“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari: “Dizayn metodologiyasi asoslari”


Download 26.72 Kb.
bet3/4
Sana28.08.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1670829
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kiyimlarni konstruksiyalash” fani kiyim tuzilishi, ya’ni konstruksiyasini, kiyim shaklinig tarkibiy qismlari shaklini hosil qilish; iste’molchilarning kiyimga bo‘lgan talablarini qondirish yo‘lidagi dizaynerlar oldidagi masalalarni echish; kiyim loyihalashtirishning progressiv usullarini o‘rganish va ularni tikuv buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tadbiq etish; kiyimni konstruksiyalash jarayonini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishni mukammallashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab oladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – yaratilayotgan libos modellarining g‘oyaviy obrazi bilan mo‘ljallangan vazifasiga mosligi (ya’ni, estetik va utilitar vazifalari) orasidagi tafovutni kamaytirish, yangi texnologiyalarni konstruksiyaga qo‘llay olishni bilish, bu yo‘nalishda belgilangan nazariy bilimlarini shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifalari: turli vazifalarga mo‘ljallangan va har xil kiyim turlarining shakl va konstruksiyalarini yaratish sohasidagi ilmiy yo‘nalishlarni o‘rganish va ularning tahlili asosida eng optimal va berilgan texnik topshiriqni qondira oladigan variantni tanlashni bilishni o‘rgatish.

  • Zamonaviy moda va uslublar tarixi” fanining oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni ushbu fan doirasida modaning o‘ziga xos rivojlanishi, bu davrda paydo bo‘lgan uslub va yo‘nalishlarining kelib chiqish tarixi, XIX asr oxiri XX asr boshi moda tarixiga tasnif berilganligi, zamonaviy modelerlarning ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar o‘zlashtirilishi bilan belgilab beriladi. Fanning vazifalari: talabalarga zamonaviy moda tarixining bo‘lajak mutaxassis ijodkor dunyoqarashini shakllanishidagi ahamiyatini va modaning jamiyat rivojlanishidagi o‘rnini ochib berish; talabalarni moda dekorativ-amaliy san’atning bir sohasi sifatida 20-asr va 21-asr boshi davomida rivojlanishi to‘g‘risida bilim berish; moda industriyasi vujudga kelishi tarixi va uning rivojlanish mexanizmlari bilan tanishtirish.

  • Fashion illyustratsiya” fani dizayner uchun kerak bo‘ladigan modaga oid eskiz chizish ko‘nikmalarini shakllantirgani uchun ham Dizayn (libos va gazlamalar) hamda Kasb ta’limi (Dizayn (libos va gazlamalar) ixtisosliklari uchun dolzarb. Oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni esa modabop zamonaviy eskizlar (illyustratsiyalar)ni yaratishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ijod qilish metodlari, modadagi turli uslub va yo‘nalishlar, turli mato va materiallarning o‘ziga xos plastikasi va hususiyatlarini hisobga olib buyum dizaynini tasvirlash usullari haqidagi kursni o‘z ichiga olishi bilan belgilanadi.


  • Download 26.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling