Lexuz sharhi


Download 310.01 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2023
Hajmi310.01 Kb.
#1457983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ayollarni jamiyatda o’rnini oshirish yuzasidan hujjat(1)

V. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish


42.

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida:
xotin-qizlar, bolalar va oila qurayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash ishlarini sifatli tashkillashtirish;
fertil yoshdagi ayollarning kontratseptiv vositalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish;
homilador ayollar va go‘daklarda tug‘ma nuqson va xavfli belgilarni oldini olish, shu jumladan, skrining-tekshiruvlar o‘tkazilishini o‘rganib borish;
ijtimoiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish;
onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun ayollarni skrining-tekshiruvlardan o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),
“Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

43.

Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish (to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shug‘ullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), Kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi
(Q. Kuranbayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sog‘lom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

44.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida:
barcha turdagi sport majmualarining sport-sog‘lomlashtirish guruhlarida kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarning imtiyozli shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish;
sportning nafis turlari bo‘yicha bir necha bosqichli xotin-qizlar spartakiadalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi (R. Qurbonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xotin-qizlar qo‘mitasi
(T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

45.

Ota-onalar uchun oilada nogiron farzandlarini to‘g‘ri parvarishlash va tarbiyalash, ularning tegishli ko‘nikmalarini patronaj tizimi orqali oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash va tasdiqlash.

Uslubiy ko‘rsatmalar
Targ‘ibot tadbirlari

2018-yil
aprel
muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (V. Alimova), “Oila” markazi
(D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
Qoraqalpog‘i�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oilaviy mutolaa uchun “Sog‘lom turmush tarzi va profilaktikasi alifbosi” elektron modulini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yaratish va tarqatish.

Elektron modul

2018-yil
avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi
(S. Tursunbayeva), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov),
Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)


Download 310.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling