Likasi oli
Download 1.32 Mb.
|
JAHON TARIXI MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ==================================================
MUSTAQIL ISH MAVZULARI:
==================================================Tarix yo’nalishi 1-kurs talabalariga “Jahon tarixi” fanidan GLOSSARIY===================================================II SEMESTR UCHUNGerodot – (er. avv. 485-425-yillar atrofida kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug’ilgan) ilk bor ko’rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib hikoya qilishga kirishdi. U o’zining 9 jildli odatda “Tarix” (yunoncha Istoriya-“Tasvir” ma’nosini bildiradi.) yoki “Muzalar” deb ataladigan tarixiy asarini asosan yunon-fors urushlariga bag’ishladi, lekin bayon qilish davomida muallif Misr, Eron, skiflar tarixiga ham murojaat qiladi. “Tarix otasi” ning mushohadasi to’la an’anaviy bo’lib, tarixda ezgulikni taqdirlovchi, yovuzlikni jazolovchi ilohiy adolatni qurdi. Gerodot insonlar faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi. Tragediya – “echkilar qo’shig’i”. Qadimgi Yunonistonda vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlarning aytadigan xor qo’shiqlaridan kelib chiqdi. Er.avv. VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday “Echkilar xori” yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika Tragediyasining tug’ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy bayramlarini ta’sis etish bo’ldi. “Kalliy sulhi” – Yunon davlatlari va Eron o’rtasidagi urush miloddan avvalgi 449 yilga qadar , yani 43 yil davom etgan. O`sha yili yunonlar bilan sulh tuzganlar. Bu sulh yunonlar tomonining vakili afinalik Kalliy nomi bilan "Kalliy sulhi" deb ataladi. Sulh ahdlariga ko`ra, eronliklar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling