Lim, madaniyat va innovatsiya


Download 369.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi369.63 Kb.
#1150655
1   2   3   4
Bog'liq
100-103

Nashr: 02 (2022) 
1.  Qonunchilik tashabbusi bu – muayyan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonun 
chiqarish masalasini qo‘yish va uning loyihasini ko‘rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim 
etish huquqidir.
2. Qonun loyihasi muhokamasi bu – Qonun loyihasini ishlab chiqishva muhokama etish qonun 
yaratish jarayonining alohida va muhim bosqichidir.
3. Qonunni qabul qilish bu – Qonunni Qonunchilik palatasi palata deputatlari umumiy sonining 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi.
4. Qonunni imzolash va e’lon qilish bu - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 84-
moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan qonun qabul qilingan kuni dan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi”
1
. 
Huquqshunos olim Odilqoriyev.X.T fikricha; “Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra,
ushbu jarayonning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash
ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mustaqil subyektlar ishtirok 
etsalarda, qonunchilik jarayoni, asosan, parlamentning qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi.
Qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat:
1) qonunchilik tashabbusi;
2) qonun loyihasini muhokama qilish;
3) qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish.
Beshinchi bosqich – qonunni imzolash va e’lon qilish. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi qo‘shimcha va o‘zgartishlar mazmuniga ko‘ra, qonun ijodkorligining 
yakuniy bosqichi o‘ziga xos protsessual qoidalar bilan Asosiy qonunning 84-moddasida bayon etilgan. 
Unga ko‘ra, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy 
nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kunidan e’tiboran o‘n kundan
kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullagan qonun imzolash va e’lon qilish uchun O‘zbekiston
Respublikasining Prezidentiga o‘n kun ichida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
tomonidan qonun 30 kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi”
2


Download 369.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling