Likvidlilik ko’rsatkichlar tahlili. Reja; Kirish Asosiy qism
Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi…
Download 123.13 Kb.
|
Rasulov Suxrob 819
Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi…
Likvid mablag’lar darajasini baholashda avvalo bank aktivlarining moliyaviy bozordagi holati o’rganilishi lozim bo’ladi. Hech qaysi bank resurslar bozoridagi raqobat tekshiruvlaridan o’tmasdan turib, yuqori likvid mablag’larga ega bo’lavermaydi. Shuning uchun bank rahbariyati likvidlik strategiyasini belgilab olishi va uni doimiy ravishda nazoart qilib borishi lozim. Tijorat banklari likvidlikni oshirishda avvalo balansining aktiv qismida bank likvidligini boshqarish uchun sotilishi oson bo’lgan yuqori likvidli aktivlarni, masalan DQMO ni harid qilish yoki ularga egalik qilish yoxud zaxiralarni ko’proq tashkil qilish va sotilishi qiyinchilik tug’dirmaydigan pul mablag’lariga aylantirish ko’p vaqtni olmaydigan qisqa muddatli qo’yilmalarni amalga oshirish yo’li bilan erishishlari mumkin. Banklarning likvidliligini oshirishda avvalo joriy likvidlik holati baholanadi, so’ngra resurslarga bo’lgan talabning davriy o’zgarib turishi, resurslarga bo’lgan talablarning mo’ljallanayotgan o’zgarishlari, zarur resurslar manbalari o’rganib chiqiladi. Bundan tashqari, rahbariyat banklararo bozorda aktivlarni sotish va harid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim, bunda albatta jalb etilayotgan resurslar tannarxi va sifatiga ahamiyat berish o’rinli. Chunki, bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta’sir ko’rsatadi. Bankda muammoli kreditlar, muddati o’tgan, foyda keltirmaydigan kreditlar salmog’ining yuqoriligi, pul mablag’lari harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib kelishi mumkin, shu tufayli bank faoliyatining barqaror va likvid bo’lishi uning resurslarining manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya usulidan foydalanganligiga ham bog’liq. Agar, tijorat banki mablag’larining asosiy qismini sanoqli ixtisoslashgan yoki yirik ob’ektlar mablag’lari yoki davlatning mablag’lari hisobidan tashkil qiladigan bo’lsa, bankning shu sub’ektlar depozitlariga qaramligini ko’rsatadi va sub’ektlar tomonidan turli xil byudjet to’lovlarini amalga oshirish, ish haqi to’lash bo’yicha depozitdan mablag’lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori bo’lishiga olib keladi. Undan tashqari, bank likvidliligi bankning kapitali va daromadliligini hisobga olgan holda bankning umumiy moliyaviy holatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bankning moliyaviy holati yomon bo’lsa, talab qilinayotgan resurslarni yuqori narxda olishi yoki banklararo kredit resurslari bozoriga kira olmasligi mumkin. Bu esa o’z navbatida bank resurslarining etishmasligiga olib keladi va bank balansi nolikvid holatga kelib qolishi mumkin. Respublikamizdagi barcha tijorat banklari joriy likvidlilik bo’yicha o’rnatilgan me’yorga javob beradi. Ayniqsa, ATB Uzsanoatqurilishbanki, ATB Asia Alliance bank, Eron Soderat banklarning joriy likvidlik darajasi 100 foizdan yuqori. Asosan yirik va chet el kapitali ishtirokidagi tijorat banklarida mazkur ko’rsatkich juda yuqori bo’lsa, kichik va o’rta banklarda biroz pastroq ko’rsatkichga ega. Bank nazorati sohasidagi islohotlar banklarning kreditorlari, omonatchilari va mijozlari manfaatlarining himoyalanish darajasini yanada oshirish, banklarning o’rnatilgan iqtisodiy normativlar va qonunchilik talablariga to’liq rioya qilishlariga erishish tadbirlari orqali amalga oshirildi. Xususan, tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida: – «Tijorat banklarining moliyaviy holati va barqarorligini baholash hamda ularning natijalarini ko’rib chiqish Tartibi» va «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibi»ga asosan, tijorat banklarining kapital etarliligi, likvidliligi, aktivlar sifati va diversifikatsiyasi hamda bank Boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligi; – bank operatsiyalarini amalga oshirishda operatsion va bozor tavakkalchiliklarini baholash bo’yicha «Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, har bir bankda bevosita bank Kengashiga bo’ysunuvchi Tavakkalchiliklarni nazorat qilish qo’mitalarining faoliyati doimiy ravishda monitoring qilib borildi. O’z navbatida, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 53-moddasiga asosan banklar va ularning filiallari tomonidan iqtisodiy normativlarni belgilovchi qonun hujjatlari talablari buzilgan taqdirda ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan tegishli choralar va sanktsiyalar qo’llanilib, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etildi. 2019 yilda tijorat banklari faoliyatini baholash tizimini xalqaro reyting kompaniyalarining mezon va andozalari asosida amalga oshirish, bank nazorati bo’yicha xalqaro Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalarini amaliyotda qo’llash, tijorat banklarining buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini xalqaro 36 talablarga muvofiqlashtirish borasida Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik ishlari davom ettirildi. Jumladan, mamlakatimiz bank nazorati tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish va xalqaro Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalarini joriy qilish bo’yicha Jahon bankining texnik yordam dasturi doirasida 2019 yilning 6 – 10 yanvar va 29 aprel – 10 may kunlari davomida respublikamizga tashrif buyurgan missiyasi bilan birga tijorat banklarida korporativ boshqaruv sifati va samaradorligini oshirish, operatsion va foiz xatari ustidan nazoratni kuchaytirish, jamlanma nazoratni, moliyaviy hisobotlarni va banklarni reytinglash amaliyotini yanada takomillashtirish masalalari har tomonlama ko’rib chiqildi. O’zaro hamkorlik aloqalarining davomi sifatida Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan 2018 yilning 2 - 12 sentyabr kunlari respublikamizga navbatdagi tashrif chog’ida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashning nazorat tizimini va huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirilgan tavsiyalar asosida Markaziy bankning «Tijorat banklarining kapital etarliligi bo’yicha talablar to’g’risida»gi va «Tijorat bankining likvidligini boshqarish bo’yicha talablar to’g’risida»gi Nizomlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tijorat banklari (26 ta) «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholariga ega. Respublikamizning etakchi banklari – Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Asaka» bank, «Ipoteka-bank», «O’zsanoatqurilishbank», «Agrobank», «Hamkorbank» va «Ipak yo’li» banki bir yo’la ikkita etakchi xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholarini olishgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2014 yilning 15 aprel kuni «Mudis» xalqaro reyting agentligi «O’zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli» mavzusidagi navbatdagi hisobotini e’lon qilib, O’zbekiston bank tiziminining rivojlanish istiqbolini ketma-ket beshinchi yil «barqaror» darajada tasdiqladi. Shuningdek, 2014 yil dekabr oyida «Standart end Purs» va «Fitch reytings» reyting agentliklari O’zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollarini yana bir bor «barqaror» baholadi. Bu esa o’z navbatida, mahalliy va xorijlik sarmoyadorlarning respublikamiz bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlab, banklarning xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorligini yanada kengaytirish hamda ularning kredit liniyalarini jalb etish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. 2015 yilda bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks choratadbirlar» dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratiladi. Shuningdek, 2019 yil uchun bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 28 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yildagi faoliyati to’g’risidagi hisoboti haqida»gi SQ-440–II-sonli Qarorida bank tizimi oldiga qo’yilgan ustuvor vazifa va topshiriqlarning ijrosi inobatga olingan. Xususan, ushbu vazifalar doirasida 2019 yilda respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish, bank nazorati tizimini Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash, ularning investitsion faolligini kuchaytirish hamda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo’yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirishda banklarning ishtirokini yanada kengaytirish kabi muhim chora-tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Bunda bank tizimini yanada rivojlantirish borasidagi tadbirlar quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza va me’yorlar, shu jumladan, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish. 2019 yilda bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining bank likvidligi borasidagi yangi tavsiyalariga («Bazel-III» talablariga) muvofiq, respublika bank tizimi likvidligini yanada mustahkamlash maqsadida 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab likvidlikni ta’minlash borasidagi mavjud talablarni bajarish muddati 30 kundan ortiq bo’lgan majburiyatlar bo’yicha qo’shimcha me’yorlarni joriy qilish hisobiga yanada kuchaytirilib boriladi. Tijorat banklarining o’z funktsiyalarini to’laqonli bajara olish imkoniyati, birinchi navbatda, ularni etarli darajada likvidli bo’lishi bilan belgilanadi. Shu sababli, tijorat banklarining likvidligi masalasi bank nazorati xamda tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshkarishning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar bank amaliyotida tijorat banklari likvidligini ta’minlashning quyidagi jixatlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Tijorat banklari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan banklarning joriy likvidlikgiga nisbatan iqtisodiy me’yorlar o’rnatish. Yaponiyada tijorat banklarining joriy likvidligiga nisbatan talab likvidli aktivlarining jami depozitlarga nisbati sifatida o’rnatilgan va uning eng past me’yoriy darajasi 0,30 qilib belgilangan. Frantsiyada esa, tijorat banklarining joriy likvidlilik koeffitsenti likvidli aktivlar va yaqin 30 kun ichida qaytariladigan aktivlar summasini talab qilib olinadigan depozitlar va yaqin 30 kun ichida bajariladigan majburiyatlar summasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi va uning me’yoriy darajasi 1,0 qilib belgilangan. Rossiyada tijorat banklarining joriy likvidligiga nisbatan Markaziy bank tomonidan uchta iqtisodiy me’yor o’rnatilgan: - lahzalik likvidlik koeffitsienti. Ushbu koeffitsent tijorat banklarining yuqori likvidli aktivlarini talab qilib olinadigan depozitlari summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi va uning eng past me’yoriy darajasi 0,15 qilib belgilangan. - joriy likvidlik koeffitsenti. Mazkur koeffitsent tijorat banklarining likvidli aktivlarini (kassadagi nakd pullar, yuldagi pullar, bankning “nostro” vakillik hisobraqamidagi pullar, davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar, 30 kun ichida qaytariladigan ssudalar) 55 yaqin 30 kun ichida bajariladigan majburiyatlarga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi va uning eng past me’yoriy darajasi 0,50 qilib belgilangan. Uzoq muddatli likvidlilik koeffitsenti. Ushbu koeffitsient bir yildan ortiq muddatga ega bo’lgan aktivlar summasini bir yildan ortiq muddatga ega bo’lgan majburiyatlar va kreditlar summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi va uning eng yuqori me’yoriy darajasi 1,2 qilib belgilangan. Yuqori likvidlik qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish yo’li bilan banklarning likvidligini ta’minlash.Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari likvidlikni ta’minlash maqsadida asosan hukumatning qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilishadi. Masalan, 2020 yilning 1 yanvar holatiga, dunyoning eng yirik banklaridan biri bo’lgan Benk of Amerika aktivlarining umumiy xajmida hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning salmog’i 9,1 foizni tashkil etdi. AQSH, Yaponiya va “evroxudud” mamlakatlarida davlat byudjeti defitsiti va davlat qarzi miqdorining katta ekanligi hukumatlarni yirik miqdorda davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilishga majbur qilmoqda. Bu esa, tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda qo’l kelmoqda Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Frantsiyada defitsiti darajasi sezilarli darajada yuqoridir. Xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yoriy andozaga ko’ra, davlat byudjeti defitsitining YaIMga nisbatan darajasi 3 foizdan oshmasligi lozim. Davlat byudjeti defitsiti darajasining yuqori ekanligi mamlakat hukumatini davlat qimmatli qog’ozlarining emissiya hajmini oshirishga majbur qiladi. Buning sababi shundaki, davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish davlat byudjeti defitsitini qoplashning noinflyatsion usuli hisoblanadi. Shuningdek, jadval ma’lumotlari tahlili qilingan taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qarzi darajasining juda yuqori ekanligini ko’rsatmoqda. Xalqaro amaliyot qabul qilingan me’yoriy andozaga ko’ra, davlat qarzining YaIMga nisbatan darajasi 60 foizdan oshmasligi lozim. O’z navbatida, davlat qarzi darajasining yuqori ekanligi hukumat tomonidan qimmatli qog’ozlar emissiyasi xajmini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Hukumatining qimmatli qog’ozlari tijorat banklari uchun qulay investitsiyalash ob’ekti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan hukumat ishonchli emitent hisoblanadi; ikkinchidan, banklarning hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalardan oladigan foydasi soliqqa tortilmaydi; uchinchidan, har doim fond bozori hukumatning qimmatli qog’ozlariga nisbatan barqaror talab mavjud bo’ladi to’rtinchidan, tijorat banklarining hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning risk darajasi past. Bazel’ – 1 standartiga ko’ra tijorat banklarining hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning risk darajasi nolga teng, hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qog’ozlariga qilingan banklar investitsiyalarining risk darajasi 20 foizga teng. Tijorat banklari depozitlarining etarliligini ta’minlash yo’li bilan ularning likvidligiga nisbatan talab qilib olinadigan depozitlar tomonidan yuzaga keladigan bosimga barxam berish. Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan taklif etilgan depozitlarning etarliligini baholash metodikasi qabul qilingan. Ushbu metodikaga ko’ra, tijorat banklari depozitlarining etarliligi talab qilib olinadigan depozitlar summasini brutto depozitlarga bo’lish va olingan natijani 100 foizga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Mazkur ko’rsatkichning darajasi 30 foizdan oshmagandagina tijorat bankining depozit bazasi etarli deb hisoblanadi. Talab qilib olinadigan depozitlar tijorat banklari uchun nobarqaror passiv hisoblanadi va ular banklarning joriy likvidliligini aniqlashda hisobga olinadi. SHu sababli talab qilib olinadigan depozitlarning brutto depozitlari xajmidagi salmog’i qanchalik kichik bo’lsa, ularning tijorat bankining likvidligiga nisbatan bosim darajasi shunchalik past bo’ladi. Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari va ochiq bozor operatsiyalari orqali tijorat banklarning likvidligini ta’minlash amaliyotining takomillashganligi. Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyoti tajribalarini o’rganish natijalari ko’rsatdiki, markaziy bankning qayta moliyalash siyosati quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshirilmoqda: Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan, kreditlash usuli. Mazkur usulda berilgan kreditlar hisobga yoki diskont kreditlari hisoblanadi, ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi. Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, yani uzatma tijorat veksellarini o’zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingentini xajmini belgilashda pul massasining o’sish surati, inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklar soniga bo’lish yo’li bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning kata yoki kichikligidan qatiy nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, bunda tijorat banklari aktivlari miqdori o’rtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan likvidli mablag’larga bo’lgan talab o’rtasidagi farq hisobga olinmaydi. Tijorat banklari balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan Markaziy bank tomonidan ularni (banklarni) kreditlash usuli. Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari bo’lib, ularning foiz stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan-to’g’ri kreditlash usuli. Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida bo’ladi. Dunyoning bir kator mamlakatlarida (Shveyiya, Rossiya va boshq.) kunlik kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarni garovga olgan xolda foizsiz taqdim etiladi va ular milliy to’lov tizimini qo’llab- quvvatlash maqsadida beriladi. Markaziy bank tomonidan ochiq bozor siyosati doirasida qimmatli qog’ozlarning sotib olinishi tijorat banklari likvidligining oshishiga olib keladi . Shu sababli rivojlangan davlatlarda Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalaridan tijorat banklarning likvidligiga pul massasiga tasir etish vositasi sifatida foydalanadi. Bir qator rivojlangan davlatlarda, masalan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstriya va Frantsiyada Markaziy banklarning qimmatli qog’ozni birlamchi bozordan sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi sifatida etirof etilmaydi, balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Masalan, hukumatining qimmatli qog’ozlarini bevosita hukumatining o’zidan sotib olish Davlat byudjeti harajatlarini Markaziy bank tomonidan kreditlash hisoblanadi. Ammo 2020 yilda boshlangan jahon moliyaviy–iqtisodiy inqirozi davrida taraqqiy etgan mamlakatlarda, shu jumladan, AQSHda Markaziy banklar qimmatli qog’ozni bevosita emitetning o’zidan sotib olishga ruhsat etildi. G’arbiy Evropa mamlakatlari, AQSH va Yaponiyada Bazel ko’mitasining tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo’yicha yangi “Bazel- III” standartining amaliyotiga joriy qilinishi munosabati bilan tijorat banklarining likvidligiga nisbatan yangi talablar qo’yiladi. “Bazel-III” standartida tijorat banklarning likvidligiga nisbatan yangi talablar qo’yilgan. Ushbu talablar quyidagi ikki ko’rsatkichda o’z ifodasini topgan: 1. Qisqa muddatli likvidlik ko’rsatkichni (LCR – Liquidity Coverage Ratio). 2. Sof barqaror fondlashtirish ko’rsatkichi (NCFR – Net Stable Finding Ratio). NCFR- ko’rsatkichi tijorat banklarning qisqa muddatli moliyalashtirish manbalariga bog’liqlik darajasini pasaytirish va ularning resurslari hajmida uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarining salmog’ini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, xorijiy davlatlarda tijorat banklarining joriy va umumiy likvidligini taminlashda katta va boy tajriba to’plangan bo’lib , ularni o’rganish va umumlashtirish O’zbekiston amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi Download 123.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling