O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til
Download 49.65 Kb.
|
3-maruza
Xitoycha so‘zlar. Miloddan avvalgi II asrda Xun davlati kucha- yib, xoqonlikka aylandi. Shunda uning ta'sir doirasi Sharqda Koreya yarim oroli, G‘arbda Kaspiy dengizi, janubda Himolay tog‘lari, Amudaryoning shimoliy hududlarigacha yetib bordi. Xitoylar bilan xunlar chegarasi Buyuk Xitoy devoridan o‘tgan. Bu davrda G‘arb bilan Xitoyni bog‘lab turgan savdo yo‘llari xunlar nazoratida edi. Shundan keyin Xun hoqonligi G‘arbiy Xan imperiyasining shimoli va g‘arbga qarab kengayish yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xitoy xoqonlari xunlar bilan oʻz hududidan o‘tadigan savdo yo‘llarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan. Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga borib, savdo-sotiq qilgan. Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li uzra buddizmning yoyilishi Sharq xalqlarining madaniy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta'sirini ham ta'minlab berdi. Buni qadimgi xitoy-turk madaniy munosabatlari, adabiy aloqalarida ham kuzatish mumkin. Qadimgi turklar orasida buddizmning tarqalishi, dastlab, tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Turkiy xalqlar buddizm diniga sig‘ingan chog‘larda xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga ko‘plab diniy-falsafiy, tarixiy, badiiy asarlar, tabobatga tegishli kitoblar tarjima qilingan. Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi soʻz-terminlar bilan boyishiga imkon yaratdi. Xitoy tilidan diniy va falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san'ati, madaniyati, adabiyotshunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim sohala- riga doir terminlar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Ayon bo‘ladiki, turklar bilan xitoyliklarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari qadim tarixga borib taqaladi. Bu hamkorliklar natijasi o‘laroq, turkiy tillar so‘z boyligiga xitoycha o‘zlashmalar kirib kelgan: Tabğač “Xitoy” (To‘n), saŋun “general” (KT), baqšï “ustoz, murabbiy” (Oltun yorugʻ), lu “ajdar” (Oltun yorugʻ), Burxan “Bud- da” (TT), tänsi “osmon oʻgʻli, xitoy imperatorining unvoni” (To‘n), tutuq “unvon nomi” (KT), čaŋ “chang, musiqa asbobi” (Oltun yorugʻ), yinju (“Devon”). Shuningdek, o‘zbek-uyg‘ur ijtimoiy-madaniy munosabatlari orqali uyg‘ur tili yordamida xitoy tilidan ham o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud: lag‘mon, manpar, manti, choy, shiypon, cho‘tal, javon.
Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling