Ligerlangan po‘latlar reja
Download 296.9 Kb. Pdf ko'rish
|
6. TEMIR UGLERODLI VA POLAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Uglerodli asbobsozlik pо‘latlar
- Legirlangan pо‘latlarning tarkibiga kiruvchi elementlar
- Legirlangan konstruksion pulatlar
- Tekshirish uchun savollar
TEMIR UGLERODLI VA PO‘LATLARNING TURLARI, ISHLATILISHI. LIGERLANGAN PO‘LATLAR REJA: 1. Pо‘lat tо‘g‘risida umumiy ma’lumot. 2. Pо‘latlarning turlanishi va markalanishi. 3. Maxsus pо‘latlar. 4. Legirlangan pо‘latlarning tarkibiga kiruvchi elementlar 5. Legirlangan pо‘latlarning markalanishi
1. St - stal ya’ni pо‘lat ma’nosini bildiradi. 2. Kp ~ kipyashiy - kaynaydigan 3. Mn - margenets, B-bissemer, K – konvertor usulida pо‘lat olish. 4. Legirlovchi element-suyuq metallning tarkibiga qо‘shilib uning xossalarini о‘zgartiruvchi modda.
Metallurgiya zavoddarida temir rudalaridan avval chо‘yan, chо‘yandan esa pо‘lat ishlab chiqariladi. Uglerodli pо‘latlarning asosi temir (97-99,5%) bо‘lganligi bilan unda ma’lum miqdorda (Mn,S,Si,P,N) va ba’zi tasodifiy qо‘shimchalar (Cr,W,Cu) va boshqa elementlar xam bо‘ladi. Temir uglerod qotishmalarining xossalariga uglerodning ta’siri juda katta. qotishmada uglerod miqdori ortgan sari uning puxtaligi ortib, plastikligi kamayib boradi. Uglerodli pо‘latlarda doimo
bо‘ladigan elementlar mikdori ma’lum darajada, masalan: Mn-0,7%, Si-0,5%, R-0,005%, S-0,05% dan oshmasligi kerak.
Mashinasozlikda ishlatiladigan pо‘latlar ishlatish soxalariga va kimyoviy tarkibiga kо‘ra tubandagi guruxlarga bо‘linadi.
1. Konstruksion pо‘latlar 2. Asbobsozlik pо‘latlar
1. Uglerodli pо‘latlar 2. Legirlangan pо‘latlar
bо‘ladi. Uglerodli konstruksion pо‘latlar sifatiga kо‘ra oddiy sifatli pо‘latlar, sifatli pо‘latlarga bо‘linadi. a) oddiy sifatli pо‘latlar - kо‘rilish konstruksiyalari, armaturalari, simlar,
parchin mixlar
va boshqa
buyumlar tarzida
iste’molchilarga yuboriladi. Oddiy sifatli
pо‘latlar GOST
380-60 ga kо‘ra 3 guruxga bо‘linadi: A,B va V guruxga bо‘linadi. A guruxda mexanik xossalar garantiyalanadi. B guruxda kimyoviy xossalari garantiyalanadi. V guruxda mexanikaviy va kimyoviy xossalari garantiyalanadi. A guruxda pо‘latlar St xarfi bilan 0,1,2...7 rakamlari bilan markalanadi. Rakam qancha katta о‘lsa pо‘latlarning mustaxkamligi shuncha ortiq bо‘ladi. Agarda rakam ishorasidash keyin KP bо‘lsa pо‘lat qaynaydigan pо‘lat bо‘ladi. Masalan: STO, St1, St2, StZ, St4, St5, Stb, St7 B gruppa pо‘latlar M.K.B.St xarflari va raqamlari bilan markalanadi. Masalan: MStO, ...MSt7, KST0,...,KSt7, BSt1,...,BSt7 V gruppa pо‘latlar asosan Martin usulida kislorod xaydaladigan konvertor usulida tayyorlanadi. VMST1..,VKStI b)
sifatli pо‘latlar.
GOST
1050-60
ga
kо‘ra pо‘latlarning mexanik va kimyoviy xossalari garantiyalanadi. Bu pо‘latlar kislorod tepasidan xaydaladigan asosiy konvertorlarda tayyorlanadi. Sifatli pо‘latlar tarkibidagi margensning miqdoriga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi. I gurux pо‘latlarda margens miqdori 0,8% bо‘ladi. II gurux pо‘latlarda 1,2% ga yetadi. I gurux pо‘latlari rakamlar va tegishli miqdorlar bilan. II gurux pо‘latlar esa rakamlar va G xarfi bilan markalanadi. Masalan: I gurux pо‘latlar 05, 05 kp g 08, 10, 15, 20, 25, 30, ...,85... II gurux pо‘latlar 15g, 20g, ...,70 g markadagi ikki xonali sonlar 100 ga bо‘linadi. Shu marka pо‘lati tarkibidagi uglerodning о‘rtacha mikdori chiqadi. G xarfi margenetsning miqdori oshirilganligini bildiradi. Masalan: 15g-0,15% uglerod Mn = 0,8-1,2% gacha ekanligi kо‘rsatadi. Yukoridagi markadagi pо‘latlardan 10, 15, 20, markali pо‘latlardan tayyorlangan detallar zarur bо‘lgan taqdirda sementitlanadi ya’ni, sirtqi qatlamiga uglerod singdiriladi, 25, 30, 35 markali pо‘latlar termik ishlanadi bо‘shatiladi. Tarkibida oltingugurt xamda fosfor miqdori oshirilgan pо‘latlar avtomat pо‘latlar bor. GOST - 1414-54 ga kо‘ra A12, A20, AZO, A40g markalari mavjud.
tarkibida 0,65 dan 1,s35% gacha uglerod bо‘lgan pо‘latlar kiradi. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlar sifatli va yuqori sifatli bо‘lishi mumkin. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlar U7, U7A, U8, U8A,..., U13, U13A xarflar bilan markalanadi. U - Uglerodli ekanligini, keyingi rakamni unga bо‘lsak S ning % mikdori A- xarfi sifatli ekanligini kо‘rsatadi. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlar tarkibida 0,15- 0,35% kremniy, 0,15-0,4% margens va bundan tashqari sifatli asbobsozlik pо‘latlar tarkibiga 0,2% xrom, 0,25% nikel, 0,25% mis kiradi. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlar. Uglerodli asbobsozlik pо‘latlarda Mn 0,6% ga yetishi xam mumkin. Bunga G xarfi kо‘yiladi. U8I, U8GA
Tarkibiga ataylab qо‘shilgan elementlar, masalan, xrom, nikel, volfram, vanadiy va boshqalar yoki ortiqcharoq miqdorda doimiy qо‘shimchalar, masalan, kremniy, margenets va boshqalari bо‘lgan pо‘lat maxsus yoki legirlangan pо‘lat deb qо‘shilgan va ortiqcharoq bо‘lgan bunday elementlar esa maxsus legirlovchi deb ataladi.
Pо‘latni legirlashdan ya’ni unga legirlovchi elementlar qо‘shishdan kо‘zda tutiladigan maksad pо‘latning xossalarini zarur tomonga qarab о‘zgartirishdan iborat. Legirlovchi elementlar pо‘latning puxtaligini, qovushqoqligini, yeyilishga chidamliligini va boshqa mexanik xossalarini oshiradi. Legirlangan pо‘latlar tegishli xarflar va raqamlar bilan markalanadi. GOCT ga kо‘ra xar qaysi legirlovchi element ma’lum xarf bilan belgilanadi, masalan: A-azot, YU-alyuminiy, R-bor, F- vannadiy, V-volfram, K-kobolt, S-kremnik. G-margens, D-mis, YE-selen, T-titan, X-xrom, P-fosfor xarfi bilan belgilanadi. Raqamlar ularning foiz miqdorini kо‘rsatadi. Eng oldin turgan raqam shu pо‘lat tarkibidagi uglerod miqdorining protsentining 1/100 ulushi xisobida. yoziladi. Xarflardan keyin raqam shu elementning foiz miqdorining о‘rtacha miqdorini bildiradi. Legirlovchi elementlar 1% dan kam yoki 1% dan sal oshiqroq bо‘lsa, raqam yozilmaydi. Masalan, 20 XN = 0,17-2,23% uglerod, 0,45-0,75% xrom, 1,0-1,4% nikel. 18 X 2N4V = 0,14 ~ 0,2 uglerod, 1,35-1,65% xrom, 4-44% nikel, 0,8-1,2% volfram. Ba’zan uglerodning miqdori о‘ndan bir ulushida xisoblanadi 9XS. 0,9%S, 4 XVgS = 0,4% uglerod. Ba’zi gurux pо‘latlar qо‘shimcha ravishda xarflar bilan belgilanadi. Masalan: rolikaviy podshibnik pо‘latlar sh-xarfi bilan magnitovaya pо‘latlar YE
elektorotexnikaviy pо‘latlar E. teskesar pо‘latlar R xarfi bilan belgilanadi. Legirlangan pо‘latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0.04% gacha bо‘lsa, pо‘lat markasi oldiga 2 -ta nol, 0,04-0,004% gacha bо‘lganda bitta nol yoziladi. Masalan: 00-X 18N-10 yoki 0-X-13 uglerodli pо‘latlar singari legirlangan pо‘latlar xam GOST ga kо‘ra legirlangan konstruksion pо‘latlar va legirlangan asbobsozlik pо‘latlarga bо‘linadi.
Legirlangan konstruksion pо‘latlarda uglerod miqdori 0,55% -gacha legirlovchi elementlar miqdori 5% - gacha bо‘ladi. Bu mashinasozlikda, samolyotsozlikda kо‘p ishlatiladi. Masalan: 20X, 40X, ZOXGS, 18XNV, 60 S Legirlangan asbobsozlik pо‘latlar. Bu pо‘latlarda uglerod miqdori 15% - gacha legirlovchi elementlar miqdori ortiqcha bо‘ladi. Masalan: tezkesar pо‘latlar - yuqori legirlangan pо‘latlar bunga misol bо‘la oladi. R18, P9, PK10 bu pо‘lat 600-700°S gacha qizdirilganda keskirligini yо‘qotmaydi.
Tekshirish uchun savollar: 1. Legirlangan degan sо‘zning ma’nosi nima? 2. Legirlangan pо‘latlar qanday markalanadi? 3. Pо‘lat deb nimaga aytiladi? 4. Pо‘latlar qanday turlanadi? 5. Pо‘latlarning markalanishi Download 296.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling