Leksikografiya Reja
Download 67 Kb.
|
Leksikografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish savollari.
- Leksik tahlil namunasi
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Aim.uz Leksikografiya Reja: Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot. Lug’atlar va ularning tiplari. Tayanch tushunchalar. Leksikografiya grekcha- lug’at va «yozaman» elementlaridan tuzilgan. Leksikografiya – leksikologiyaning bir bo‘limi. Leksikografiya – lug’at tuzish ishi bilan shug’ullanuvchi tilning bir sohasi. Lug’atlar entsiklopedik va lingvistik turlarga bo‘linadi. Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan. Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar. Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. «O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi. So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi. Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati», «O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlar tarjima lug`atlari bo`lib, ular boshqa tilning lug`at tarkibini o`zbek tiliga yoki aksincha o`zbek tilining lug`at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko`p tilli lug`atlarga o`zbekcha-ruscha, ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha, inglizcha-o`zbekcha, o`zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug`atlar kiradi. Ko`p tilli lug`atlar o`tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug`atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko`p tilli lug`atlar tuzish ancha jadallashdi. CHunki ko`p tilli lug`atlar hozirgi tillarni qiyosiy o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka erishishning asosidir. Tekshirish savollari. Leksikografiya nima? Lug’atlarning qanday tiplari mavjud? Entsiklopedik lug’atlar haqida ma’lumot bering. Lingvistik lug’atlar entsiklopedik lug’atlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Lingvistik lug’talarning bir va ikki tilli bo‘lishini izohlang. Bir va ikki tilli lug’atlarga misollar keltiring. Lug’atlarning qanday ahamiyati bor?
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. U.Tursunov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent. O‘zbekiston. 1992. 126-141 betlar 2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980. 110—118 betlar. 3. M.Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29—45 betlar. 4. H.Ne’matov. R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O‘qituvchi. 1995. 32-36, 84-105 betlar. 5. O‘zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255—293 betlar. 6. SH.Rahmatullayev. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984 3-15 betlar. Aim.uz Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling