O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til
Download 49.65 Kb.
|
3-maruza
Sug‘dcha so‘zlar. Markaziy Osiyoda mil. av. III-II asrlardan boshlangan jadal etnomadaniy munosabatlar turkiy xalqlarning butun Dashti Qipchoq bo‘ylab, Xitoy devoridan Dunaygacha chiqib borishiga olib keldi. Sug‘dlar esa mil. av. IV-III asrlardan boshlab xalqaro savdo yo‘llari orqali Sharqqa kira borib, avvalo, O‘rta Osiyoda, qolaversa, Sharqiy Turkistonda turklar bilan faol munosabatga kirishib ketdi. IV asr-312 yilga mansub sug‘d maktublari majmuasi shundan dalolatdir. Arablar istilosidan keyin sug‘dlarning turklar bilan etnik yaqinlashuvi, aralashuvi yanada kuchaygan. Bu jarayon butun O‘rta Osiyoni qamragan va Sharqiy Turkistonda ham uzoq davom etgan. Masalan, L.Chuguevskiy sug‘dlarning assimiliyatsiya qilinish jarayoni XIII asrda ham davom qilganligini hujjatlar asosida ko‘rsatib bergan. Manbalarning guvohlik beruvicha, ilk o‘rta asrlarda sug‘d tili va yozuvining qo‘llanish doirasi Sug‘d davlatidan chiqib, Marv, Shimoliy Boxtar va ulkan turk o‘lkalari – Choch vohasi, Farg‘ona, Yettisuv, hozirgi Sinjon yerlari va Markaziy Mo‘g‘ilistonga qadar yoyilgan edi. Bu, avvalo, O‘rta va Markaziy Osiyodan o‘tgan savdo karvon yo‘llari, xususan, ipak yo‘lida turklar bilan sug‘dlarning birgalikda olib borgan ishlari, shuningdek, uch diniy oqim – buddizm, moniylik va nasturiylikni yerli xalqlar, jumladan, turklar orasida yoyish yo‘lidagi sa'y-harakatlar bilan bog‘liq. Yana bir jihati, ayrim yurtlarda turk-sug‘d ikki tilliligi ham amal qilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Balasag‘un, Tiraz, Madinatulbayza shaharlarining xalq- lari sug‘dcha va turkcha so‘zlashganlar. Ushbu fakt ikki masalaga e'tibor qaratishni taqozo etadi: birinchidan, bu o‘rinda shu o‘lkalarda ikki tilda so‘zlashuvchi ikki xalq yashaganligi ko‘zda tutilmoqda; ikkinchidan, mazkur o‘lka xalqlari (sug‘daq, kanjak, arg‘ular) ning ikki tilliligi. Anglashiladiki, ikki xalqning aralash istiqomat qilishi, o‘zaro hamkorligi, diniy e'tiqodi, mavjud ikki tillilik oqibatida so‘z almashish jarayoni yuz bergan. Ya'ni turklar tilida sug‘dcha, sug‘dlar lug‘at tarkibida turkcha leksemalar qo‘llanilgan: nom “dininy ta’limot” (Oltun yorugʻ), Azrua “brahma” dinining yaratuvchisi (Mon), Xormuzta “iloh, tangrining oti” (Mon), bağ “mevazor” (TT), ajun “olam, dunyo” (TT), nağïd “Zuhra (sayyora nomi)” (BX). Hozirgi o‘zbek tilida ham ayrim unsurlari ko‘zga tashlanadi: bog‘, rang, ochun kabi.
Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling