Bundan tashqari boshqa hamma holatlarda ko’p dvigatelli elektrouzatmani qo’llashda maxsus choralarda elektrodvigatellar oralig’ida yuklamani tenglashtirish uchun qo’llaniladi.Ochiq kon ishlarida konveyer liniyalarining o’ziga xos maxsus ish sharoitlari (doimiy oshirishlar, iqlimiy o’zgarishlari ta’siri,o’zgaruvchan namlik va boshqlar), shuningdek konveyer qurilmalarining o’ziga xosligi apparaturaga va konveyer liniyalarini boshqarish sxemasiga ma’lum bir talablarni qo’yadi. Ekspluatatsiya qilishning uzoq tajribasi va ko’p sxemali qarorlarni ko’rib chiqish asosiy texnik talablarni shakllantirish imkonini beradi, ikki guruhga bo’ladi- apparatga bo’lgan va boshqarish sxemasiga bo’lgan talablar. Boshqarish apparatiga talablar:
1. Konveyerni boshqarishning apparat konstruktsiyalari shunday bo’lishi kerakki, joyida doimiy xizmat ko’rsatishga bo’lgan zaruriyat bekor bo’lishi kerak.
2. Boshqarish apparaturasi, nazorat, signalizatsiya va aloqa tizimi bir blok tartibiga ega bo’lishlari kerak. Blok konstruktsiyalari karьer sharoitlarida birliklarni tez va oson almashtirish uchun ular o’rniga zahira topish zarur bo’ladi.
Apparaturalar normal ishlashi uchun +10 dan —15 % gacha nominal va harorat o’zgarishlarida +40dan —50°Sgacha ta’minot kuchlanish oralig’ida tebranishlar bilan ta’minlanishi lozim
4. Rele qurilmasi tezligi lenta harakati turli tezliklarga ega bo’lib, konveyerlarda qo’llash uchun rele tezligiga ega bo’lishi, undan foydalanish jarayonida uning to’g’ri sozlanganligini nazoratni ta’minlagan holda bo’lishi kerak.
5. Yangidan ishlab chiqilayotgan apparatura yuqori ishonchli bo’lishi shart
Lenta bilan harakatlanuvchi baraban orasidagi ishqalanish kuchini oshirish uchun lentaning salt yurish tarmog’iga taranglash qurilmasi 5 o’rnatilgan. Tortish kuchini oshirish uchun lenta bilan uzatuvchi baraban ilashish burchagini oshiradigan sozlovchi baraban 7 o’rnatilgan. Mashinaning ustki yuk tashish qismida lenta bilan yukni ko’tarib turish uchun tayanch roliklar 5 va pastki qismida ushlab turuvchi roliklar 6 o’rnatilgan, tashiladigan yuklarni yuklovchi qurilma mashinaning yuklash qismiga o’rnatilgan. Lentaning ish sirtiga yopishgan zarralardan tozalab turish uchun unga rezina (kurak) qirgich yoki sintetik materiallardan taroq qo’yiladi. Yuk transportlovchi mashinasi to’xtaganda yukli lenta o’z-o’zidan orqaga harakatlanmasligi uchun uzatma baraban valida to’xtatuvchi qurilma o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |