León vertga Bu kitobchani katta yoshdagi odamga bagHshlaganim


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana19.12.2021
Hajmi1.18 Mb.
#181615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kichkina shahzoda

&

-

 Bu xuddi eski qobiqni tashlagandek bir gap.  Hech 

bir  qayg‘uradigan  joyi  yo‘q  buning.

Men  indamay  boraverdim.

Uning biroz mhi tushdi,  ammo ban bir zo‘r berdi:

-   Mana ko‘rasan, juda soz bo'ladi hali.  Men  ham 

yulduzlarga termilaman.  Shunda jamiki yulduz g‘ichir- 

lab aylanadigan chambarakli ko‘hna quduq bo‘lib ko‘- 

rinadi. Va ulaming har biri menga ichgani suv beradi...

Men  indamay  boraverdim.

-   Bir  o ‘ylab  ko‘rgin-a,  qanchalik  soz  bo‘ladi 

o'shanda!  Senda  besh  million  qo‘ng‘iroq  bo‘ladi, 

menda esa — besh million buloq...

U  birdan jimib qoldi  — bo‘g‘ziga yig‘i tiqilib keldi.

-   Mana,  yetib  ham  keldik.  Q o‘y  endi  meni, 

buyog‘iga o‘zim boray.

Shunday  deb  qum  uzra  bemajol  cho‘kdi  —  yura- 

gini  qo‘rquv  chulg‘adi.  Xiyol  o ‘tgach,  sekingina  shi- 

virladi:

-   Bilasanmi...  gulim...  men gulimga javobgarman.

87



Chunki  u  shunchalar  zaif,  nochorki!  Soddaligini 

aytmaysanmi?  0 ‘zini  himoya  qilmoqqa  to ‘rttagina 

arzimas tikanidan boshqa  narsasi yo‘q...

Men  ham  qumga  muk  tushdim,  oyoqlarimdan 

mador  qochib,  chalishib  ketmoqda  edim.

— Mana... tamom endi...  — dedi u.

Bir  lahza  tek  qoldi-yu,  so‘ng  o‘midan  turdi.  Bir 

qadam  ilgari  bosdi...

Men  esa  hamon joyimdan  qo‘zg‘alolmas  edim.

Oyoqlari  ostida  go‘yo  sariq  yashin  chaqnagandek 

bo‘ldi, bir daqiqa qotib qoldi. Yig‘lamadi, bo‘zlamadi. 

So'ng xuddi boita urilgan daraxtdek ohista quladi:  na 

bir  sharpa,  na  bir  sas...  Illo,  qum  zarralari  tiq  etgan 

tovushni  ham  yutib  yuboradi-da.



XXVII

Mana, o‘shandan buyon olti yil o‘tdi... Hanuzgacha 

bu  haqda  biror  kimsaga  churq  etib  og‘iz  ochganim 

yo‘q.  Qaytib kelganimda, do‘stlarim meni tag‘in eson- 

omon ko‘rib sevindilar, biroq ko‘nglim benihoya g‘ash 

edi,  so‘ragan  odamga:

— Charchabman shekilli...  — deb qo‘ya qolardim.

Lekin,  asta-sekin  bari  bir  yupana  boshladim.

Batamom  emas,  albatta.  Biroq  shu  narsani  yaxshi 

bilamanki,  u  o ‘z  sayyorasiga  qaytib  ketgan,  chunki 

tong yorishgach, qum ustida jasadini ko‘rmadim.  Uning 

jismi  unchalik  og‘ir  ham  emasdi-da.

Kechalari yulduzlarga quloq tutib o ‘tirishni yaxshi 

ko‘raman.  G o‘yo  besh  million  qo‘ng‘iroq  shodumon 

jiringlayotgandek...

Lekin,  buni  qarangki,  qo‘zichoqqa  no‘xta  chizib 

berayotganimda, tasmachasini unutgan ekanman.  Endi 

Kichkina shahzoda uni qo'zichoqqa taqa olmaydi.  Shu




bois goh-goh  o ‘zimdan  so‘rayman:  uyoqda,  do‘stim- 

ning  sayyorasida  ahvol  qalay  ekan?  Tag‘in  qo‘zichoq 

gulni  yeb  qo‘ygan  bo‘lsa-ya?

Ba’zan esa o‘zimga o‘zim: «Yo‘g‘-e, unday emasdir! 

Kichkina shahzoda kechasilari feruza gulni shisha qalpoq 

bilan  yopib  qo‘yardi,  qo‘zichoqqa  ham  ko‘z-quloq 

bo‘lib tursa kerak»,  deb taskin beraman-u, birdan qu- 

vonib ketaman.  Shunda yulduzlar ham ohista jilmayib 

kulayotgandek tuyuladi.

Gohida  esa:  «Ba’zan  nimadir  xotirdan  faromush 

bo‘ladi-ku,  axir...  Unda,  har balo ham bo‘lishi mum- 

kin! Bordi-yu,  Kichkina shahzoda bir kuni shisha qal- 

poqni  esidan  chiqarib  qo‘ysa  yo  qo‘zichoq  kechasi 

sezdirmay  qutichasidan  chiqib  ketib  qolsa-ya...»  deb 

o‘ylayman vahimaga tushib.  Shunda osmondagi qo‘n- 

g‘iroqlarim ham unsizgina yig‘layotgandek tuyuladi...

Bulaming  barchasi  allanechuk  aql  bovar  etmay- 

digan sirli hodisalardir. Aminmanki, sizga ham,  Kich­

kina  shahzodani  yaxshi  ko‘rib  qolgan  boshqa  har 

qanday  odamga  ham,  xuddi  men  kabi,  koinotning 

allaqaysi  burchagida  biz  hech  qachon  ko‘rmagan  bir 

qo‘zichoq bizga notanish bir gulni yeb qo‘ygan-qo‘y- 

maganini  aslo  bari  bir  bo‘lmasa  kerak;  dunyoning 

ko‘zimizga  qanday  ko‘rinishi  ana  shunga  juda-juda 

bog‘liq...

Boshingizni  ko‘tarib,  bepoyon  osmonga  boqing. 

So‘ngra o‘zingizdan: « 0 ‘sha feruza gul omon bormikan? 

Bordi-yu  qo‘zichoq uni  yeb  qo‘ygan  bo‘lsa-ya?»  deb 

so‘rang. Ana shunda ko‘rasiz — olam ko‘z o ‘ngingizda 

butkul boshqacha jilvalana boshlaydi...

Va  birorta  katta  odam  buning  qanchalar  muhim 

ekanini  hech  qachon tushuna  olmaydi!

89



Bu  yer,  meningcha,  dunyodagi  eng  go‘zal  va  eng 

hasratli  makon  bo ‘Isa  kerak.  Sahroning  bu  kimsasiz 

parchasi sal yuqorida ham  tasvirlangan  edi,  ammo  uni 

yaxshiroq  k o ‘rib  olishingiz  uchun  yana  qaytadan 

chizmoqchiman.  Xuddi  shu joyda  Kichkina  shahzoda 

Yer yuzida  birinchi bor paydo bo ‘Igan,  keyin xuddi shu 

joyda g ‘oyib bo ‘Igan edi.  Diqqat bilan qarab eslab qoling, 

agar  qachonlardir  Afrikaga,  sahroga  borib  qolsangiz, 

bu joyni  tanishingiz  oson  bo

  ‘


ladi.  Mabodo  shu  yerdan 

o ‘tar  bo‘lsangiz,  oiinib  so‘rayman,  mana  shu  yulduz 

ostida  bir  nafas  tô ‘xtang!  Bordi-yu  shu  payt  îillarang 

sochli  bir  bola  yoningizga  kelib,  qo‘ng‘iroqdek  tovush 

bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa,

o yiaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz 

kerak.  0 ‘shanda,  sizdan  o ‘tinib  so‘rayman,  dardli 

dilimga  yupanch  berish  esingizdan  chiqmasin:  uning 

qaytib  kelganini  menga  zudlik  bilan  xabar qiling.

90




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling