O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til


Download 49.65 Kb.
bet1/8
Sana21.06.2023
Hajmi49.65 Kb.
#1639002
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza


3-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING TARIXIY ILDIZLARI


Reja:

  1. O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar

  2. O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati

  3. O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til

  4. Tayanch dialekt masalasi

O‘zbek tili O‘rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg‘iz, MDH davlatlaridan Volga bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg‘ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda alohida til guruhini tashkil etadi. Bu guruh fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi. Turkiy tillarning fonetik, lug‘at tarkibi jihatidan bir-biriga yaqinlik darajasi qadimiy hodisadir. Bu turkiy tillar azaldan qandaydir bir til manbai, negiziga ega bo‘lganligidan darak beradi. Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha:


1. O‘zak aksariyat o‘rinlarda SV qolipida bo‘ladi.
2. Turkiy so‘zlarda ot-fe’l omonimligi ko‘p uchraydi: to‘y, tut, yoz. O‘zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar juda kam. Asosan bir bo‘g‘inli: ot, ov, oy; ikki bo‘g‘inli bo‘ladi: ikki, olti, yetti va h.o.
3. Turkiy so‘zlarda tarixiy fonetik o‘zgarishlar sezilib turadi: yïğač - yağač; jïl-yïl, jïlan - yïlan -ïlan.
4. Tana a’zolari nomlari, asosan, turkiy qatlamga oid: kӧz, qulaq, til, baš, qaš.
5. Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: ber, bil, qač, kir, qoy, tol, bur, ayt. O‘zbek tilidagi so‘zlar boshqa turkiy tillardagidek, asosan, uch tovushli bo‘ladi: bil, til, kel, köz va hokazo. Barcha turkiy tillardagi singari so‘zlar ko‘p ma’nolidir: bosh, tosh, tish, uch.
6. Sonlar (beš, yetti), olmoshlar (men, siz) turkiy qatlamga mansubdir.
7. Turkiy tillarda so‘z tartibi quyidagicha: asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. Boshqa turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida affikslar so‘z oxiriga qo‘shiladi. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan old qo‘shimchalar (prefikslar) bundan mustasno: el + chi + lar + imiz.
Yuqoridagi o‘xshashliklar bilan bir qatorda o‘zbek adabiy tili o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, e, o, o‘, u, i) qirg‘iz tilida sakkizta (a, e, o, ö, u, ü, i, ï), uyg‘ur tilida ham sakkizta (a, ä, o, ö, e, u, ü, i), xakas tilida esa to‘qqiztadir.
Hozirgi turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori bir xil emas. Tuva, gagauz, chulim, tatar tillarida unlilar miqdori variantlari bilan hisoblaganda yigirmatadan ortadi. Masalan, gagauz tili fonetikasida 18 ta unli fonema beriladi: a, ı, o, u, e, i, o:, u:, a:, aa, ıı, oo, uu, ee, ii, o:o:, u:u:, a:a:.Turkiy tillarning aksariyatida unli fonemalar 8 ta: a, ä, o, ö, u, ü, i , ï. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema mavjud.
Turkiy tillar, uyg‘ur tilida birinchi bo‘g‘indagi a ning keyingi bo‘g‘indagi i ta’sirida umlautlashuvi kuzatiladi: eti “uning oti”, belik “baliq”, elip “olib”, bešim “boshim”.
ə >i o‘zgarishi tatar, boshqird, chuvash, xakas tillari uchun xos: ozarb. ət, uyg. ət “tana”, tatar it “go‘sht”, boshq. it, xak. it.
o>u o‘zgarishi tatar, boshqird, qisman, chuvash tillariga xos: toğız “to‘qqiz”: qoz., toğız, qirg‘: toğuz, turk. dokuz, boshq. tuğız, q-qalp. toğız, qum. toğuz, tat. tuğız.
o, ө unlilari qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, qorachoy - balqar tillarida so‘z boshida diftonglashgan holda talaffuz etiladi: q-qalp. uoq “o‘q”, q-balq. uot “olov”, uon “o‘n”, qoz. uoraq “o‘roq”. Shun- ga o‘xshash talaffuz singarmonizm saqlangan ayrim o‘zbek sheva-larida ham kuzatiladi.
O‘zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo turkiy tillardan ba’zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi. Turkiy tillar undosh tovushlar miqdori jihatidan, deyarli, farqlanmaydi. Turkiy tillar fonetikasiga bag‘ishlangan adabiyotlarda undoshlar 20 tadan - 30 tagacha bo‘lgan miqdorda ko‘rsatiladi. Sof turkiy so‘zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi (bunday so‘zlar uchrasa, ular boshqa tildan o‘zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo‘ladi). Boshqa undoshlar esa so‘zning boshida ham, oxirida ham keladi.
Turkiy tillarning o‘g‘uz guruhi (turkman, turk, ozarbayjon tillari)da so‘z boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so‘z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o‘rnida bu tillarda g, b, m, d jarangli undoshlari keladi. Masalan, o‘zbek tilidagi kel, ko‘r, tog‘, tosh so‘zlari ozarbayjon tilida gal, gur, dağ, daš ko‘rinishiga ega. So‘z boshida undoshlar- ning jaranglilashuvi qarluq, qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan, o‘zbek tili va uning shevalarida bir so‘zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud; qozoq tilida bayga “poyga” di:rmen “tegirmon” kabi so‘zlar jarangli tovush bilan boshlanadi.
Undoshlar geminatsiyasining assimilatsiya natijasida vujudga kelishi turkiy tillarda eng ko‘p tarqalgan: o‘zb. yetti “yetdi”, shahar- ri “shaharni”; qum. minni ‘mindi”, qoz. atti “otni” kabi. Geminat tovushlarning o‘zak tarkibida uchrashi turkiy tillarda bir xil emas. Qarluq, o‘g‘uz va bulg‘or tillarida bunday tovushlar ko‘p kuzatilsa, qipchoq guruhi va Sibir hududidagi tillarda (yoqut tili bundan mustasno) bu hodisa kam uchraydi. Masalan, to‘qqiz so‘zi o‘zbek tilida to‘qqiz, chuvash tilida taxhar, qozoq tilida toğuz; qirg‘iz tilida toğus shaklida keladi.
Turkiy tillar o‘zaro yaqinligiga qaramay, har bir turkiy til o‘ziga xos fonetik taraqqiyot jarayoniga ega. Bu jihatdan, ayniqsa, y-j-d-č undoshlarining qo‘llanishi xarakterlidir: o‘zb. yil, yoq, turkm. yil, yoq, qoz. jil, joq. Qarluq, qipchoq tillarida so‘z boshida keladigan k, t tovushlari o‘rnida o‘g‘uz tillarida g, d tovushlari ishlatiladi: o‘zb. kel, tosh, uyg. kal, taš, tat. kil, taš, ozarb. gal, daš, turkm. gel, daš.
Rotatsizm va labdaizm chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovushlari qiyosida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi yuz, ez, to‘qqiz, qozon, kuz, eshik so‘zlari chuvash tilida serr, taxhar, xuran, ker, alak (darvoza), ilt, sitmel, utmal ko‘ri- nishlariga ega. Bu jihatdan chuvash tili mo‘g‘ul tillariga ancha yaqin. Mo‘g‘ul tillari bilan boshqa turkiy tillar orasida ham l-š mosligi mavjud (tanil – taniš). Bu holat chuvash - mo‘g‘ul tillari munosabati qadim davrlardan boshlanganini ko‘rsatadi. Rotatsizm va labdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi: ozarb., turkm. dešik-delik “teshik”; boshq. kašik- kalak “choy qoshiq”, o‘zb. semir-semiz, ko‘rar-ko‘rmas, sergak-sez.
Turkiy tillarning yuqorida ta’kidlangan xususiyatlari bu tillar fonetik tizimidagi asosiy jihatlar hisoblanadi. Ba’zi o‘rinlarda umumiy fonetik xususiyatlardan chekinish hollari ham kuzatiladi. Masalan, qarluq guruhi tillarida so‘z boshida ba’zan y emas j keladi: o‘zbek tilida jo‘namoq, jun; uyg‘ur tilida jurak (yurak) kabi. O‘g‘uz guruhi tillarida so‘z boshida t o‘rnida d tovushi qo‘llanishi xarakterli bo‘lgani holda, ozarbayjon tilida ayrim so‘zlarda aksincha holat kuzatiladi: taniš, tarla “dala”, tutašma- “ushlamoq” kabi. O‘zbek tilida so‘z boshida y va d tovushlarini parallel qo‘llash hollari ham mavjud: dumaloq / yumaloq kabi. Bu holat turkiy tillarning umum- taraqqiyot bosqichlariga xos xususiyatlar bilan bir qatorda xususiy taraqqiyot jarayoniga doir jihatlarni ham namoyon eta borishi bilan izohlanadi.
O‘zbek va turkman tillarida so‘z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo‘q -jo‘q, yetti - jetti.
O‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda ishtirok etgan ch, sh undoshlari o‘rnida qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshi qo‘llanadi: kuch - kush, och - ash, tish - tis, bosh - bas kabi.
O‘zbek tilida g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlar tatar, boshqird, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog‘ – tav – tau, bog‘ – bav – bau, sog‘ – sav – sau kabilar.
Turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘g‘in (yoki bo‘g‘inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra moslashu- vidir. Bunda bir bo‘g‘inli so‘zlardagi unli doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa oldingi bo‘g‘inga muvofiqlashadi. Masalan, bar -gan -lar, kol-ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari), yük-sältmäk (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo‘lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo‘ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi.
Turkiy tillarda dastlabki bo‘g‘indagi unlilarning lablanishi nati- jasida keyingi bo‘g‘indagi unlilar ham lablanadi: qirg‘. köllärdä, alt. kalda, yoq. qorobun “ko‘ryapman”; turuoxput “turamiz”, oğolar “bolalar”, qirg‘. quldor "qo‘llar", turk. kolu "qo‘li" .
Ayrim turkiy adabiy tillarda singarmonizm o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda. Rus va boshqa tillardan kirib kelgan yangi so‘zlar yordamida morfologik shakl tuzilganda singarmonizmga rioya qilinmaydi. Agar XX asr boshlariga qadar tilda singarmonizmning buzilishi 18-23 % bo‘lsa, keyingi davrda bu holat nisbatan ko‘proq foizni tashkil etadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm sezilmas darajaga kelib qolgan. Bu hodisa ayrim so‘zlar tarkibidagina saqlangan: suzgich, ko‘rsatkich, bosqich, bezak, taroq; ulug‘, ulush, uchqun, tuyg‘u, buyuk, yugur kabi.
Turkiy tillarning leksik jihatdan o‘ziga xosligi quyidagi- larda ko‘zga tashlanadi: iŋäk - ozarb., uyg‘., o‘zb. inäk, olt., gag., qirg‘., tuv., turk, turkm. inek; yoqut. ïnah. Qadimgi turkiy tilda: iŋäk.

Download 49.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling