LexUZ” – tezkor va samarali tizim (muallif: УзА)


Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun (muallif: Stanislav Grigoryev)


Download 0.61 Mb.
bet2/9
Sana09.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1179632
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LexUZtizim

Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun (muallif: Stanislav Grigoryev)


nashr etildi: 19-12-2003 | rukn: Sharh va fikr-mulohazalar



Siz pingvinlarning qancha turi mavjudligini bilasizmi?


Haqiqiy Аntarktikada yashaydiganlarini, albatta!? Agar bilsangiz ham balki Аdel pingvinglari, Gumboldtlarni, imperator pingvinlarini aytsangiz kerak.
Bu qushlarning 16 turi mavjud . Kattaliklari bo'yicha (baland bo'yli 117 smgacha bo'lgan imperatorlar va faqatgina 40 smgacha kichik turlari), yashash joylari bo'yicha ham turli xillari mavjud. Pingvinning shunday turlari borki, ular faqatgina Janubiy Amerika janubida, Afrika janubida va Avstraliya qirg'oqlarida yashaydilar, yana shunday turi borki, u ( galapagoslik ) ekvatorda yashaydi. Biroq bu qushlarning asosiy qismi Antarktidada yashaydi. Bu qushlarga yaxshi munosabatlarda bo'linsa ham baribir ularga ko'proq e`tibor berish kerak.
Yer yuzida yashovchi tirik jonzodlar orasida bu ajoyib qushlar hayoti haqida ko'pchilik to'la ma`lumotga ega emas. Ammo ushbu maqolada gap bu haqda bormaydi. Balki dasturlar dunyosidagi ularning "qarindoshlari" haqida boradi. Ular haqida ham ko'pchilik yetarlicha ma`lumotlarga ega emaslar.
I bob. Kirish

Kirish qismi odatda nima sababdan ushbu maqolaning yozilishini tushuntirish bilan o'tadi. Men ham shunday qilishga harakat qilib ko'raman. Birinchidan bu maqola Linux bilan qiziquvchi, lekin nimadan boshlashni bilmay turganlar uchun mo'ljallangan.


Kompyuteriga Linuxni qo'ymoqchi emas, lekin baribir ana shu OS haqidagi bilimlarni bir oz oshirmoqchi bo'lganlar, bundan tashqari men shu yetrda ko'tariladigan masalalar, izohlar va boshqa shu kabilarni oldindan ko'rsatib o'tmoqchiman.
Barchaga ma`lum bo'lgan uning hamma yo'nalishlarini, qo'shimchalari bilan mashhur Windowsdan boshqa qancha operatsion sistemalar mavjud. Juda ham ko'p, bu juda qiziqarli. Ammo oddiy foydalanuvchi ulardan ko'pchiligi bilan tanish emas. Bunga turlicha sabablar mavjud - qo'llanilishi maxsusligi yoki imkoniyati cheklanganligi, ular yozilgan platformalar imkoniyati yo'qligi sababli va shunga o'xshash. Ulardan ba`zilarini sanab o'tishga harakat qilib ko'raman: QNX, Unixning turlicha versiyalari (AIX, HP - UX, Free BSD, Solaris, Irix, NextStep, Linux, Net Ware, Mas OS), Hozirgi kungacha OS/2 va DOSlar ham mavjud bo'lib kelmoqda, bu juda ham hayratlanarli bo'lib ko'rinishi mumkin.


Bu DOS


Boshqa mashhur bo'lmagan operatsion sistemalar ham mavjud (ular haqida http://dmoz.org/Computers/Software/Operating_Systems/ va http://www.cs.arizona.edu/people/bridges/os/full.html[/url] Html larga kirib bilib olish mumkin. Misol uchun Sylable OS yoki Atheos.


Sylable OS

Ulvr soni bunchalik ko'pligi xatto mutaxassisni ham ajablantiradi. Bugungi kunda OSlar nima uchun yana bunchalik ko'p. Nima uchun yana yangilarini yozishga harakat qilishadi. Mening fikrimcha, bu juda oddiy. Odamlarda tanlash erkinligi kerak va ular shunga ega bo'lishni xohlaydilar.
Bu maqolamiz esa barcha uchun mumkin bo'lgan OSlardan biri Linuxga bag'ishlangan. Shuni ham aytish kerakki, uni tushunish osondir. Linuxni Internetdan yozib olish mumkin, do'kondan sotib olish yoki o'rtoqlaringizdan sotib olishingiz ham mumkin.
Linux haqiqiy Unix hisoblanadimi, uning bir turimi, undan kelib chiqqanmi yoki umuman aloqasi yo'qmi, buni maqolada muhokama etmaymiz. Bu asosiy maqsad emas. Asosiysi bu sistema bilan tanishib olish. Maqolada Linuxda ishlashning aniq bir usullari haqida gapirilmaydi. Bu haqda keyingi maqolalarda gap yuritilishi mumkin.
Bu sistemaga oxirgi yillarda kompyuter qiziquvchilaridan tashqari HP. IBM, Nowell va boshqa ulkan kompyuterlarning ham e`tibori kuchayib bormoqda.
Xakerlar uchun sistemadan (yaxshi ma`noda) sistemali administrator, dasturchi (programist), kompyuter tashabbuskorlari va komandali konsol boshqa qiziquvchilaridan u ajoyib foydalanish OS darajasigacha ko'tarildi. Undan Gollivud kompaniyasi o'z filmlarida har xil ta`sirchan holatlarni yaratish uchun foydalanadi.
Evropa shaharlar munitsipalitetlarida korxonalarda o'rnatadilar.
Ilmiy tashkilotlar uchun Linux allaqachon sevimli sistemalardan bo'lib qolgan, chunki uning asosida osongina ilmiy hisob - kitoblar, hisobotlar uchun klasterlar yaratish mumkin.
Shu bilan birga ta`lim tizimida ham keng foydalanib kelinmoqda. Ammo hozirgacha ko'pchilik oddiy foydalanuvchilar Linux faqatgina xakerlar uchun, juda kuchli dasturlar uchun yoki hech bo'lmaganda tajribali foydalanuvchilar uchun kerak, degan fikr bilan yashaydilar. Uning o'rnatilishining murakkabligi, komanda satrlari bilan ishlash zarurligi, rus tiliga o'tkazish qiyinchiliklari va bu operatsion sistemaning boshqa bosh og'riqlari - mana shular uning va oddiy foydalanuvchi o'rtasida turgan asosiy to'siqlar hisoblanadi. Yana biri shubhalanib, "Sizning sistemangiz uchun qancha dasturlar bor?" deb so'raydi. "OC Linuxni o'rganish uchun qaysi distributiv ko'proq to'g'ri keladi? " - bu yana bir savol. "O'yinlar masalasida nimalar deya olasiz?"
Ana shu kabi ko'plab savollarning bir qismiga javob berish uchun maqolada Linux ning quyidagi distributivlarini ta`riflab o'tamiz:

Ark Linux - http://www.arklinux.org (1 CD). Red Hat Linux ga asoslangan.


SOT Linux - http://www.sot.com/ru (1 CD) RedHat Linux tomonidan yaratilgan.
Mandrake Linux - http://www.linuxmandrake.com (3CD) RedHat Linuxga asoslangan.
Blin Linux - http://blin.zp.ua/ - t.n. Linux - na - CD (180 Mb). RedHat Linux ga asoslangan.

Nima uchun aynan mana shu distributivlar?!


Bularni tanlashda asosiy talab OCning o'rgatilishi Windowsni o'rnatish bilan solishtirishganda osongina e`tibor berildi. Minusoid va Yuniksoidlar nuqtai nazaridan yaxshimi yoki yomonmi biz muhokama qilib o'tirmaymiz. (Debian, Slaekware, Redhat, Turbolinuxva boshqa distributivlar tarafdorlari bularni faqatgina bir oz eslab o'rganish uchun meni kechirarlar deb o'ylayman.) Bu sistema bilan tanishib olish yoki undan foydalanishga qaror qilgan foydalanuvchi inson nuqtai nazaridan menimcha, bu yaxshi. Barchaning ham Unixni yaxshi biladimi tajribali tanishlari yo'q. Yoningda biladigan inson bo'lsa, bu har doim ham yaxshi bo'ladi.
OC Linux haqida juda ham ko'p yozilgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun www.linuxcenter.ru, www.linux.ru yoki www.linux.org.ru larga kirib chiqish yetarli bo'ladi. Agarda siz bu maqolada o'z savollaringizga javob topa olmasangiz, OC haqida ko'proq bilishni yoki o'z kompyuteringizga o'rnatmoqchi bo'lsangiz, ana shu saytlarga kirib chiqing.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling