O‘zbek adabiy tili va turkiy tillar O‘zbek adabiy tilining boshqa tillar bilan munosabati O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til
Download 49.65 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fors-tojikcha so‘zlar
Sanskritcha so‘zlar. Qadimgi turkiy bitiglarda sanskrit tilidan kirib kelgan so‘zlarning rang-barang bo‘lganligi “Qadimgi turkiy lug‘at”ni varaqlash asosida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tabiiyki, bunda sanskrit tilidan turkiy tilga qilingan tarjimalar muhim rol o‘ynagan. Eski turkiy tilda sankskritcha o‘zlashmalar son jihatdan kamaygan. Keyingi davrlarga kelib, ularning aksariyati iste’moldan muqim o‘rin egallay olmadi. Turkiy tilda saqlanib qolganlari ham deyarli o‘z so‘zga aylanish darajasiga yaqinlashgan: änätkäk – Hindiston, nirvan – budda ta’limotida qutlugʻ yer (TT), she’r nomlari: šlok, padak, karant (Oltun yorugʻ), kavi “epos” (SK), ačari “murabbiy, ustoz (TT), fil (Ahmad Yugnakiy).
Yunoncha so‘zlar. Eramizdan avvalgi VI-V asrlar, ya’ni aha- moniylar davrida grek karvonlari Buyuk ipak yo‘li, Eron va Markaziy Osiyo orqali Hindiston, Xitoy, Oltoy, Janubiy Sibirgacha borib savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanganligi tarixiy manbalarda aks etgan. Shu o‘rinda yana ta’kidlash lozimki, turli sohaga oid qadimgi yunon manbalarining arab tiliga tarjima qilinganligi ilm ahliga yaxshi ayon. Demak, turkiy tillar so‘z boyligidagi yunoncha o‘zlashmalar asrlar mobaynida olib borilgan madaniy munosabatlar va arab tili ta’sirida kirib kelgan. Masalan: zumrad, marmar, daftar, dirham, qandil, piyla, iqlim singari. Fors-tojikcha so‘zlar. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab, bir-birlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatda bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida ularning tillariga ta’sir etmay qolmadi. Natijada, tojik tilidan o‘zbek tiliga ko‘pgina so‘z, so‘z shakllari va turli iboralar, qo‘shimchalar kirib kelgan. Shuningdek, o‘zbek tilidan tojik tili va shevalariga ham talaygina so‘z va iboralar, affikslar o‘zlashgan. Forsiy so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishida quyidagi omillar muhim rol o‘ynagan: a) o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir (yoki qo‘shni) hududda, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi; b) o‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilliligining (bilingvizmining) keng tarqal- ganligi; v) tojik va fors tillarida ijod qilish an’analarining uzoq yillar davom etganligi; g) Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligida fors-tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi; d) adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik2. Ma’lumki, IX asr oxiriga kelib, O‘rta Osiyoda arablar hukmron- ligi susaya boshlaydi. Ana shu davrda poytaxti Buxoro bo‘lgan somoniylar davlati barpo bo‘ldi. Ismoil Ahmad Samoniy (874-907) va uning avlodlari hukmronligi (999 yilgacha) davrida dariy tili, ya’ni fors-tojik adabiy tili davlat tili va adabiy til sifatida mavqei va ahamiyati ko‘tarildi. Hatto, turkiy qabilalardan bo‘lgan G‘aznaviylar va Saljuqiylar ham davlat tili va adabiy til sifatida dariy tilini qabul qildilar. Bu davrda fors-tojik adabiyoti rivojlanib, dariy tili she’riyat tiliga aylandi. Bu esa o‘z navbatida Movarounnahr va Afg‘oniston- da, Ozarbayjon va Hindistonning Shimoliy tumanlarida fors-tojik adabiy tili an’anasining keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy “Layli va Majnun” dostonining muqaddimasida o‘z asar- larini ona tilida – ozarbayjon tilida yozolmay, fors tilida yozishga majbur bo‘lganini achinish bilan ta’kidlagan edi”. Hatto, Navoiy yashagan davrda – Xurosonda ham dastlab fors-tojik tili an’anasi kuchli edi. Navoiy zamonida Movarounnahr va Xurosonda forsiy- ning mavqei baland bo‘lgani, turkiyda ijod qilgan adiblar undan andoza olgani uchun bu tildan turkiyga so‘z o‘zlashtirishga hech kim monelik qilmagan. Shu bois Alisher Navoiyning poetik va ilmiy asarlari so‘z boyligining taxminan 30-33 foizini arab tilidan kirgan so‘zlar tashkil qiladi. Fors-tojik leksemalari 18-20 foizgacha boradi. Bahrom Bafoevning yozishicha, Navoiy arab-fors tillaridan foyda-langanda, ularning turkiy tilga o‘zlashib, singib ketadiganlariga ko‘proq murojaat qiladi. Shu bilan birga, shoir har uch tilning imkoniyatlaridan foydalanib, yangi ma’noli so‘zlar – neologizmlar yaratadi. Alisher Navoiy yaratgan yangi so‘z, yangi ma’nolar turkiy tillar doirasidan chiqib, fors-tojik tilining ham lug‘at fondini boyitgan. Temuriylar davrida hukm surgan til vaziyati va uning Navoiy tiliga ta’siri masalasi, turkiy shoirlarning ko‘pchiligi fors tilida ijod qilganligi, ularning o‘z ona tilidan ko‘ra forsiyda qalam tebra- tishining sabablari, fors tilida yozish odat, an’anaga aylanganligi haqida “Muhokamatul-lug‘atayn”da quyidagilarni o‘qiymiz: “...turk ning ulug‘din kichigiga degincha va navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar, andoqkim o‘z xirad ahvoliga ko‘ra ayta olurlar, balki ba’zi fasohat va balog‘at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sort ulusining arzolidin ashrofig‘acha va omiysidin donishmandig‘acha hech qaysi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg‘onning ma’nisin ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o‘rganib so‘zki aytsa ham, har kishi eshitsa bilur va aning sort ekanin fahm qilur”. Ko‘rinib turibdiki, turkiy aholining kattayu kichigi, xizmatchisidan tortib amaldorigacha forsiy tilni yaxshi bilgan va bu tilda chiroyli, ravon hamda benuqson so‘zlashgan, shoirlari go‘zal she’rlar bitgan. Biroq forsiyzabon ulusning oddiy kishisidan e’tiborli insonlarigacha, ilmsizidan donosigacha turkiy tilda so‘zlay olmagan va gapirgan- larining ham ma’nosini tushunmagan. Shoir «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r yozishni fors tilida boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til haqida fikr yuritish ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son-sanoqsiz o‘n sakkiz ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va yetuklikda chek-chagarasi bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va gullari yulduzlardan ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga hech kimning qadami yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi: Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz falakdin ortuq, anda fazlu rif’at; va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin durax- shandaroq; harimi atrofi el ayog‘i yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab’ ahli xiradmandlari bu maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga andoq evruldikim, go‘yo bu tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar. Shu tariqa, badiiy ijoddagi ikki tillilik XIV asrdan XX asrgacha davom etdi. Darhaqiqat, o‘zbek tilining lug‘at tarkibida maishiy hayot, kasb-hunar, adabiyot-san’at, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi, tabiat hodisalari va boshqa sohalarga oid tojikcha so‘zlar uchraydi. Masalan, anor, bahor, lagan, paypoq, go‘sht, g‘isht, sho‘r, pardoz singari. Shuningdek, tojikcha -xona, -parvar, -furush, -parast, -noma, -xon, -paz, -bon, -boz, -goh, -shunos, -vash(mahvash), -poya, -zor, -don, no-, be- kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar tilimizda keng qo‘llaniladi va yangi so‘zlar hosil qilishda ishtirok etib kelmoqda. Masalan, oshxona, xalqparvar, bog‘bon, kuldon, noo‘rin, beomon, taomnoma, olmazor va hakazo. Bundan tashqari, eski va hozirgi o‘zbek adabiy tilida tojikcha izofalar ham saqlangan: Sebi Samarqand, anori Xo‘jand (Bobur); Bog‘i shamol, Mozori Ko‘hna (Joy nomlari), nuqtai nazar, guli surx, zaboni forsiy, bog‘i bo‘ston. O‘zbek tilidan ham o‘z navbatida, tojik tiliga uzoq vaqtlardan beri ko‘pgina so‘z va iboralar, so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘sh- imchalar o‘zlashgan: tagin - shahzoda (Firdavsiy, “Shohnoma”), choriq – choriq, oyoq kiyimi, qora qat (barbaris), to‘p - to‘p, yuz boshi, qaychi, yorlig‘, ayoqchi – soqiy, qoshuq, surtma – chana, -chi, -cha, -dosh, -gina, -roq, -siz, -lik kabi3. Turkiy tilga oid so‘zlarning qardosh bo‘lmagan xalqlar tiliga o‘zlashgani, ular rivojiga ta’siri to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida uchratamiz. Shu o‘rinda bir necha misollarga murojaat qilsak: “dağ – qoramol va boshqalarga bosilgan tamg‘a. Forslar bu so‘zni turklardan olganlar. Chunki forslarda turklardagidek qoramol yo‘q. Shuning uchun bu so‘zga ularda zarurat ham bo‘lmagan. Men bu so‘zni musulmonlar chegarasida eshitdim (III,167). Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling