2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi. 2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi. Masalan: budun, ulus, raiyat – xalq; handasa - geometriya; muarrix – tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq. 3. Yangi so‘zlar (neologizmlar). Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlaridir. Masalan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng tilimizda paydo bo‘lgan faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot kabi so‘zlar yangi so‘zlardir. Yangi so‘zlarning nofaol so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi sababi shundaki, ular paydo bo‘lgandan keng iste’moldagi so‘zlar singari barchaning nutqida birdek ishlatilavermay-di. Biroq vaqtlar o‘tishi bilan yangi so‘zlar ham keng iste’moldagi so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi mumkin. 5. Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar. Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir. Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |