Likasi oli
SO’NGGI RIM IMPERIYASI Reja: Milodiy IV-V asrlarda Rim jamiyati va davlati
Download 1.32 Mb.
|
JAHON TARIXI MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqlarning Buyuk ko`chishining boshlanishi. Rim armiyasida varvarlar miqdorining o`sishi.
SO’NGGI RIM IMPERIYASIReja: Milodiy IV-V asrlarda Rim jamiyati va davlati.Xristian dini - Rimning hukmron diniga aylanishi va uning oqibatlari. Xalqlarning Buyuk ko`chishining boshlanishi. Rim armiyasida varvarlar miqdorining o`sishi.G’arbiy Rim imperiyasining qulashi. Rim imperiyasidagi quldorlik tuzumi III asrdayoq tamomila tushkynlikka uchragan edi. Qul mexnati unumdorligining pastligi, qul kuchining o‘rnini to‘ldirib turishning tobora qiyinlashib borishi (Rim olib borgan g‘olibona urushlarning tamom bo‘lganligi tufayli), Rimga qarshi to‘xtovsiz xujumlar bo‘lib turishi fitnalar va qullarning qo‘zg‘olonlari – bularning hammasi quldorlik xo‘jaligini norentabel qilib qo‘ymoqda edi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning turg‘unlikka va qullarning o‘zlarini xonavayron bo‘lishga olib kelmoqda edi. Rim quldorlari qulchilikni bir qadar «yumshatish» yoki qullarni ekspluatatsiya qilib turib, ekspluatatsiya qilishning boshqa shakllarini joriy qilish yo‘li bilan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzuldan qutulishga urindilar, imperiya hayotining III asrdan V asrgacha davam etgan so‘nggi davridagi Rim quldorlari iqtisodiyotining xususiyati ana shunday edi. Bu urinishlar orasida asosiy o‘rinlardan birinikolonlik oladi. Dastlab kolonlar deb Rim respublikasida quldorlarning latifundiyalaridan (yirik pomestelaridan) yer uchastkalarini ijaraga olib ishlovchi ijarachi erkin mayda dehqonlarning aytilgan. Davlatning bir qadar qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan, rimlik mustaqil dehqonlar quldorlik tuzumi xukmronlik qilgan sharoitlarda doimiy ravishda xonavayron va halok bo‘la bordi. Dehqonlarnipg erlari eca quldorlar qo‘liga o‘ta bordi. Lekin quldorlik ishlab chiqarish usulining o‘zi inqirozga uchraganligi sababli latifundiyalarping egalari faqat qullarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilangina o‘z erlaridan foydalanishlari amri mahol bo‘lib qoldi. Erlapni maydalab ijaraga berish (ijaraga oluvchilar esa erdan maxrum etilgan dehqonlarning o‘zi edi) yer egalariga bu erlardan foydalanish uchun eng qulay usul bo‘lib ko‘rindi. Shunday qilib, quldorlik tizimi bilan bir qatorda ma’lum darajada kelgusi feodal tuzumdan darak beradigan yangi munosabatlar (katta ep egaligining erlardan maydalab foydalanish usuli bilan birga ko‘shilishi, mayda mustaqil, lekin shaxsan qaram bo‘lgan ishlab chiqaruvchi dehqonning ekspluatatsiya qilinishi) ham rivojlana boshladi. Kolonlik rivojlanib, krepostnoylikka tobora yaqinlasha bordi. Quldorning ijarachisi bo‘lgan, qullar orasida yashagan, kerakli asbob, urug‘lik, turar joy va hokazolarni ham ko‘pincha quldordan oladigan kolonlar tobora quldorga qaram bo‘lib qolib, bir emas, bir kun pomesteni– villani tashlab, boshqa joyga ketib qutulish imkonidan butunlay mahrum bo‘ldi. 332-yilda imperator Konstantin Buyuk katta yer egalarining manfaatlarini ko‘zda tutib, kolonlarning ishlab turgan pomestesini tashlab ketishini taqiqlaydigan va qochib ketgan kolonlarning majburiy yo‘l bilan qaytarib olib kelinishini talab qiladigan farmon chiqardi. Imperator va senatorlarga qarashli pomestelarda (bu pomestelar caltuslar deb atalar edi) kolonlar qudratli imperator ma’muriyati yoki xukmi zo‘r senatorlar tomonidan ancha ilgariyoq tutqinlikka solingan edi. Shunday qilib, kolon ikki qiyofali o‘ ziga xos bir maxluq bo‘lib qolgan edi. U yuridik jihatdan qul deb xisoblanmas edi (qulga nisbatan «erkin kishi» deb xisoblanar edi davlat undan grajdanlik soliqlari olar edi), lekin xaqiqatda esa erkin xam emas edi, chunki pomeste tepritoriyasidan chiqib ketolmas va yer egasiga doimiy suratda obrok tulab turishga yoki uning uchun biron shaklda «qullik majburiyati» – barshchina o‘tashga majbur edi. Kolonlar xali krepostnoy emas edi, lekin ular o‘rta asrlardagi krepostnoylarning o‘tmishdoshlari edi. IV na V asrlarda kolonlarning soni qisman ersiz dehqonlar hisobiga, qisman ozod qilingan qullar («ozod kilinganlar») hisobiga ko‘paya bordi. Shu bilan bir vaqtda quldorlar o‘z qullarining bir qismini kazarma holatidan yakka xo‘jalik (“kulbali qullar” – “servi casata” bular o‘z xo‘jayinlariga obrok to‘lashga majbuo edilar) holatiga ko‘chirdilar. Nihoyat, tashqaridai kelib o‘rnashib, rim ep egalaridan biror bir shartlar bilan muayyan yer uchastkalari olgan kelgindi varvarlar ham kolonlarga o‘xshash ahvolda edi. Kolonlikning rivojlanishi Rim jamiyatining feodallashuv formalaridan biri edi. Lekin bu feodallashuvning yana boshqa alomatlari ham bor edi. G‘arbiy Rimning Italiya, Galliya, Ispaniyadagi shaharlari imperiyaning keyingi davrida qattiq iqirozni boshidan kechirmoqda edi. Qul mehnatiga asoslangan hunarmandlikning unumdorligi past edi. Erkin hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan buyumlarni etarli darajada sotolmas edilar, chunki quldorlarning pomestelari tobora biqiqlashib borayotgan natural xo‘jalik tusiga kirmoqda edi. Ham mahalliy yer egasi–quldor tomonidan, ham quldorlik davlati tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilingan kolonning xarid quvvati yo‘q darajada edi. O‘rta dengizdagi savdo balansi imperiyaning sharqiy qismiga qaraganda ancha qoloq bo‘lgan g‘arbiy qismi uchun mutlaqo noqulay edi, imperiyaning sharqiy qismi esa iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan va qulay shapoitda edi. Shahar xo‘jaligining tushkunlikka uchrashi munocabati bilan Rim imperiyasida qaramlikning yana bir shakllari vujudga keldi, bu shakllar ham ba’zi jihatdan bo‘lg‘usi feodal tartiblarga o‘hshab ketap edi. Chunonchi; shaharlarda ishlovchi o‘rta hol ep egalari, shahar kuriyalarining a’zolari (kuriallar), ya’ni aholining soliqlarni to‘lashi va hokazolar uchun javobgarlik yuklatilgan, o‘z vazifasidan endi mashaqqat chekayotgan kuriallar majburiy syratda kuriyalarga biriktirib qo‘yila boshladi. Hukumat kuriallik unvonini nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tadigan qilib qo‘ydi. O‘z shahari va kuriyasini o‘zicha tashlab ketuvchi kuriallar hukumat yo‘li bilan jazolanishi, hatto turmaga qamalishi kerak edi. Shu bilan bir vaqtda shahar hunarmandlari ham bundan battarroq va og‘ir tutqinlikka solina boshladi, ular majburiy suratda maxcyc ittifoqlarga - kollegiyalarga uyushtirildi: hunarmandlar, ya’ni kollegiyaa’zolari yashab typgan joyidan ketish huquqidan mahpym qilindi. Kollegiyalar quldorlik davlatiga o‘z hunarining mahsulotlarini topshirishga majbur edi. O‘zining yashab turgan joyidan qochib ketgan shahar hunarmandlari qo‘lga tushirilsa, ularning badaniga temir qizdirib bosilar edi. Hukumat hujjatlarida kollegiyalarga birkitilgan hunarmandlarni ochiqdan-ochiq «davlat qullari» deb atalgan. Shaharlar tushkunlikka uchrab, xo‘jalik qaytadan natural xo‘jalikka aylanib borgan sari qishloqpomestesi – villa xo‘jalik va ijtimoiy hayotning asosiy yacheykasiga aylana bordi. Qudratli senatorlarning ko‘pi hatto Rimda yashamas ham edi, ular pomestelarida yashar edi. Pomeste – villaning tashqi ko‘rinishi ham o‘zgardi. Villalar mustahkamlana boshladi, ular tashqi ko‘rinishi jixatidai keyinchalik vujudga kelgan o‘rta acp qasrlariga birmuncha o‘xshar edi (mustahkamlangan pomeste lotinchasiga «castellum» deb atalardi, O‘pta acp qasrining fransuzcha nomi cvateau shu so‘zdan kelib chiqqan). Yer egasi – magnatniig odatda o‘z qasrida turmasi (carcer) va o‘z qo‘shini bular edi. Uning yon-beridagi maydaroq pomesteli yer egalari (possessores) hamda xususiy mulkka ega bo‘lgan erkin dehqonlarning (rustici) omon qolganlari bu kuchli qo‘shnilaridan xomiylik so‘rardilar va shy tariqa o‘zlariga homiy-himoyachi topib, erlarining chegaralariga o‘sha xomiylarning belgisini qo‘yib qo‘yardilar. Davlat eca bu katta yer egalariga villadagi aholi ustidan politsiya nazorati olib borishni topshirar edi, soliqlarni yig‘ish huquqini berardi, maydaroq ishlar yuzasidan sud qilishga ruxsat etar edi, harbiy xavf paydo bo‘lganda, lashkar to‘plash ham shularga topshirilar edi. Shunday qilib, katta yer egalarining xususiy xokimiyati davlat hokimiyati tusiga, ya’ni xalq ustidan yurgiziladigan hokimiyat tusiga kira boshladi. Imperiyaning oxirgi davrida Rimda quldor-yer egasi ma’lum darajada hukmdor, o‘z pomestesining va o‘z atrofidagi butun okrugning hokimi egasi edi. IV asrda Rim hykumati o‘zining III asrdagi og‘ir inqiroz holatidan birmuncha qutuldi. Imperatorlardan Diokletian (284-305) va Konstantin (30b-337) imperiyaning ma’muriy- moliyaviy apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha isloxotlar o‘tkazdi. Soliqlarning natura shaklida olinishi, soliq solishni tartibga solish maqsadida gox-gox yerlarning va aholining hisobga olib turilishi (hukumat senzlari), ish haqining va mollar narxining normaga solinishi, oltin muomalasining (solid) tiklanishi (Konstantin vaqtida), dexqonlar-kolonlarning, hunarmandlar-kollegiatlarning amalda tutqunlikka solinishini yuridik yo‘l bilan rasmiylashtirilishi va boshqalar – bularning hammasi quldorlar guruxining tushkunlikka yuz tutgan davlat tuzumini va ijtimoiy tuzumni mustaxkamlashga zo‘p berib uringanini ko‘rsatadi. Imperator hokimiyati hap qanday qilib bo‘lsa ham o‘z mavqeini mustaxkamlashga intilib, ochiqdan-ochiq diktatorlik tusini oldi. Prinsipat o‘rnini, ya’ni hali respublikaga xoc bo‘lgan ba’zi traditsiyalarni saqlab qolgan imperator hokimiyati o‘rnini doimiy, muntazam mutloq yakka xokimiyatning bir shakli bo‘lgan va Sharqdagi qadimgi despotik (mustabid) monarxiya podsholari hokimiyatiga o‘xshash despotik hokimiyat tashkiloti bo‘lgan dominat egalladi. Diokletian o‘zining batamom ilohiylashtirilishini va jumladan, xudoga atab qurbonlik qilingani singari, unga ham atab qurbonlik qilinishini talab qildi. Diokletian va Konstantin vaqtida chinovniklar byurokratiyasi(xukumat amaldorlari) xaddan tashqari kuchaytirildi. Senatlar amalda haqiqiy hukmron yuqori organlik ahamiyatini yo‘qotib, o‘z o‘rnini imperatorning konsistoriya deb atalgan byurokratik kengashiga berdi, bu kengashning a’zolari imperator xuzurida xatto o‘tirolmas ham edilar. Yuqorida aytib o‘tilgan impepatorlar vaqtida doimiy muntazam qo‘shin ancha ko‘paytirildi; shu bilan birga qo‘shinning ko‘pchilik qismi imperiyaga yollanib hizmat qiladigan varvar otryadlaridan iborat edi. Shu narsa xarakterliki, imperiyani markazlashtirish sari bunday intilish bilan bir qatorda Rimning keyingi asrlardagi imperator hokimiyati o‘z oqibati jihatidan markazlashtirishga butunlay zid bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirdi. Yuqorida aytib o‘tilganidek imperatorlik maxalliy magnatlarning xycysiy xokimiyatini (xalqqa hukmronlik qilish funksiyalarini ham) tan olgan edilar, bundan tashqari Diokletian imperiyani to‘rt qismga (ikki Avgust bilan ikki Sezar o‘rtasida) taqsim qilib, tetrarxiya deb atalgan narsani joriy qildi, xar bir hokimga muayyan viloyatlar va maxcyc poytaxt ajratib berdi. Konstantin yana yakka hokimlikni tikladi. Lekin y o‘lgandan keyin imperiya yana ikki yoki uch qismga bo‘linib ketdi. 395-yilda imperator Feodosiy I o‘lgandan keyin imperiya butunlay mustaqil va hatto bir-biriga dushman bo‘lgan ikki qismga – G‘arbiy va Sharqiy qismlarga o‘zil-kesil bo‘linib ketdi30. III acr oxirida – IV asrning boshlarida imperiyaning siyosiy markazi Sharqqa ko‘chdi. Yangi Rim yoki Konstantinopol imperiyani siyosiy markazi bo‘lib qoldi, bu shaharni Konstantin Buyuk antik zamondagi Vizantiya shahri o‘rnashgan joyga qurgan edi. Konstantinning quldorlik tuzumini mustaxkamlashga qaratilgan isloxotlaridan biri xristian cherkovining davlat dini deb tanilishi bo‘ldi. Bu voqea so‘nggi Rim imperiyasi tarixida jyda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, shuningdek, kelgusidagi o‘rta asrlar tarixi uchyn ham tayyorgarlik daqiqalaridan biri bo‘lib, juda katta rol o‘ynadi. Dastavval imperiya tarkibida maxcyc ierarxiyaga (“ma’murlar darajasiga”), katta ep egalariga, kishilar qaramligining yangi shakllariga – ch e r k o v q u l l a r i deb atalgan qullarga (servi ecclesiastici) – bularning ahvoli kolonlarning ahvolidan o‘zga emas edi –molik bo‘lgan kuchli yangi bir ijtimoiy tashkilot vujudga keldi. Bu vaqtda (IV acp boshlarida) xristian cherkovi o‘zining ijtimoiy tarkibini juda ham o‘zgartirib yubordi. Ilgari, I–II asrlarda, xristian cherkovi muxlislarining asosiy ommasi qullardan, shaharlardagi qashshoqlashgan elementlardan, qisqasi, ijtimoiy jihatdan ezilgan va hak-huquqdan mahpym qilingan kishilardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi xristianlikka o‘rta tabaqalar va xatto aristokratiya vakillari xam utdilar. CHerkov endi mavjud quldorlik tuzumiga qarshi chikmay qo‘ydi, balki o‘z tashkilotini ushbu tuzum sharoitlariga moslashtirishga intilib, o‘zi katta er egasi aylana bordi. Xristianlik davlat diniga aylanganidan keyin haqiqatda mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishga fatvo berdi. Cherkovda e’tiborli episkoplar vujudga kelib bular tez vaqt ichida boyib ketdi va joylarda siyosiy ta’sir orttirdi. Chunonchi, shaharlarning episkoplari go‘yo himoyachilar (defensorlar) bo‘lib, shaharlarning jimoyachi-xomiylari va shaharlar bilan impepator ma’muriyati o‘rtasida vositachidek edi. Cherkov imperiya viloyatlaridagi «varvarlar» o‘rtasida «missionerlik» faoliyatini keng suratda qizitib yubordi. IV asrda va ayniqsa V asrda qo‘shni varvar vabilalarining (Ya’ni rimlik bo‘lmagan qabilalarning) ko‘pi xristianlikni qabul qildi. Eng muhim shaharlar – Rim, Aleksandriya., Konstantinopol, Antioxiya, Quddus –V asrda o‘zil-kesil patriarx unvonini oldilar (Rim va Aleksandriya patriarxlari papa deb ham atalar edi). 30 World and Global History: Research and teaching. Patriarxlarga mitropolitlar va arxiepiskoplar bo‘ysunar edilar, arxiepiskoplarga esa cherkovga ayrim okruglarni – eparxiyalarni boshqaruvchi oddiy episkoplar itoat qilar edi; eparxiyalar o‘z navbatida maxalliy jamoa-qavmlardan tashkil topgan edi, ularning tepasida ruxoniylar (poplar) – presviteplar turar edi. Butun imperiya territoriyasidagi davlat dini tashkiloti ustida turgan cherkov, endi o‘zini k a t o l i k yoki b u t u n j a x o n ch e r k o v i deb xisobladi. Unga itoat qilmagan oqimlar yoki guruhlarni (sektalarni) yeretik deb, ularning ta’limotini eres deb e’lon qilinadi. Hukmron cherkov manfaatlarini himoya qilib typgan davlat IV–V asrlardayoq eretiklarni sistematik ravishda ta’qib qilib, ularga nisbatan qattiq jazo chopalarini ishga soldi. Xristian cherkovining rivojlanishi va rasmiylashuvi, unga qarashli yerlarning ko‘payib borishi, qullikning cherkov pomestelaridagi birmuncha yumshatilgan yangi shakli, cherkoviing varvarlar olami bilan aloqa qilishi va ularning asta-sekin xristianlashtirilishi - bularning xammasi o‘rta asrlardagi yangi tuzumning ma’lum darajada tayyorlanishi edi. Papalik va Rim-katolik cherkovi g‘arbdagi o‘rta asrlarning taqdirini xal qilishda keyinchalik juda katta tarixiy rol o‘ynadi. Imperiyaning inqirozi IV acp oxirida –V acp boshlarida yumshash u yoqda tursin, yana battarroq keskinlashdi. Ko‘gina ijtimoiy-siyosiy isloxotlar o‘tkazilishiga qaramay, dinning o‘zgarishiga qaramay, qullarni ekspluatatsiya qilish щaklini (plantatorlarning kazarma sharoitidagi qullarini obrok to‘laydigan qullarga va kolonlarga aylantirish yo‘li bilan) yumshatishga xarakat qilinishiga qaramay, Rim jamiyati quldorlikka asoslangan jamiyat holicha qolganda, tiklanolmas edi. Rim imperiyasining davlat mashinasini — quldorlik jamiyatining eng muhim siyosiy quroli bo‘lgan bu davlat mashinasini sindirib tashlash, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o‘sishini va jamiyatning rivojlanishini ta’minlash uchun quldorlik tuzumini yo‘qqilish kabi bunday juda katta ijtimoiy o‘zgarishlarning haraqatlantiruvchi kuchlari Rim jamiyatining o‘zidagi ezilgan guruhlar hamda varvarlar bo‘ldi. Qullar, kolonlar, shahar hunarmandlari III–V asrlar davomida o‘z zolimlariga, ayrim quldorlarga va Rim quldorlik imperiyasining o‘ziga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Galliya va Ispaniyada bagaudlarning III – V asrdagi qo‘zg‘oloni, Shimoliy Afrikada sipkumsellionlar yoki agonistiklarning IV asrdagi – V asrning boshlaridagi xarakati, Retsiya, Pannoniya va Norikada sukamarlarning V asp o‘rtalaridagi g‘alayonlari bunga yaqqol dalildir. Lekin Rimdagi ezilgan ommaning jtimoiy kuchlari tarqoq, sochilgan, mutlaqo uyushmagan edi. Ularning chiqishlari, odatda, mag‘lubiyat bilan tugar edi. Biroqquldorlik Rimga qarshi imperiya aholisining pastki tabaqalaridan tashqari yana bir kuch-qo‘shni varvarlar ham bosh ko‘tardi. Rim imperiyasining qiyin ahvolga tushib qolganligidan foydalanib, bo‘sh yer va boshqa xil o‘lkalar payida bo‘lgan varvarlap IV – V asrlarda bular asosan turli german qabilalari edi), keyinchalik slavyanlar va shuningdek boshqa xalqlar viloyat ketidan viloyatni qo‘lga ola boshladilarki, nihoyat, 476-yilda G‘arbiy Rim imperatorlari hokimyatini butunlay yo‘qqildilar, bu vaqtda G‘arbiy Rim imperatorlari qo‘lida birgina Italiya qolgan edi. G‘arbiy Rim imperiyasi territoriyasida mayda va ancha yirik varvar qirolliklari vujudga keldi, bu qirolliklarda yangi ijtimoiy tuzum yaratilishi uchun (Rimdagiga qaraganda) qulayroq sharoitlar tug‘ildi. Varvarlariing Rim imperiyasita bo‘lgan munosabati IV acp oxirlariga kelib juda ham keskinlashib ketdi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar qabilalariga imperiya chegarasidan deyarli bemalol o‘tib, uning territoriyasini egallab olish uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to‘xtatib tura olap edi, lekin u, imperiyaga federat-ittifoqchilar tarzida xizmat qilayotgan varvarlarning o‘zining yordamiga tayangan choqdagina shunday qila olar edi. Ammo federatlarning dushmanga aylanishi oson edi; buning oldini olish uchun imperiya ularga tobora kuppoq yon berishga majbur bo‘lmoqda edi. II – IV acp o‘rtalarida o‘zlarining ishlab chiqarish kuchlarini anchagina rivojlantirdilar. Ular erlarini Sezar va Tatsit zamonidagidan yaxshiroq ishlay boshladilar. Ularda hayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) yaxshilandi. Xunarmandchilikni rivojlantirishda ancha ilgarilab ketildi. Germaniyaning ko‘p joylarida ep ustidagi yoki uncha katta bo‘lmagan chuqurlikdagi rudalar ishlana boshlandi. Cherapa oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi- sotdi qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora ko‘payib borganligi uchun yer masalasi juda keskin masala bo‘lib qoldi. Varvarlar aholining oshib-toshib kyotayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishg‘ol qilishga intildilap. Butun bir varvar qabilalarini Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga olib kelgan eng muhim va asosiy sabab ep tanqisligi edi. Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. German jamiyatining tobora ko‘proq tabaqalanib borishi – zodagonlarning ajralib chiqishi, ularga qaram bo‘lgan kishilar sonining ko‘payishi va hokazolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta-katta ittifoqlarga birlashuv jarayoni ham yuz bermoqda edi. Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim orolida angl-saksqabilalari birlashmasi; O‘pta Reynda frankqabilalari ittifoqi; Yuqori Reynda allemanlar ittifoqi (bunga kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Elbada va Elbaning narigi tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi. IV asriing oxirlaridan boshlab va ayniqsa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yo‘l olib, uni asta-sekin istilo qila boshladilar. To‘g‘ri, bu istilo qilish qariyb butun bir asrga cho‘zildi. Ancha vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning «ittifoqchilari» deb qaraldi. Biroq zamondoshlar bu nomga aldanmadi, g‘arbiy Rim imperiyasining tobora qulab borayotganligi shubxasiz haqiqat edi. Chunki varvarlar imperiyasi istilo etish bilan bir vaqtda imperiya territoriyasiga o‘zlarining butun oilalari, uy anjomlari, sigir-buzoqlari va hokazolari bilan ko‘chib kelib, o‘rnashayotgan edilar. Shuning uchun IV asrning oxirini va V asrning hammasini o‘z ichiga olgan bu davrni tarixchilar odatda Xalqlarning buyuk ko‘chish davri deb ataydilar. Bu ko‘chish imperiya territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi, deb xisoblanadi. Ostgotlar(sharqiy gotlar) va vestgotlapninr(g‘arbiy gotlar) imperiya bilan totuv yashashlari mumkindek tuyular edi. O‘sha vaqtda Yevropaning janubi-sharqida bu varvarlarning juda keng er maydonlari bor edi. Vestgotlarda ham, ostgotlarda ham hech qanday «yer qaxatchiligi» yo‘q edi. To‘g‘ri, ostgot zodagonlari goh-goh Bolqon yarim oroliga xujum qilib turar edilar. Lekin ikkinchi tomondan, gotlar Sharqiy Rim imperiyasi bilan tinch savdo aloqalari xam olib borar edilar. Gotlar xristianlikni sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. Gotlar o‘rtasida xristianlikni targ‘ib qilgan kishi episkop Ulfila bo‘ldi, u injilni va diniy kitoblarni got tiliga tarjima qildi. Ikki davlatning eng kuchlisi – Ostgotlar davlati bo‘lib, U ko‘p qabilali ittifoq edi, bu ittifoq o‘zining ostgot qabilasidan tashqari, slavyan va sharqiy capmat qabilalaridan bir qanchasini o‘z ichiga olgan edi, bu davlatga qirol Germanarix 50 yil boshchilik qildi (u 375- yilda vafot etdi). Ostgotlarning o‘zlari mahalliy madaniyat ta’siriga anchagina berilib, majalliy aholi bilan qisman aralashib keta boshlagan edi. Qora dengiz bo‘yidagi gotlapga Qora dengiz bo‘yidagi yunon koloniyalarining va ayniqsa Bospor podsholigining antik madaniyati anchagina o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 375-yilda Qora dengiz bo‘yiga Osiyodan juda ko‘p sonli xunlarqabilasi keldi. Xunlar (bularning bir qismi turk irqidan, bir qismi mo‘g‘ul irqidan bo‘lsa kerak) ko‘chmanchi xalq bo‘lib, bip vaqtlar Xitoy chegaralarida yashar edilar, keyin ular butun O‘pta Osiyoni bosib o‘tib, nihoyat, Janubiy Ural bilan Kaspiy dengizi o‘rtasidagi ”kaspiy darvozasi” orqali Don va Dnepr xavzasiga kirib bordilar. Xunlar ostgotlar ittifoqiga qaqshatgich zarba berdilar. Xunlar ostgotlarni o‘zlariga bo‘ysundirib, ular bilan birgalikda vestgotlar ustiga yurish qildilar. Xunlar tomonidan tor-mor qilinish va bo‘ysundirilishdan qurqib, vestgotlarning boshliqlari Sharqiy Rim imperatori bilan muzokara boshladilar va Dunaydan o‘tib, federatlar sifatida Bolqon yarim oroliga joylashish uchun undan ijozat so‘radilar. Konstantinopol xukumati bunga rozi bo‘ldi, shundan keyin 376-yilda bir million kishiga yaqin vestgotlar (bulardan 200 mingi jangchi erkaklar edi) Dunaydan o‘tdilar. Ularga joylashish uchun hozirgi Bolgariyaning Meziya oblasti ajratib berildi. Vestgotlarning Dunaydan o‘tishi yuzaki qaraganda aytarli bir narsa emasdek edi. Rimliklaryaing butun-butun qabilalarni federat qilib qabul qilish hollari ilgari ham bo‘lgan edi. Lekin xaqiqatda esa vestgotlarning Bolqon yarim orolida paydo bo‘lishi katta oqibatlarga olib keldi. Varvarlarga nicbatan jabr-zulm va o‘zboshimchalik qilgan imperiya amaldorlari bilan chiqisha olmay, vectgotlar tez orada Rim hukumatiga qarshi qo‘zgolon ko‘tarib, «federatlikdan» (ittifoqchi) endi imperiya hukumatining xavfli dushmanlariga aylandilar. Bularga mahalliy konlarda ishlayotgan yerli qullar ham (ularning ham ko‘pchiligi aslida varvarlardan edi) qo‘shildilar. Vestgotlar Bolqon yarim orolining janubiga qarab yo‘l oldilar. 378-yili ular Adrionopolga yaqin joyda Rim qo‘shinlarini tor-mor qildilar; bu qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan imperator Valent o‘ldirildi. Vestgotlar Konstantinopolga yaqinlashib kelmoqda edilar. Yangi imperator Feodosiy (379-395) do‘q-po‘pisa qilib, bir bo‘lsa diplomatik muzokara yurgizib vestgotlarni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ldi, ularga Bolqon yarim orolining turli joylaridan yangi, serhosil erlarni ajratib berdi. Keyinchalik, 90-yillarda hozirgi Bolqon yarim oroli territoriyasidagi Illiriya viloyati vestgotlarga berildi. Feodosiy o‘lgandan keyin Rim imperiyasi uning o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlandi. Sharqda Arkadiy (395-408), G‘arbda – Gonoriy (395-423) idora qila boshladi. Aka-uka imperatorlarning ikkalasi ham bir-biriga dushman edi. Konstantinopol hukumati vestgotlarni G‘arbiy Rim imperiyasiga qarshi qo‘zg‘atishga qasddan harakat qildi. Gonoriyning lashkarboshisi Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaqtda vestgotlarning Italiyaga qilgan hujumini to‘xtatib turdi. U hatto Britaniyadagi rim legionlarini (407-yilda) chaqirib keltirdi, legionlarning bu vaqtida Italiyaning o‘zida bo‘lishi nihoyat darajada zapup edi. Biroq saroy ahli o‘rtasidagi fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan tushirildi qa o‘ldirildi. Vestgotlar qiroli Alarix endi qattiqqarshilikka uchramay, 409-yilda Italiya territoriyasiga kirib bordi. Keyingi yilda Alarix Rimga juda katta tovon soldi. Shu narsa xarakterliki; Alarix Rimni qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qul Alarix tomoniga o‘tdi. Bulardan tashqari, Alarixni qo‘pchiligi varvar-germanlardan iborat g‘arbiy imperator armiyasining ko‘pchilik qismi qo‘llab-quvvatladi. Vestgotlar Rimni 410-yilning 24- avgustida bosib oldilar. Rimliklarning poytaxti bir necha kungacha talon-taroj qilindi. Rimdagi qullar zodagonlarning ko‘plari o‘ldirildi, asir olindi va qul qilib sotildi, rimliklarning bir qismi qo‘rquvga tushib, Shimoliy Afrikaga va Bolqon yarim oroliga qarab qochdilar. Alarix so‘ngra Sitsiliyaga, u yerdan eca Shimoliy Afrikaga yurish qilmoqchi edi. Buning sababi Italiyada oziq-ovqat yo‘qligi edi, Italiyada qishloq xo‘jaligi butunlay tushkunlikka uchragan edi, maxalliy aholining o‘z g‘allasi o‘ziga etmas edi. Lekin vestgotlarning Afrikaga yurish qilish mo‘ljali amalga oshmadi. Bu yurish uchun flot tayyorlanayotgan o‘sha 410 -yili Alarix o‘ldi. Italiyada bir oz vaqt turgandan keyin, vestgotlar Gonoriy hukumati bilan kelishib, Janubiy Galliyaga o‘tdilar va U yerda 419-yili Rim impepiyasi territoriyasida dastlabki varvarlar qirolligini tuzdilar, uning poytaxti Tuluza shaxri bo‘ldi. Tuluza qirolligi Rim imperatoriga nomigagina qapam hisoblanar edi. Aslida U butunlay mustaqil edi. Galliyaga ko‘chib o‘tganlaridan keyin vestgotlar juda ko‘p yerlarni boshqatdan taqsimladilar. Ular mahalliy galliyalik-rimlik quldorlar ixtiyoridagi yerlarning Uchdan ikki qismini undagi qullar, binolar, qishloq xo‘jalik asbob-uskunalari va boshqa narsalapi bilan birgalikda musodara qilib, o‘zaro bo‘lishib oldilar, katta-katta latifundiyalardagi eng yaxshi yerlarni, qullarni va asbob-uskunalarni qirol bilan zodagonlar oldi. Oddiy vestgot jangchi dehqonlar o‘zlarining oilaviy chek yerlarini – sogtes-ya’ni, aynan olganda qur’aga (chekiga) chiqqan yerlarni oldilar, bular: xaydaladigan yerlardan, jamoaga qarashli yer-mulklar – o‘rmonlar, yaylovlar va boshqalardan iborat edi. Keyincha V asrning oxiri – VI asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar qirolligi Pireney tog‘larining narigi tomoniga Ispaniyaga ham yoyildi. Uning poytaxti Toledo shahriga ko‘chirildi. Taxminan, Galliyada vestgotlar o‘z davlatini vujudga keltirgan vaqtda, boshqa bir gurux varvar qabilalari Pireney yarim oroliga bostirib kirdi. Bular svevlar bilan vandallar edi. Svevlar yarim orolning shimoli-g‘arbiy qismini bosib oldilar, vandallar janubga kirib borib, birmuncha vaqtgacha Gvadiana daryosi janubidagi territoriyada yashadilar. Xozirgi vaqtda ham shu viloyat Andaluziya deb ataladi (dastlabki vaqtlarda Vandalusiya deb atalar edi). Vandallar bu yerdan qirol Geyzerix boshchiligida Shimoliy Afrikaga xujum qildilar. Vandallar Shimoliy Afrika aholisining quyi tabaqalarn orasida Rim xukumatining va katta quldorlarning e’tibori yo‘qligidan foydalanib, bu keng territoriyaning bosib oldilar va 439- yildaRim imperiyasi territoriyasida ikkinchi varvar qirolligini vujudga keltirdilap, bu davlatning poytaxti qadimgi Karfagen bo‘ldi. Vandallar Rim zodagonlarining juda ko‘p erlarini ham musodara qildilar. Lekin ularning o‘zlarida ham zodagonlar tezlik bilan tarkib topmoqda edi, bu zodagonlar bosib olingan erlar, olingan qullar va boshqa xil o‘ljalar xisobiga boyib ketdi. Vandal zodagonlari Italiyaga qilingan bosqinchilik xujumlari natijasida ayniqsa boyigan edi. 455 yilda vandallar Rimni bosib olib, vestgotlarning 410-yildagi talon-torojidan battarroq misli ko‘rilmagan darajada taladilap va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodip qadimgi yodgorliklarini ayovsiz buzib tashladilar. Shu sababli «vandalizm» degan so‘z madaniyat yodgorliklarini vaxshiyona vayron qilish timsoli bo‘lib qoldi. V acp o‘rtalarida 443-yil bilan 457-yil oralig‘ida Rona daryosi xavzasida yana bir varvar qirolligi vujudga keldi, bu qirollikning poytaxti Lion shaxri bo‘ldi. Bu Burgundiya qirolligi bo‘lib, hajmi jihatidan birmuncha kichikroq bo‘lsa-da, xozirgi Fransiyaning janubi-sharqiy, geografik va strategik jihatdan juda muhim va serhosil joyni ishg‘ol qildi. Bu qirollik vujudga kelishi natijasida imperiyaning shimoliy Galliya bilan aloqasi uzilib qoldi. Shunday qilib, G‘arbiy Rim imperiyasi o‘sha vaqtdan boshlab haqiqatdan birgina Italiyaning o‘z doirasi bilan cheklanib qoldi. Burgundlar ham mahalliy galliyalik-rimlik zodagonlarning erlarini tortib oldilar, lekin bu tortib olish vestgotlar o‘tkazgan musodaraga qaraganda birmuncha kichikroqhajmda bo‘ldi. Burgundlar son jihatidan xiyla oz bo‘lib, IV asrda uzoq vaqtgacha yuqori Reynda rimliklar bilan yonma-yon yashadilar (Ularning usha vaqtdagi poytaxti Vorms shahri edi), ular tez vaqt ichida romanlashib, V asrdayoq lotin tilini, rimliklarning urf-odatlarini va ularning mulkiy munosabatlarini o‘zlashtirib oldilar. Biroq, shunga qaramay, Burgundiyaning asosiy aholisini bu erda o‘zlariga chek yerlar olgan varvar dehqonlar tashkil etar edi. Vestgot, Vandal va Burgundiya qirolliklaritshng vujudga kelishi bilan G‘arbiy Rim imperiyasining ahvoli nihoyat darajada mushkullashib qoldi. Bu vaqtda imperiyani idora qilib turgan imperator Valentinian III (425-455) sonda bor, salmoqda yo‘q bir odam edi. Lekin uning ministri (uni tarixchilar ba’zan «so‘nggi buyuk rimlik» deb atap edilar) Aesiy xiyla romanlashgan varvarlarning birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab qolishga zo‘r berib harakat qildi. V acp o‘rtalarida imperiya uchun eng xavfli dushman - xunlar bo‘ldi. V asrning dastlabki uchdan bir qismi ichida xunn qabilalari g‘ayratli va shijoatli qirol Atilla (435-453) qo‘l ostida birlashdilar. Atillaning poytaxti Tissa daryosi qirg‘og‘i – hozirri Vengriya territoriyasida edi. Shu joydan Atilla uzoq-uzoq joylarga Bolqon yarim oroliga, Kichik Osiyoga, Armanistonga va hatto Mesopotamiyaga yurishlar qildi. Atilla olib borgan urushlap ochiqdan-ochiq bosqinchilik, talonchilik urushlar edi. Unga Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori katta xiroj to‘lar edi. Dunay yonida yashovchi ko‘pgina slavyan qabilalari xunnlarga qapam edilar. 50-yillariing boshida Atilla g‘arbga yurish qildi va 451-yili Galliyaga bostirib kirib, bu yerda ko‘p shaharlarni bosib oldi hamda Galliyaning eng muhim strategik punkti bo‘lgan Orlean shahrigacha etib bordi. Uzoq vaqt qamal qilingandan keyin Orlean xunlar tomonidan olindi, lekin Aesiy Atillaga qarshi varvarlar federatsiyasini to‘zishga muvaffaq bo‘ldi va Atillani Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Atilla ko‘p sonli lashkarlari bilan birgalikda yanada sharqqa – orqaga burilib (Lans shahri orqali) Trua shahri tomonga qarab yo‘l oldi. Aesiy uning ketidan bordi. 451- yil 15- iyunda Trua shahri yaqinida (bu shaharga keyin Shampan deb nom berildi), Katalaun dalalari deb atalgan joyda «xalqlar jangi» bo‘ldi. Rimliklarning federatlari: vestgotlar, burgundlar, franklar rimliklar tomonida turib urushdilar; Atilla qo‘l ostida esa, xunnlarning o‘zidan tashqari, ostgotlar va boshqa mayda-mayda sharqiy german qabilalari hamda qisman slavyanlar va janubi-sharqiy Yevropadagi turli capmat qabilalari bor edi. Atilla mag‘lubiyatta uchradi. Rimliklap g‘alaba qozondilar, bu g‘alaba ularning oxirgi g‘alabasi edi: Lekin ular endi bu g‘alaba samaralaridan foydalana olmas edilar. Ularning o‘z ittifoqchilariga – varvarlarga bo‘lgan qaramligi endi xap qachongidan xam kuchayib ketgan edi. Vestgot va Burgundiya qirolliklari to‘la mustaqillik oldilar. Atillaning o‘zi eca kelasi, 452-yilda Italiyaga yupish qildi, lekin Rimni olishdan voz kechdi, qimmatbaxo in’omlar va xiroj olish bilan cheklanib qo‘ya qoldi. 453-yilda Atilla o‘ldi. Uning naridan-beri tuzilgan, ko‘p qabilali xarbiy davlati tezda quladi. Xunlarning o‘zlari esa maxalliy aholi bilan aralashib ketdi. Vizantiya manbalarida VII asrdan boshlab ularni butunlay esga olinmadi31. Demak, endi xunlar «davlati» yo‘q bo‘lib ketganidan keyin Rim imperiyasining ahvoli yaxshilanishi kerak edi. Lekin uning resurslari butunlay tugab qolgan edi. Tashqi xavf kamaygandan keyin ichki qarama-qarshiliklar keskinlashib ketdi. Atilla o‘lgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar avj olib ketdi, natijada Aesiyning o‘zi xalok bo‘ldi. Aesiy Rimning so‘nggi davrdagi davlat arboblari ichida eng ko‘zga ko‘ringan kishi edi. Imperatorning buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Aesiydan keyin Valentinian III o‘zi ham o‘ldirildi. Shundan keyin vandallar (455-y.) xujum qilib, Rimni o‘n to‘rt kun taladilar, bu xujum imperiyani o‘zil-kecil xalok qildi. Italiyani nomigagina taxtda o‘tirgan imperatorlar nomidan yollanma varvar drujinalarining boshliqlari idora qildi. Shu drujina boshliqlaridan biri Odoakr (kichkinagina bir german qabilasining – skerlarning boshlig‘i) 476- yilda Rimning oxirgi imperatori go‘dak Romul Avgustulni taxtdan tushirib, imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga, sharqiy imperatorga yubopdi. Shunday qilib, G‘arbiy Rim imperiyasi rasmiy jixatdan xam tamom bo‘ldi. Uning markazi Parij bo‘lgan Shimoliy Galliyadagi qolgan-qutgan territoriyasini 10-yildan keyin (486-yilda) frank qiroli Xlodvig bosib oldi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling