2. O‘zlashma qatlam. Tilimizning lug‘at tarkibida boshqa xalqlar tilidan kirib kelgan so‘zlar ham mavjud. Bunday so‘zlar tilning lug‘at boyligidagi o‘zlashma qatlamni tashkil etadi. Ular quyidagi tillardan tarixning eng qadimgi bosqichlarida o‘zlashtirilgan: 1. Hind tildan o‘zlashgan so‘zlar: barcha, bibi, paysa, tovus, chaqmoq. 2. Xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar: choy, lag‘mon, shiypon. 3. Qadimgi yunon tilidan: iqlim, marvarid, marmar, ark, billur. O‘zbek adabiy tili leksikasining o‘zlashma so‘zlar qatlami asosini keyingi tarixiy bosqichlar mobaynida yaqin munosabatda bo‘lgan fors-tojik, arab, rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Ular quyidagilar misolida ko‘zga tashlanadi: 1. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, shamol, dasta, mehribon, agar, ham va boshqalar. 4. O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari Tilning lug‘at tarkibi tashkil etadigan so‘zlarning hayotiyligi faol yoki nofaolligiga bog‘liq. Zero, tildagi ba’zi so‘zlar kundalik hayotda iste’mol etilish bilan xarakterlansa, boshqa bir guruh so‘zlar kundalik aloqada juda kam qo‘llanadi. Shu bois so‘zlar tarixiy-funksional xususiyatiga ko‘ra faol va nofaol so‘zlarga ajraladi. Faol so‘zlar adabiy tilning zamonaviy me’yoriga xos so‘zlari bo‘lib, ular kundalik aloqada eng ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Nofaol so‘zlar qatlami esa quyidagi uch turga bo‘linadi:1) tarixiy so‘zlar (istorizmlar), 2) eskirgan so‘zlar(arxaizmlar), 3) yangi so‘zlar (neologizmlar). 1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |