Li-ion batareyalari turlari va ularda kechadigan elektrokimyoviy jarayonlar
Download 322.19 Kb.
|
Li-ion batareyalari turlari va ularda kechadigan elektrokimyoviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Litiy kobalt oksidi.
LI-ION BATAREYALARI TURLARI VA ULARDA KECHADIGAN ELEKTROKIMYOVIY JARAYONLAR Litiy-ion batareyasi (LIB) birinchi bo’lib Asahi Kapi kompaniyasi tomonidan Yaponiyada ishlab chiqilgan keyinroq 1991-yilda Sony kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarildi. Litiy-ion batareyasi, yuqori energiya zichligi, yaxshi ishlashi va zaryadni uzoq vaqt saqlab tura olishi, shu kabi bir qator avfzalliklari bilan ajralib turadi. Litiy eng yengil metal ekanligi, yaxshi elektropositve metalligi bilan ajralib turadi [1,2]. Xozirgi kunda ekologiyaning keskin yomonlashishi sababli atrof muhit tabiatga havf solmaydigan energiya manbalariga ehtiyoj oshdi va shu bilan birga yangi energiyani saqlash tizimlari paydo bo'ldi. Dunyo bo'ylab qayta tiklanadigan energiya manbalari ko'payib borayotganligi sababli, kelajakda yakka tartibdagi elektr stantsiyasi kabi yuqori samarali energiya saqlash tizimlari katta rol o'ynaydi. Li-ionli batareyalar elektromobillar va gibrit elektromobillarda muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Batareyaning elektr energiyasi miqdori og’irlik birligi uchun (W kg−1) yoki hajim birligi uchun (W l−1), zaryad potensiali (V) va sig’imi (A kg−1) ko’rinishda ifodalanadi. Hozirgi kunda Li-ion batareyalaring quyidagi turlari mavjud. 1. Litiy kobalt oksidi. Litiy kobalt yoki litiy-ionli kobaltli batareyalar sifatida ham tanilgan litiy kobalt oksidi batareyalari litiy karbonat va kobaltdan tayyorlanadi. Li-ion batarekalarining birinchi avlodi LiCoO2 va grafit moddalaridan foydalanib ishlab chiqilgan edi. Buni natijasida simsiz telefonlar, noutbook, ko’chib yuruvchi turli elektron qurulmalar uchun katta yutuqqa erishildi[4]. LiCoO2 ko’chma elektron qurilmalar uchun Li-ion batareyalaridagi asosiy katodli material sifatida keng ishlatilgan[5], u 1980 yilda Goodenough tomonidan o’rganilgan. LiCoO2 ko’chma elektronikada hozirgacha foydalanib kelinmoqda yuqori energiya zichligi kichik o’lchamga ega bo’lishini taminlaydi. Juda yuqori o'ziga xos energiya tufayli, bu batareyalar mobil telefonlar, noutbuklar va elektron kameralar uchun ishlatiladi. Ular kobalt oksidi katodiga ega va anodli material sifatida grafit ugleroddan foydalanadilar. Download 322.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling