Liftlarning ikki motorli asinxron motorli elektr yuritmasi
Download 13.04 Kb.
|
15-maruzaLIFTLARNING IKKI MOTORLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
LIFTLARNING IKKI MOTORLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI. Reja: Ikki motorli lift lift elektr yuritmasi; Ikki motorli lift elektr yuritmasi sxemasi va tavsiflari. elektr yuritmasi. Tayanch so’z va iboralar: tezlik tavsiflarni ustma-ust ulanish usuli, o’ta yuklanish, dinamik tormoz momentini, elektr mashina chastota o’zgartgichi, sinxron generator. Yuritmaning ikki motorlik turida (2,a - rasm) sekinlashgan tezliktavsiflarni ustma-ust ulanish usuli yordamida erishiladi. Bunda motorlarning bittasi motor rejimida, ikkinchisi esa dinamik tormoz rejimida ishlaydi(8.1,b-rasm). Lekin ushbu usuldan foydalanganda, motorlar yuqori o’ta yuklanishli bo’lishi kerak, chunki kabinani aniq to’xtash joyiga etkazish rejimida ko’tarish lebedkaning umumiy momentini bitta motor yordamida bartaraf etiladi va ushbu motor qo’shimcha yana ikkinchi motorning dinamik tormoz momentini bartaraf etishi kerak bo’ladi. 1-rasm. Ikki asinxron motorli elektr yuritma sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b). Agarda sekinlashgan tezlik zonasida tavsif bikirligiga yuqori talab qo’yilgan bo’lsa, bu holatda quyidagi sxema ishlatiladi. Bunda D1asinxron motorni elektr ta'minlanishi elektr mashina chastota o’zgartgich orqali amalga oshiriladi (2- rasm). 2-rasm. Elektr mashina chastota o’zgartgichli asinxron elektr yuritma sxemasi. Sinxron generator (SG) bu kuchlanish va chastotani pasaytirilgan ishchi qiymatlariga mo’ljallangan maxsus sinxron generator. U asinxron motor D2 yordamida aylantiriladi. Sinxron generator qo’zqatish chulg’ami yarim o’tkazgichli boshqariluvchi qo’zg’atgich - VQ orqali ta'minlanadi. Sinxron generatorni chastotasi talab etiladigan pasaytirilgan tezlik mos bo’lishi kerak, ya’ni quyidagi nisbatda kamaytirilgan bo’lishi kerak ƒsg = , bunda -elektr tarmoq chastotasi; -asinxron motorning ishchi burchak tezligi. To’xtash joyiga etkazish rejimida asinxron motorning o’ta yuklanishga chidamlik imkoniyatini saqlash maqsadida sinxron generator kuchlanishi ham kamaytirilishi kerak: Usg = , bunda -elektr tarmoq kuchlanishi. Sinxron generatorning o’rnatilgan quvvati ham D1motorning o’rnatilgan quvvatiga nisbati ωn/ nisbatidek bo’ladi. Download 13.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling