O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til
Download 49.65 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- -čik//-č ıq//-juq//-jek
Quralay/kuralai: boshq. koralai, qoz. kuralai, o‘zb. (dial.) kuralay. L.Budagov lug‘atida “yovvoyi echki bolasi” ma’no- sida qayd etilgan.
Turk. sačlı sığır “bizon”; turkm. dere sığırı “bug‘u”; turkm. mal ğara “qora mol”; ozarb. dağ kečisi, qirg‘. tō ečki “tog‘ echkisi”. O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, urf-odat, an’analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar o‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og‘zaki ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham o‘xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so‘z turkumlari, so‘z va shakl yasovchilar bir-biriga o‘xshaydi. Ammo affikslar har bir tilning o‘z fonetik tuzilishiga ko‘ra turlicha variantlarda keladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilida ko‘plik -lar affiksi bilan beriladi, hozirgi turkiy tillarda -lar//-ler qo‘shimchasi va uning variantlari orqali ifodalanadi: -la //-le //-lө: uyg‘. adamla “odamlar”, gulө “gullar”; -nar//-ner: q.qalp. qatunnar “xotinlar”, senner “senlar”; -nor: turkm. oglonnor “o‘g‘lonlar”, -dar//-der: ozarb. agačdar “daraxtlar”, qoz. sӧzder “so‘zlar”; -tar //-ter: boshq. agastar “daraxtlar”; -zar//zer: ozarb. gazzar “g‘ozlar”, üküzzer “ho‘kizlar”. Turkiy tillarda otlarga xos kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari quyidagilar: -ča//če//-še: tat. terkimše “guruhcha”, qoz. bıtaqša “butoqcha”, ozarb. bağča “bog‘cha”, q.qalp. jolša “yo‘lcha”; -čik//-čıq//-juq//-jek: turk. evčik “uycha”, turkm. kөprujuq “ko‘prikcha”, q.balq. qızčıq “qizcha”; -qa//-ka//-ke//-ğe: qirg‘. atake “otajon”, qoz. šešeke “onajon” singari. O‘zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs, zamon affiks- lari ham boshqa turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko‘ra turlicha fonetik variantlarda ishlatiladi. Xususan, hozirgi turkiy tillarda qaratqich kelishigi ko‘p variantli bo‘lib, ularning qo‘llanishi quyida- gicha: 1) o‘zb., uyg‘.-nıŋ //-niŋ shakllari: ataniŋ, bizniŋ; 2) qirg‘. nın//-nun //- din//- dun//-tin //-tun shakllari: balanin, tonun, tondun, oqtun; 3) ozarb., gag., turk. -in//- un //-nün //-nun: arabanın, onların, benim, bizim. Yoqut tilida qaratqich kelishigi mavjud emas. Bu kelishik ifodalaydigan grammatik ma’no aniqlovchi-aniqlanmish munosabati orqali voqelanadi: at baha “ot boshi”1. O‘zbek tili lug‘at tarkibini ko‘zdan kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy tillarga tegishli va faqat o‘zbek tilining o‘ziga xos so‘zlarni uchratamiz. Umumiy turkiy tillarga tegishli so‘zlarning dastlabki qo‘llanishini runik yozma yodnomalarda uchratamiz. Qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan so‘zlar haqida gap borar ekan, bunda dastlab sug‘d, hind, xitoy tilidan o‘tgan leksik elementlar nazarda tutiladi. Hozirgi O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Sibir, hatto, Yevropada yashagan qadimgi turkiylar sug‘d, hind, xitoy xalqlari bilan iqtisodiy, madaniy, diniy aloqada bo‘lgan. Oʻrnatilgan yaqin munosabatlar, oʻzga tillardan qilingan tarjimalar turkiy til leksik qatlamining boyishiga ta’sir etgan. Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling