘atit-turkiya”ning arab lug‘atchiligi an’analariga asoslanganligi va unda so‘zlarning berilish tartibi, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining yoritilishi. Lug‘atning tuzilishi. Alohida jihatlari
6-amaliy mashg‘ulot. “Badoyi’ al-lug‘at”da so‘zlarning joylashtirilish tartibi
“Badoyi’ al-lug‘at”ning alohida xususiyatlari va unda so‘zlarning berilish tartibi, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining yoritilishi. Lug‘atning tuzilishi.
|