Lexuz sharhi
Download 360.68 Kb.
|
85 19.06.2008
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi BOShLIG‘INING BUYRUG‘I GO‘ShT VA GO‘ShT MAHSULOTLARINI VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASIDAN O‘TKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan 2008-yil 30-iyun 20-15-222/11-son] LexUZ sharhi Mazkur Buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018-yil 12-yanvardagi 2-sonli “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman: 1. “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish Qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur Qoidalar tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh sanitariya vrachi tomonidan 1995-yil 11-yanvarda kelishilgan va Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 1995-yil 12-yanvarda tasdiqlangan “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinar-sanitar ekspertizasi va so‘yiladigan hayvonlarni veterinar ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari” qo‘llanilmasin. Boshliq N. YO‘LDOShEV Toshkent sh., 2008-yil 19-iyun, 85-son O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshlig‘ining 2008-yil 19-iyundagi 85-son buyrug‘i bilan “TASDIQLANGAN” Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish Download 360.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling