- Jismoniy mashqlar shaklan va mazmunan xilma-xildir. Ularni qu- yidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
- Ertalabki gigienik gimnastika mashqlari, ya’ni gavda harakati, ayniqsa bo‘g‘inlarni ishga soluvchi har xil harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, egilish, burilish, siltash, cho‘zilish v.b. mashqlar).
- Bo‘sh vaqtlarda (dam olish kuni, kechki paytlar va ertalab) umum- rivojlantiruvchi jismoniy harakatlar qilish. Bunda aniq maqsad yo‘lida (chi- niqish, kuch orttirish-kulturizm va hokazo) maxsus mashqlar (osilish, torti- lish, tosh ko‘tarish, yugurish, futbol o‘ynash va h.k) bilan shug‘ullanish.
- O‘quvchi – yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya darslarida baja- radigan mashqlar, o‘yinlar, musobaqalar va h.k.
- Sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish.
- Dam olish kunlari va ta’til paytlarida sayohatlarga chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |