Likasi oli
Miltiad – er. avv. 554-489-yillarda yashab o’tgan yunon siyosiy arbobi va sarkardasi. Salamin jangi
Download 1.32 Mb.
|
JAHON TARIXI MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mark Tulliy Siseron
Miltiad – er. avv. 554-489-yillarda yashab o’tgan yunon siyosiy arbobi va sarkardasi.
Salamin jangi – er. avv. 480-yil 28-sentyabrda yunonlar va forlar o’rtasida bo’lib o’tgan dengiz jangi. Jangda yunon floti g’alaba qozongan. Femistokl – 524-459-yillarda yashab o’tgan Afina siyosiy arbobi, sarkarda. Yunon – Eron urushlari (er. avv. 500-449) davrida muhum ahamiyat kasb etgan. Marafon jangida ishtirok etgan 10 strategni biri. Salamin jangi (er. avv. 480) da Afina flotiga qo’mondonlik qilgan. Aristid – 530-467-yillarda yashab o’tgan Afina siyosiy arbobi, mashhur sarkarda. Yunon – Eron urushlari (er. avv. 500-449) davrida muhum ahamiyat kasb etgan. Er. avv. 482- yilda ostrakonizm natijasida Afinadan quvilgan. Kimon – 510-450-yillarda yashab o’tgan Afina siyosiy arbobi, mashhur sarkarda. Afsonaviy sarkarda Miltiadning o’gli. Yunon – Eron urushlari (er. avv. 500-449) davridagi bir qator janglarda (Salamin – er. avv. 480, Evrimedonte - er. avv. 469/466) ishtirok etgan. Perikl – er. avv. 494-429-yillarda yashab o’tgan diplomat, davlat arbobi, notiq. Afina tarixidagi eng mashhur davlat arboblaridan biri. Er. avv. 444-429-yillarda strateg vazifasini bajargan. U Afina davlat tuzumini yanada demokratlashtirgan. Teatr – yunoncha so`z bo`lib, "tomoshalar joyi" degan ma'noni bildiradi. Qadimgi yunon teatri ham san'atining bir turi bo`lib, miloddan avvalgi VI asrlarda paydo bo`lgan. Teatr yunon madaniyatining eng ajoyib hodisalardan biridir. Yunon teatri qishloq xo`jaligi homiysi bo`lgan xudo Dionis sharafiga o`tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo`shiqlari va o`yinlari asosida vujudga kelgan. Mark Tulliy Siseron (er. avv. 106-43) – Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Siseron o’z vaqtida senator bo’lgan va er. avv. 63-yilda konsul bo’lgan. “Vatan otasi” unvoni bilan taqdirlangan. Etrusklar – Italiya hududida dastlabki davlat tuzgan xalqlardan biri edi. Qadimgi rimliklar ularni «tusklar» yunonlar «tirrenlar»: o`zlari esa o`zlarini «rasen» lar deb nomlaganlar. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda etrusklar Padus (Po) daryosining quyi oqimi bilan Tibr daryosi oralig`idagi yerlarda yashaganlar. Etrusklar uchraygan vaqtlarda Ilva, Korsika orolining sharqiy sohillarini va Kampaniyaning bir qismini ham bosib olganlar. Etrusklarning kelib chiqishi qadim zamonlardayoq olimlar diqqatini o`ziga tortgan. O`sha davrning ko`p olimlari etrusklarning ota-bobolari Apennin yarim oroliga Kichik Osiyoning g`arbiy qismidan ko`chib kelib joylashganlar, keyinchalik mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar, deb hisoblaydilar. Olimlarning boshqa bir guruhi esa ularni Italiyaning azaliy tub aholisi, deb aytganlar. Arxeolog va tilshunos olimlarning ma'lumotlariga qaraganda, ular Italiyaga miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillikning boshlarida ko`chib kelganlar. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling