Letter writing exercises


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/69
Sana08.07.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1659208
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Letter writing exercises



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Letter 
writing
exercises 
OLIMOVA 
MUTABAR 
GAYBULLAYEVNA 
Writing 
skills 


 
Tuzuvchi :  
M.G. Olimova  
Samarqand shahar Xalq ta’limi 
bo‘limi 
tasarrufidagi 
36-
umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
oliy 
toifali 
ingliz 
tili
o’qituvchisi
Mas’ul muharrir :
U.M. Narkulov  
Samarqand shahar Xalq
ta’limi bo‘limi xorijiy tillar
fani uslubchisi.
  
Taqrizchi:  
M.R. Vafoyeva  
Samarqand shahar Xalq
ta’limi bo’limi tasarrufidagi 1-
IDUM oliy toifali ingliz tili
o’qituvchisi
 
 
 
Mazkur qo‘llanma barcha toifadagi ingliz tilini o’rganuvchi shaxslar 
uchun mo‘ljallangan.  
Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limi “Rus tili va xorijiy tillar” 
metodik kengashi tomonidan 2022-yil «___» ______________dagi
__-sonli yig‘ilishining qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
 


OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA 

LETTER WRITING EXERCISES 
Samarqand shahar 36-sonli umumta`lim maktab ingliz tili o`qituvchisi Olimova 
Mo’tabar tomonidan tuzilgan “Letter writing exercises ” nomli metodik 
qo`llanmaga 
TAQRIZ 
Ushbu qo`llanma ingliz tili fanidan yangi dasturga asoslangan, xalqaro ingliz 
tilini bilish darajasiga o`quvchilarni tayyorlash uchun juda qulay qo`llanma bo`lib, xat 
yozish tartibi, uning turlari, tarkibiy qismi, ketme-ketligi, muhim fraza va iboralarni 
qamrab olgan. 
Har bir xat yozish turiga tushuncha berilgandan so`ng, unga mos ravishda 
mashqlar, misollar bilan boyitilgan. Nafaqat o`quvchilar, ayni kunlarda yosh va 
tajribasi kamroq o`qituvchilar tomonidan muhim qo`llanma sifatida ishlatilsa bo`ladi.
Qo`llanma juda ixcham va tushunish uchun oson tuzilgan bo`lib, birinchi 
navbatda xat yozish tartibi, tayyor xatning so`zlarini to`g`ri joylashtirish, xatboshilar 
ketma-ketligini joylashtirish, xatni kerakli so`z va iboralar bilan to`ldirish kabi 
mashqlardan iborat. Shuningdek, har bir topshiriq oxirida uning javobi ham 
ko`rsatilgan.
Kitobxonlar ingliz tili fanidan xat yozish ko`nikmasini rivojlantirish maqsadida 
ushbu qo`llanmadan foydalanib, yuqori natijalarga erishishi mumkinligini inobatga 
olib, chop etishga tavsiya qilaman. 
Vafoyeva Mavluda (oliy toifali ingliz tili o`qituvchisi) 
 
 
 
 
 
 
 


OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA 

LETTER WRITING EXERCISES 
So’zboshi 
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganish barcha toifadagi insonlar uchun muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda dunyoda ro’y 
berayotgan muhim yangiliklardan xabardor bo’lish kishidan biror xorijiy tilni bilishni 
talab qiladi. Yurtimizda ham aholi orasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish 
va ularni mukkammal o’zlashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan bir 
qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy tillar va boshqa fan o’qituvchilari 
hamda xorijiy tilning belgilangan darajasiga ega bo’lgan boshqa soha mutaxassislari 
uchun bir qancha rag’batlantirishlar joriy etilgani, yoshlarimiz xalqaro til bilish 
sertifikatlarining belgilangan darajasiga ega bo’lganda ularning barcha imtihon 
xarajatlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplab berilayotgani shular 
jumlasidandir. Buning natijasi o’laroq yurtimizda xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini 
o’rganishga qiziquvchilar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Ushbu qo’llanma ingliz 
tilini o’rganishga qiziquvchi barcha toifadagi shaxslar uchun mo’ljallangan.
Mazkur qo’llanma ingliz tilida xat yozish ko’nikmalarini rivojlantirishga 
mo’ljallangan. Unda 7 ta xat turiga oid mashqlar jamlangan. Dastlab har bir xat turiga 
oid qisqacha ma’lumotlar, shu turdagi xat yozishda qo’llash mumkin bo’lgan so’z 
birikmalari va gaplar berilgan. Har bir xat uchun 5 tadan topshiriqlar berilgan. 1-
topshiriq so’zlarni joy-joyiga qo’yib xat yozishda qo’llaniladigan gaplar tuzish, 2-
topshiriq berilgan mavzuga doir namunaviy xatning gaplarini tartib bilan to’g’ri 
joylashtirish, 3-5 topshiriqlar matn orasida ajratib olingan so’zlar va predloglarni 
kerakli joyga qo’yib chiqishdan iborat. Ushbu qo’llanma foydalanuvchilari nafaqat xat 
yozish ko’nikmalarini shakllantirishi, balki, so’zlarni va predloglarni to’g’ri qo’llay 
olishga doir bilimlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Ishonamanki, mazkur qo’llanma 
ko’pgina insonlarga ingliz tiliga oid bilimlarini rivojlantirishda foydali yordamchi 
manba bo’lib xizmat qiladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling