Liderlik sifatlari nazariyasi (4 soat)


Download 30.21 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi30.21 Kb.
#1196645
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 lek-3

LIDERLIK MODELLARI

  1. Liderning yo‘nalganlik shkalasi.

  2. Xizmatchilarga yo‘naltirilgan xatti-xarakat. Masalaga qaratilgan xatti-harakat.

  3. Liderlikning ikki o‘lchamli modeli. «Tashabbus» va «o‘zaro munosabatlar» lider xatti-harakat turining omili sifatida. R. Bleyk va D. Moutonning «Liderlik panjarasi».

  4. P. Xershi va K. Blanshardning vaziyatdagi Liderlik modeli. Vrum-Yetonning normativ modeli.

  5. Liderlikning besh uslubi. «qaror qabul qilish daraxti».

  6. Zamonaviy boshqaruv nazariyasida boshqaruvning informatsion-gumanistik modeli.

Boshqaruv psixologiyasida kutilmagan, ekstremal holat yuzaga keltirish uchun sun’iy qiyinlashtirilgan vaziyatdan eksperiment sifatida foydalaniladi. Masalan, vaqt tig‘izligi, ta’minot nochorligi, mablag‘ etishmasligi, qo‘shimcha ishlash imkonining yo‘qligi mohiyatidan kelib chiqqan holda tezkor echimini topish taklif qilinadi. Agarda menejer yoki xodim tashkilotchilik qobiliyatiga, ishchanlik uquviga, topqirlikka ena bo‘lsa, sun’iy vaziyatdan chiqish engil ko‘chadi. SHuningdek, tekshiriluvchilarning psixologik xususiyatlari mulohaza yuritish davomida aniqlanadi, lavozimga mos yoki nomutanosib ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Huddi shu boisdan mazkur eksperiment metodini qo‘llash ijobiy natijalar olishga xizmat qiladi hamda qatnashchilarning ichki imkoniyatlarini aniqlashga zamin hozirlaydi.


SHaxs xususiyati va faoliyatining psixologik portretini yarati (so‘z yordami bilan chizish) metodi ommaviylashib bormoqda. Rahbar yoki mutaxassisning psixologik portreti to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, shaxsiy tavsifnoma yozish, lavozim loyiqlikligini baholash, umumiy ruhiy muhitni aniqlash, shaxslararo munosabat maromi yuzasidan mezoniy ma’lumotlarni umumlashtirish uchun amaliyot ahamiyat kasb etadi. Menejer (rahbar) shaxsi to‘g‘risidagi jamoatchilik, jamoa a’zolari o‘rtasida axborot va mulohaza sifatida bir insondan ikkinchi shaxsga fikr almashuv jarayonida uzatiladigan fazilat, xususiyat, sifatga taalluqli ma’lumotlar yig‘indisi muayyan tanlanishdan keyin, o‘ziga xos umumiyat bahosi ko‘rinishida mujassamlashadi. Aynan uning negizida shaxsning psixologik portreti yaratiladi. Ushbu yaralish jarayoni og‘zaki (so‘zlar uzatilishi yoki qabul qilinishi orqali) va yozma (muayyan odam to‘g‘risida hujjat, ocherk, tavsifnoma va hokazo) tarzda ifodalanadi. psixologik portretning og‘zaki va yozma shakli bilan tanishish orqali u yoki bu tarzdagi taassurotlar, kechinmalar, xayrixohlik, samimiyat, antipatiya, faxr tuyg‘ularini vujudga keltiradi.
Faoliyatning kechishi, unga nisbatan munosabatning ifodalanishi muayyan darajada sub’ektning psixologik portretini yaratishga muhim shart-sharoit yuzaga keltiradi. Bu ruhiy hodisa yaqqol kuzatish orqali yoki faoliyat mahsuliga nisbatan boshqa odamlarning munosabatini (baho berishi) tufayli namoyon bo‘ladi. Menejer yoki mutaxassis faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar ularning psixologik portretini hosil qiladi va taxminiy baholashga imokn tug‘diradi.
SHaxsning xususiyati va faoliyati mazmuni to‘g‘risida mulohaza yuritish psixologik portretni yaratadi, shaxslararo munosabat maromini aniqlashga xizmat qiladi. Tasavvur obrazlari, umumlashma obrazlar, avtoritar munosabat psixologik portret negizida shakllanishi mumkin.
Menejer faoliyatini shahodatlash (attestatsiyalash) metodi ijtimoiy psixologiya uchun muhim ahamiyat kasb etadi va uning shu kasbga (lavozimga) loyiqligi yoki yarog‘sizligi to‘g‘risida qat’iy baholash tizimini vujudga keltiradi. Aksariyat hollarda uning psixologik xususiyatlari, xarakterologik xislatlari, individual-tipologik sifatlari, irodaviy fazilatlari, his-tuyg‘ulari, bilimdonligi, intellektual darajasi, keng qo‘lamdagi qobiliyatlari, dunyoqarashi, e’tiqodiy, iymoni shakllanganlik darajasi aniqlanadi va baholanadi. Buning uchun maxsus testlar, eksperimental tekshirish, so‘rovnoma, muammoli vaziyat, savol-javob va boshqa tadqiqot metodlari qo‘llaniladi. Olingan natijalar tekshiriluvchining yaxlit psixologik barkamolligiga oid mezonlarga mutanosib bo‘lsa, u taqdirda shahodatlash jarayoni amalga oshirilishi mumkin.
Psixologiya fanida shahodatlashning bir necha turkumlari mavjud va qo‘llaniladigan metodikalar ham rang-barang bo‘lishi nazarda tutiladi. Ulardan bittasi menejerning motivatsion, emotsional, kognitiv, irodaviy, regulyativ sohalarini o‘rganish orqali uning shaxsini qo‘pqirrali yondashuv yordami bilan aniqlashdan qoniqish tufayli shahodatlash. Kasbiy faoliyati tizimini puxta egallashga nisbatan baholash mezoni ham shahodatlashga imkon beradi. Bu mezon biryoqlamiga o‘xshab tuyulsa-da, lekin kasbiy mukammallikni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Ba’zi hollarda ishlab chiqarishning texnologik jabhalari ustuvorlik qilsa-da, ammo gumanitar, ijtimoiy tomonlari bir muncha zaifligicha qolaveradi. SHuning uchun menejer yoki etakchi mutaxassisni shahodatlash jarayonida shaxsiy tekshirilish natijasi bilan ekspert bahosini uyg‘unlashtirilsa, oqilona ish qilingan bo‘lar edi.
Menejerning kreativ qobiliyatini o‘rganish metodi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shaxslararo munosabat mohiyatini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki ijodiy qobiliyatni o‘rganish orqali muassasa (korxona) istiqboli, yangi ishlab chiqarish texnologiyasini tashkilotga kirib kelishi, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari, mehnat qilish korpuslarini kengaytirish yuzasidan ma’lumotlar to‘plash mumkin. Ijodiy qobiliyatni bir necha ko‘rinishdagi metodikalar yordami bilan aniqlanadi. Mustaqil fikrlash tufayli mavjud, real narsalarning ichki murakkab xususiyatlari, bog‘lanishlari, ularning statik va dinamik holatlari, tugallanganligi yoki davomiyligi to‘g‘risidagi omillar mohiyatini ochish aksariyat hollarda kreativ qobiliyat ko‘rsatkichi yuzasidan ma’lumot beradi. Kreativ qobiliyat ko‘pomillikka asoslangan bo‘lib, muammo echimini nostandart usullar bilan bajarish, shakl va mazmunni talqin qilishda o‘ziga xos ravishda yondashishni taqozo etadi, modellar, modifikatsiyalar namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Menejerning kreativ qobiliyatga ega bo‘lishi tabiiy hamda ijtimoiy muhit ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Mazkur qobiliyatning mavjudligi tabiiy (biologik) hamda ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liq bo‘lib, ob’ektiv va sub’ektiv negiz ustiga quriladi. Kreativ qobiliyatning rivojlanishi har jihatdan etuk menejer sifatida shakllanishiga muhim negiz hozirlaydi. Kreativ qobiliyat kasbiy faoliyat, kasbiy muomala, umumbashariy hamda milliy xulq-atvor ro‘yobga chiqishi jarayonini turli tuman tarzda amalga oshishiga zarur imkoniyat yaratadi.
Menejer psixologiyasini o‘rganishning muhim jabhalaridan: a) menejer bilan tobe inson fe’l-atvor motivi, b) empatik holatni tadqiqot qilish bo‘lib hisoblanadi. Menejer va uning qo‘li ostidagi shaxslar fe’l-atvorining motivlarini o‘rganishning ko‘rsatishicha, xulqning anglashinilgan hamda anglashilmagan turlari mavjud bo‘lib, ularning amalga oshishi individual ahamiyat kasb etib, muayyan tajriba orttirish natijasida motivatsiyaga o‘sib o‘tishi mumkin. Odatda xulq-atvor motivi (motivatsiyasi) u yoki bu xatti-harakatni amalga oshish turtkisi sifatida vujudga kelib, shakllangan ma’naviy odat, harakatlantiruvchi qadriyat ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Motivatsiya yuzaga kelgan shart-sharoit, vaziyat, mustahkamlangan dinamik stereotip, qadriyatga o‘sib o‘tgan idora qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan psixologik mexanizm tariqasida hukm suradi. Masalan, lavozimning ijtimoiy mavqei, o‘zidan uzoqlashtirish vositasi, mehnat faoliyatining engilligi, bush vaqtning etarli darajada ekanligi, insoniyat uchun nafn singari motivlar turkumi mavjud. SHunga asoslangan holda ijtimoiy va shaxsiy xususiyat kasb etuvchi motivlar farqlanadi, chunki ular o‘zaro teskari qutbga taalluqli voqelikni o‘zida mujassamlashtiradi. Jumladan, lavozim kursidagi bachkana qiliqning oqibati obro‘ga qanday ta’sir etkazishi menejer uchun alohida ahamiyatga ega. Huddi shu boisdan risolalardagidek xatti-harakatlar qilish unga nisbatan iliq munosabatni yuzaga keltiradi, qo‘l ostidagi odamlar bilan ma’lum hurmat pardasini (distansiya) saqlashni ta’minlaydi. qo‘pollik, dag‘allik, cho‘riykesarlik, engiltaklik negizidagi motivlar (motivatsiyalar) nufuzga putur etkazadi. Bu ruhiy holat ma’lum ma’noda qat’iyyatlilik, jiddiylik ko‘rinishini o‘zida aks jttirsa-da, lekin shaxslararo munosabatga kirishishga sun’iy to‘siq vazifasini bajaradi. Menejerdagi o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyati xulq-atvor motivlarini anglagan holda maqsadga muvofiq amalga oshishiga muhim negiz hozirlaydi.
Hozirgi davrda bir necha o‘nlab xulq-atvor motivlari (motivatsiyasi) ni o‘rganadigan metodikalar ishlab chiqilgandir. Xulq-atvor (xulq) motivlari tashqi va ichki omillar ta’sirida ro‘yobga chiqadi hamda maqsadga yo‘naltirilganlik xususiyatini bevosita o‘zida aks ettiradi.
Menejer bilan qo‘l ostidagi kishilar o‘rtasidagi holatni o‘rganishga qaratilgan mezonlar qatoriga empatiya, ya’ni hamdardlik tuyg‘usini kiritish mumkin. Empatiya o‘zga kishilar holati, vaziyati kabi ruhiy hodisalarga nisbatan ochinish, afsus chekish, hamdardlik bildirish kechinmalarida gavdalanadi. Uni tekshirish uchun real voqelikka nisbatan munosabatni aks ettirish, achinish yoki quvonish kechinmalar tarzida namoyon bo‘ladi, binobarin, o‘zaro yaqinlik yoki uzoqlanish, uzoq muddatli uzluksiz taassurotlarga berilishda o‘z ifodasini topadi.Empatiya (hamdardlik) insonning insonga, insonning jonivorlarga nisbatan munosabatini aks ettirib, o‘zaro tushunuv, o‘zaro ruhiy yaqinlikni bildiradi.
Menejer bilan uning g‘o‘l ostidagi odamlar o‘rtasida empatiyaning vujudga kelishi jamoada ahillik, hamjihatlik mavjudligini aks ettiradi. SHuning uchun ular orasidagi munosabatlar shunchaki muloqat tarzida amlga oshishi bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘zaro hamdardlikni mustahkam ko‘rsatkichga erishishni ta’minlashga yo‘naltirish lozim.
SHaxs kamolotining ierarxiyasini tekshirishning kompleksi metodi rahbar bilan tobe kishilar psixikasini chuqurroq, atroflicha o‘rganish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki shaxsning tarixiy, ijtimoiy psixologik, biologik ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tibbiy jabhalarin ochish fanlararo tadqiqot predmetini umumlashtirishni taqozo etadi. SHuning uchun ularni tadqiq etishda xilma-xil metodlar turkumini tatbiq etish ham tabiiy, ham ijtimoiy omillarni ochishga imkon tug‘diradi. SHaxsning xarakterologik xususiyatini ochish tabiiy (patologik), falsafiy (komillik), tarixiy (betakrorlik), ijtimoiy (guruhga mansublik), huquqiy (jamiyat qonunlariga rioya qilishlik), fiziologik (reaksiya, xulq, faoliyat kechishi sur’ati, davomiyligi, faolligi, ildamligi, omillarga bevosita bog‘liqdir. Jumladan kasbkor (kasb-hunar) professiogrammasi, professiografiya, psixogramma biologik, tibbiy, ijtimoiy, psixologik talablarga asoslangan holda ishlab chiqiladi. qo‘yilgan har qaysi talablarga mutanosiblik kasbiy moyillik, layoqat mohiyatini o‘rganishga negiz hozirlaydi. Asab tizimining xususiyatlari, mijozning o‘ziga xosligi, harakat sur’ati, shaxsning salomatliligi oqilona kasb tanlashga imkon tug‘diradi.
SHaxs kamolotining ierarxik tuzilishga ega ekanligini tekshirish yosh davr xususiyatlari (ontogenez), uning bosqichlari, sentizivligi, muayyan qonuniyatga aloqadorligi singari mezonlarga asoslanadi. Komillik belgilari, etuklik darajalari, tarqqiyot koeffitsientlari to‘g‘risida ham statik, ham dinamik ma’lumotlar to‘plash kamolot bosqichini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Kamolotning o‘ziga xos jabhalari tavsifi, talqini yuzasidan mulohazalar umumlashmasi haqchil xulosalar chiqarishga, yaqqol tavsiyalar havola etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Menejerning aql-zakovatini aniqlovchi bir qator metodlar mavjud bo‘lib, ular ichida intellektual verbal va noverbal testlar, kreativ testlar, muammoli va boshqarma topshiriqlar fikrlar umumlashmasini umumlashtirish, mulohazalar mavhum holatini yanada mavhumlashtirish, tugallanmagan gap, bir necha echimli muammolar alohida ahamiyat kasb etadi. Menejerning aql-idroki, aql-zakovati, faxm-farosati, zahnliligi, topqirligi, teranligi, sinchkovligi, hozirjavobligi va boshqa shakldagi aqliy faoliyati tarkiblarini tekshirish orqali aniq ma’lumotlar yig‘ish va haqchil xulosa chiqarish mumkin.
Boshqaruv faoliyati to‘plangan empirik ma’lumotlarni hisoblab chiqishning eng sodda statistik metodlari quyidagilardan iborat:
1. M q V / n formulasi o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi. M-yig‘indi, V-variatsion miqdor, n-sinaluvchilar yoki ob’ektilarning miqdorini bildiradi.
2. formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni hisoblashda yoki standart og‘g‘ishni aniqlashda ishlatiladi. - kvadratik og‘ish, S-dispersiya, “n”-miqdor.
3. Sq ( - M)2 - son qatoridagi moqdorlar tarqoqligini aniqlash formulasi. U ba’zan “S”-dispersiya deb ham ataladi.
Boshqaruv psixologiyasi asoslari kursi tajribalarida to‘plangan miqdorning, qo‘llanilgan metodikaning ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish mumkin: tq . Bunda t- ishonchlilik belgisi, x-son qatoridagi yuqori ball, x-o‘rtacha arifmetik miqdor, -kvadratik hisoblash faoliyatini amalga oshirib natijalarning validligi va reprezentativligi topiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanining tadqiqot usullari uning barcha jihatlarini ilmiy asosda o‘rganishga, tahlil qilishga mo‘ljallangandir. Mazkur fan voqelikni bilishga qaratilgan tadqiqot jarayonida umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Mazkur tadqiqotning boshlang‘iya bosqichida boshqaruv ob’ektini har tomonlama aks ettiruvchi va uni imkoni boricha to‘liqroq tahlil etishga yordam beruvchi ma’lumotlar jamlanib baholanadi. Bu munosabatlar turli darajadagi ijtimoiy-psixologik voqelikka dahldor bo‘lishi mumkin.






Download 30.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling