3. Qiyosiy va orttirma darajalarni yasaganda quyidagi imlo qoidalariga rioya qilinadi:
a) agar sifat o‘qilmaydigan e harfi bilan tugagan bo‘lsa, -er va –est qo‘shimchalari qo‘shilganda sifat oxiridagi o‘qilmaydigan e harfi tushib qoladi:
large katta larg-er larg-est
brave jasur brav-er brav-est
ripe pishgan rip-er rip-est
b) agar sifat qisqa unlidan keyin bitta undosh bilan tugagan bo‘lsa, qiyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi undosh ikkilantiriladi:
big katta bigger biggest
hot issiq hotter hottest
thin yupqa thinner thinnest
wet nam wetter wettest
c) agar sifat undoshdan keyin kelgan y harfi bilan tugagan bo‘lsa, qyosiy va orttirma darajalarning qo‘shimchasi qo‘shilganda oxirgi y har fi i harfiga aylanadi:
busy band busier busiest
easy oson easier easiest
dirty ifl os, kir dirtier dirtiest
d) agar sifat oxiridagi y unlidan keyin kelgan bo‘lsa qo‘shimcha qo‘shilganda y saqlanib qoladi:
gay sho‘x gayer gayest
4. Ko‘pgina ikki bo‘g‘inli hamda uch va ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasi sifatning oldiga more, orttirma darajasi sifatning oldiga most so‘zlarini qo‘yish bilan yasaladi:
Oddiy daraja
|
Qiyosiy daraja
|
Orttirma daraja
|
active — faol
famous — mashhur
diffi cult — qiyin
comfortable — qulay
interesting — qiziq
|
more active
more famous
more diffi cult
|
Do'stlaringiz bilan baham: |